T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


G o‘zallik  kategoriyasi  va  uning  muqobillari



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

G o‘zallik  kategoriyasi  va  uning  muqobillari. 
Ma’naviy va  mod- 
diy xususiyatga ega bo‘lgan,  ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat 
kasb  etuvchi  hamda  narsa-hodisalarning  uyg‘unligi,  hamohang- 
ligi,  mutanosibligi,  maqsadga  muvofiqligiga  asoslangan  qadri- 
yat  shakli  «go‘zallik»  tushunchasida  ifodalanadi.  U  estetikaning 
markaziy mezoniy tushunchasi  -   asosiy kategoriyasi  sifatida bar- 
cha  estetik  tushunchalar  uchun  asos  vazifasini  bajaradi.  Chunki 
estetika  bilan  bog‘liq  har  qanday  savolning javobi  go‘zallik  ma- 
salasiga borib  taqaladi.
G o‘zallik  o‘z-o‘zidan  vujudga  keladigan  hodisa  emas,  balki 
shakli,  mazmuni va  xususiyatiga ko‘ra  ikki  ko‘rinishda  namoyon 
bo‘ladi.  Birinchi  ko‘rinishi  go‘zallik  ontolo 'iyasi  bilan  bog‘liq. 
G o‘zallik  tafakkur  va  tabiat  mahsuli.  Kulol  loydan,  naqqosh 
yog‘ochdan,  misgar  misdan,  zargar  tillodan  shunday  buyum
329


yaratadiki,  uning  jozibasi  insonni  hayratga  soladi.  Yoki  tabiat­
dagi purviqor tog‘lar,  yuksak cho‘qqilar,  dengiz-u ummonlarning 
go‘zalligini inson takrorlashga  ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq.  Ya’ni 
go‘zallik  ayni  paytda  bilishning  mahsuli.  Voqelikdagi  har  qan- 
day  narsa-hodisaning  go‘zalligi  uning  ishonchlilik,  qiziqarlilik, 
haqqoniylik  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Inson  go‘zallikni  chi- 
nakam  his  etganda,  uning  mohiyatini  bilgandagina  zavqlanadi, 
huzur qiladi.  Zero,  go‘zallikni  bilish,  idrok etish insonning badi- 
iy-estetik tafakkurini  o‘stiradi.
Go‘zallikni  tadqiqot  doirasiga  ko‘ra  tabiat,  jamiyat,  san’at 
hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik 
turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik -  bu tabi­
atdagi narsa,  hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik,  mukammallikning 
insonda  yorqin  va  uzviy  his-hayajon  uyg‘onish  jarayonidir.  Bu 
go‘zallik  inson  uchun  tabiatni  asrash,  undan  bahra  olishning 
manbayi bo‘lib,  tabiatni  estetik qadriyat  sifatida  qadrlashni  taqo- 
zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi.  Jamiyatdagi go‘zallik
-   bu  shaxs  va jamiyat  manfaatlarining  uyg'unligini  ta’minlovchi 
adolat,  insonparvarlik  va  tenglikka  asoslangan  ijtimoiy  muno- 
sabatlar  majmuyi  hisoblanadi.  Insondagi  go‘zallik  -   bu  undagi 
ma’naviy va jismoniy vujudning  uyg‘unligidir.
Go‘zallik  tabiat,  jamiyat,  inson  tafakkuri  mahsuli  sifatida 
quyidagi xususiyatlarga  ega:
a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar, 
tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir.  G o‘zallik obyek- 
tivlik va subyektivlikning o‘zaro  mutanosibligi,  uyg‘unligidir;
b)  go‘zallik  —  bu  narsa,  hodisa,  voqea  va jarayonlarning  in­
sonni  ruhlantiradigan,  ilhom  bag‘ishlaydigan,  yuksak  oliyjanob 
maqsadlar sari  yetaklaydigan, jo ‘shqinlik baxsh  etib jonlantiradi- 
gan  tomonlaridir.  Go‘zallik  xuddi  shu  m a’noda jism  va  ruhning 
uyg‘unligidir.  Ruhni  oziqlantirib,  jismni  yanada  ulug‘vor  qiladi­
gan  narsa,  hodisa,  voqea, jarayonlarning xossasidir;
d) 
go‘zallik  —  bu  insonning  erkin  faoliyatidir.  Hayotda  o‘z 
huquqini,  erkini,  qadrini  topgan  insongina  go‘zaldir.  Erkin  ijod, 
mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir;
330


e) 
go‘zallik  — bu  odamlarning jamiki  yuksak  axloqiy  fazilat- 
larini  o‘zida  mujassamlashtirgan  voqelikdir.  Zero,  shunday  ekan 
go'zallik  mavhum  emas,  balki  muayyan  shakl-shamoyil,  ma’no- 
mazmunga,  mohiyatga  ega bo‘lgan real  narsa,  hodisadir.
G o‘zallikda  mujassamlashgan  ana  shu  xususiyatlar  uni  oliy 
estetik  qadriyat  darajasiga  ko‘taruvchi  kuchdir.  Ana  shu  kuchni 
axloqiy  qadriyatlarning  kuchi  bilan  uyg‘unlashtirish  zamonaviy 
estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish