T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Estetikaning  ijtimoiy  fanlar  bilan  aloqadorligi.  Etika  va  este­



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Estetikaning  ijtimoiy  fanlar  bilan  aloqadorligi.  Etika  va  este­
tika  fanlari 
shu  qadar  bir-biriga  yaqinki,  hatto  ba’zi  davrlarda 
ular yetarli  darajada  o‘zaro  chegaralanmagan.  Chunki  insonning 
xatti-harakati  va  niyati  ko‘pincha  ham  axloqiylikka,  ham  nafo- 
satga  tegishli  bo‘ladi,  ya’ni  muayyan  ijobiy  faoliyat  ham   ezgulik, 
ham  nafosat  xususiyatlarini  o‘zida  birvarakay  mujassam  qiladi. 
Shu  sababli  Suqrot,  Aflotun,  Forobiy  singari  qadimgi  faylasuflar 
ta’limotlarida  axloqiylikni  -   ichki  go‘zallik,  nafosatni  -   tashqi 
go‘zallik tarzida talqin etganlar.
Darhaqiqat,  axloqiylik  faqat  insonning  xatti-harakati,  qilmi- 
shi  orqali  yuzaga  keladi;  odam  toki  harakatsiz  ekan,  biz  uning 
na  yaxshiligini,  na  yomonligini  bilamiz.  Muayyan  xatti-harakat 
sodir  qilinganidan  keyingina  biz  uni  yo  ezgulik,  yo  yovuzlik,  yo 
yaxshilik,  yo  yomonlik  sifatida baholaymiz.  G o‘zallik  esa,  o‘zini 
harakatsiz  ham  namoyon  etaveradi.  Olaylik,  Ko‘kaldosh  mad- 
rasasi.  U  hech  qachon- harakat  qilmaydi,  lekin  go‘zallik  sifati­
da  mavjud,  harakatsizligidan  uning  go‘zalligiga  putur  yetmaydi. 
Bundan tashqari,  axloqning qonun-qoidalari,  nasihatlar,  hikmat- 
lar umumiylikka,  barchaga bir xilda taalluqlilik xususiyatiga  ega. 
Estetika  esa  muayyanlikni,  aniqlikni  yoqtiradi.  Masalan,  axloq- 
shunoslikdagi  «yaxshi  odam»  tushunchasi  hammaga  —  ayolga 
ham,  erkakka ham,  yosh-u  qariga ham tegishli bo'lishi mumkin. 
Estetikada  esa  «go‘zal  odam»  tushunchasi yo‘q;  yo  «go‘zal  yigit», 
yo  «go‘zal  qiz»  degan  tushunchalargina  mavjud.  Demak,  axloq 
uchun  — umumiylik,  nafosat uchun esa  — muayyanlik mavjudlik 
sharti  hisoblanadi.
Estetika  psixologiya  (ruhshunoslik)  bilan  uzviy  bogliq. 
Ma’lumki,  insonning  ruhiy  hayotini  o‘rganar  ekan,  ruhshunos­
lik,  hissiyotlar  masalasiga  katta  o‘rin  beradi.  G o‘zallikni,  san’at 
asarini  yaratish  va  idrok  etish  ham  ma’lum  ma’noda  hissiyotlar 
bilan  bog‘liq.  Masalan,  oddiy  xarsang  tosh  kishida  alohida  bir 
hissiy  taassurot  uyg‘otmaydi.  Lekin  toshga  haykaltarosh  qo‘l  ur-
325


ganidan so‘ng, undan hayot nafasi,  insoniy hissiyotlar ufura bosh- 
laydi.  Gap  bunda  toshga  odam  qiyofasi  berilganida  emas,  balki 
shu  qiyofaga  bir  lahzalik  insoniy  tuyg‘ularning jamlanganidadir. 
Boshqacharoq  qilib  aytganda,  ijodkor  toshga  o‘zi  tomoshabinga 
yetkazishni  maqsad  qilib  qo‘ygan  hissiyotlarning  suratini  chizadi 
va  oddiy  toshni  haqiqiy  san’at  asariga  aylantiradi.  Agar  ijodkor
—  haykaltarosh  ana  shu  hissiyotlarni  o‘zi  moljallagan  darajada 
tomoshabinga  yetkaza  olsa  va  tomoshabinda  o‘sha  hissiyotlarga 
yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg‘ota olsa,  mazkur haykal haqi­
qiy  san’at  asari  hisoblanadi.  Estetika  haykaltaroshdan  haykalga, 
haykaldan  tomoshabinga  o‘sha  hissiyotlarning  qay  darajada 
o‘ tgan- o‘ tmaganligini,  ya’ni,  badiiy qiyofa  qanchalik puxta yara- 
tilganligini o‘rganadi va shu asosda asarni baholaydi.  Ruhshunos- 
lik esa ana shu hissiyotlarning o‘zini o‘rganadi.  Bundan tashqari, 
ruhshunoslik asar g‘oyasidan tortib, to badiiy asar — estetik qadri- 
yat vujudga kelgunga qadar bo‘lgan ijodkorning hissiyotlar olami- 
ni  tadqiq  etadi.  Albatta,  bunday  tadqiq  va  tahlillar  o‘rganishlar 
alohida-alohida,  muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri 
bilan  hamkorligi,  birining  ikkinchisi  hududiga  o‘tib  turishi  vosi- 
tasida ro‘y beradi.  Shu bois,  ruhshunoslikka ham,  estetikaga ham 
teng  aloqador bo‘lgan san’at ruhshunosligi va badiiy ijod  ruhshu- 
nosligi  deb  atalgan yo‘nalishlar mavjud.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish