XULOSA
Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qan
day paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o'zgaradi va
taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning maz-
muni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan
day ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchilikni
o‘ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday
masalalar, olam va odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar, inson qadri va um r
ning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik
hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha
zamon faylasuflari shug‘ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi.
Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri,
odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yoMdoshi
bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to ‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli fayla-
suflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar
orasida muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafak-
kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda
etgan buyuk donishmandlar o'rtaga tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat
farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk
maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va xalqlarning
maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan
donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat
kasb etgani shubhasiz.
Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqla-
nadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning
hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga
nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada
aks ettira olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umumin-
soniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tar-
zining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo eta
di, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida
rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa haqida borar ekan,
bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni
milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning mohiyatini
ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.
Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim,
yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining aha-
miyatini kamsitish yoki yo‘qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi
375