T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


UCHINCHI  BO‘LIM.  ETIKA:  AXLOQ  FALSAFASI



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

UCHINCHI  BO‘LIM.  ETIKA:  AXLOQ  FALSAFASI
13-mavzu.  «Etika»  fanining  predmeti va 
jamiyat  hayotidagi  ahamiyati
Etika fanining mohiyati va predmeti. 
Etika fani bir necha ming 
yillik tarixga ega qadimiy fan.  U bizda «axloq ilmi»,  «odobnoma» 
kabi  nomlar bilan atalgan.  Axloq — inson ma’naviy kamoloti  sar- 
chashmalaridan biri bo‘lib,  u tufayli jamiyat  ravnaq topadi,  fuqa- 
rolarning  baxt-saodat  haqidagi  orzu-umidlari  ro‘yobga  chiqadi. 
U  o'zining  paydo  bo‘lish  tabiatiga  ko‘ra  ijtimoiy-tarixiy  hodisa 
hisoblanadi.  Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana bosh- 
lagan  kundanoq  axloq  paydo  bo‘lgan.  Aniqrog‘i,  odamzodning 
o‘zi  ular  o‘rtasidagi  axloqiy  munosabatlarning  hosilasi  sifatida 
shakllana  borgan.  Odamlar  o‘rtasidagi  axloqiy  munosabatlar 
negizida  jamiyatning  axloqiy  hayoti  ijtimoiy  borliqning  tarkibiy 
qismi  sifatida  qaror topgan.
Inson va jamiyat hayotida  axloq talab  qiluvchi,  tartibga  soluv- 
chi,  boshqaruvchi,  yo‘naltiruvchi  kuch  bo‘lganligi  uchun  ham 
buyuk  mutafakkirlar,  shoirlar,  olimlar,  davlat  va  jamoat  arbob- 
larining  diqqatini o‘ziga tortib  kelgan.  Axloqning mohiyatini,  ta- 
biatini  tadqiq  qilish  tarixiylik  va  mantiqiylik,  tizimli  yondashuv 
usullari (metodlari) orqali ish ko‘rishni taqozo etadi. Axloq ilmini 
o‘rganishga  bag‘ishlangan  xorijiy va  o‘zbek  tilidagi  adabiyotlarda 
«axloq»,  «etika»,  «moral»  degan  tushunchalar  ko‘plab  ishlatila- 
di.  «Etika»  so‘zi  qadimgi  yunonistonlik  mutafakkirlar  tomoni- 
dan  fanga  kiritilgan.  0 ‘z  vaqtida  Gomer  «ethos»  (etos)  so'zidan 
«birgalikda  yashaydigan joy,  uy,  g‘or,  uya,  in,  makon»  ma’nosida 
foydalangan  bo‘lsa,  eramizdan  avvalgi  IV  asrda  yashagan  yunon 
faylasufi  Arastu  «etos»  so‘zidan  ikkita:  «Etika»  (axloq)  va  «Eti- 
kaviylik»  (axloqiylik)  degan  tushunchalarni  keltirib  chiqaradi.  U 
«axloqiylik»ni  inson  qalbining  takomillashgan  sifatlari  —  xotir- 
jamlik,  og‘irlik,  vazminlik,  bosiqlik,  mardlik,  botirlik,  jasurlik, 
qahramonlik,  o‘rtachalik,  mo‘tadillik va  hokazolarni  ifodalovchi 
tushuncha  deb  bilgan.  Shu  asosda  u  etikani-yaxshi  fazilatlarga 
(xislatlar)  ega  bo‘lgan  kishilarni  yoki  kishilarning  yaxshi  sifatla-
266


rini,  ya’ni  xayrli,  saxovat  va  himmatli,  ezgu  ishlarini  o‘rgatuvchi 
ilm  sohasi deb  tushungan.
Darhaqiqat,  Arastu  etikaga;  insonlar  o'rtasidagi  munosabat 
doirasi va oqil ijtimoiy hayvon  (individ)ning  axloqini o‘rganuvchi 
fan  deb,  ta ’rif bergan.  Bu  haqda  «Nikomax  etikasi»,  «Evdem  eti- 
kasi»,  «Katta  etika»  kitoblarini  yozib  «etika»  faniga  asos  solgan1. 
Demak,  G ‘arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi 
ilm  sohasi sifatida  o‘rganila boshlangan.
Axloqshunoslik  ilmi  tarixida  axloq  va  uning  mazmun-mohi- 
yatiga  doir  juda  ko‘plab  ta’riflar  berilgan.  Jumladan,  «Falsafa: 
qomusiy lug‘at»ida:  «Axloq  (arab.  Xulqning  ko‘pligi;  lot.  Moralis
— xulq-atvor)  — ijtimoiy ong  shakllaridan biri.  Kishilarning tari- 
xan  tarkib  topgan  xulq-atvori,  yurish-turishi,  ijtimoiy va  shaxsiy 
hayotdagi  o‘zaro,  Shuningdek,  jamiyatga  bo‘lgan  munosabatlar- 
ni  tartibga  solib  turuvchi  barqaror,  muayyan  norma  va  qoidalar 
yig‘indisi»2,  — deb  ta’riflangan.
Ba’zi  m ualliflar  «axloq»  iborasi  ikki  xil  m a’noga  ega  ekan- 
ligini,  ya’ni  umumiy  tushuncha  sifatida  u  fanning  predmetini 
anglatsa,  muayyan  tushuncha  sifatida  inson  fe’l-atvori  va  xat- 
ti-harakatining  eng  qamrovli  qismini  bildirib,  jamiyat,  zamon, 
ba’zan  insoniyat  tarixi  uchun  nam una  bo‘la  oladigan  umum- 
bashariy  ahamiyatga  ega  ijobiy  xatti-harakatlar  yig‘indisi,  in- 
soniy kamolot  darajasini  belgilovchi  m a’naviy hodisa  ekanligini 
ta ’kidlaydi3.
H ar  bir  insondan  um ri  davomida jamiyatda  qabul  qilingan 
urf-odat,  an’ana va  qonun-qoidalarga  amal  qilishi talab  etiladi. 
Ana  shu jarayonda  inson  va jamiyat  o‘rtasida yuzaga  keladigan 
obyektiv  aloqadorlik,  ya’ni  ijtimoiy  munosabat  —  xulq  atvor, 
odob,  xatti-harakat,  prinsip  va  normalarning  majmuasi  axloq-
1  Аристотель.  Никомахова  этика  /   Аристотель.  Сочинение.  В  4  х-т.  Т. 
4.  -   М.:  Мысль,  1984.  С.  55 -  62.
2  Falsafa:  Qomusiy  lug‘at  /   Tuzuvchi  va  mas’ul  mi  harrir  Q.Nazarov.  — Т.: 
Sharq,  2004.  -   40  b.
3  Abdulla  Sher.  Axloqshunoslik.  Darslik.  — Т.:  0 ‘zbekiston  Faylasuflari  milliy 
jamiyati nashriyoti,  2010.  — 8 b.
267


ning  mazm un-mohiyatini  tashkil  etadi.  Binobarin,  axloqning 
tnanbai jam iyat  ehtiyoji va  m anfaatlaridan  iborat.
Etika  axloqning  kelib  chiqishi va  mohiyatini,  kishining jam i- 
yatdagi  axloqiy  munosabatlarini  o‘rganadi.  «Axloq»  so‘zi  arab- 
chadan  olingan  bo‘lib,  insonning  muomala  va  ruhiy  xususiyat- 
lari  majmuyini,  fe’lini,  tabiatini  anglatadigan  «xulq»  so‘zining 
ko‘plik  shaklidir.  «Axloq»  iborasi  ikki  xil  m a’noga  ega:  umumiy 
tushuncha  sifatida  u  fanning  tadqiqot  obyektini  anglatsa,  muay- 
yan tushuncha  sifatida inson  fe’l-atvori va xatti-harakatining  eng 
qamrovli  qismini bildiradi.
Demak,  axloq  deb,  avvalo  inson  bilan  inson,  so‘ngra  inson 
bilan jamiyat  o‘rtasidagi  obyektiv  va  subyektiv  aloqadorliklar  tu- 
fayli  kelib  chiqadigan,  shaxsiy  va  umumiy  manfaatlarni  muvo- 
flqlashtirib  turish  asosida  har  bir  shaxs,  jamoa,  ijtimoiy  guruh, 
millat,  elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan,  tartibga sola- 
digan,  yaxshi  ezgu  niyatlar  sari  yo‘naltiradigan,  qadriyat  maqo- 
m ini  olgan  muayyan  xulq-atvor,  odob,  xatti-harakat,  tamoyil  va 
normalarning  majmuyiga aytiladi.
Jamiyatning  axloqiy  hayotini  o‘zida  aks  ettiruvchi  axloqni 
ijtimoiy-ma’naviy  hodisa  sifatida  tarkibiy  tuzilishi  bo‘yicha 
uchta:
— birinchidan,  kishilarning  kundalik  hayotida  sodir  etadigan 
axloqiy  xatti-harakatlaridan  iborat  bo‘lgan  amaldagi  axloq,  ya’ni 
axloqiy  amaliyot;
— ikkinchidan,  muayyan  qadriyatlar  asosida  fikr yuritish,  ba- 
holash,  qadr-qimmatini  belgilashni  o‘z  ichiga  oluvchi  axloqiy 
ong;
— uchinchidan,  o‘zini o‘zi  axloqiy anglash — mavjud vaziyatni 
axloqiy jihatdan tahlil qilishni,  ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish, 
o'zicha  baholash,  o‘zini  nazorat  qilish,  o‘zini  o‘zi  takomillashti­
rish,  boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan  aziyat chekish;  aniq 
vaziyatda yaxshi va yomonni  qalban  his  qilish,  yaxshi va yomon- 
dan  birini  tanlashga  irodaviy  jihatdan  tayyor  turish  kabi  dara- 
jalarga ajratish mumkin.
Ana  shu  uchta  darajadan  o‘tgan  ijobiy xatti-harakatlar,  xusu- 
san,  yaxshilik,  mehr-muruvvat,  fidoyilik,  saxovat,  o‘zaro hurmat,
268


beg'arazlik,  shijoat,  sadoqat  va  hokazolar  asta-sekinlik bilan  ax­
loqiy qadriyatlarga aylanib boradi.
Inson  va jamiyat  hayotida  axloq  quyidagi  funksiyalarni  baja- 
radi:

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish