Amir Temur va temuriylar davri falsafasi. Insoniyat tarixida
shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,
45
o‘zining yo‘lboshchilari yetakchiligida, tarixning m uayyan qisqa
bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish m um kin b o lg a n nati-
jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga
shu m illatga mansub buyuk kishilarning o‘chm as nom ini bitadi,
jahon m adaniyatini boyitadi, um um bashariy taraqqiyotga katta
hissa b o lib qo‘shiladi.
Temur va tem uriylar davri xuddi ana shunday, m o‘g‘ul bos-
qinchilaridan ozod b o lg a n xalqim izning milliy dahosi eng yuk
sak cho‘qqiga k o larilg an davrdir. Bu davr falsafasi xalqim izning
sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil-
likni saqlash ham da m ustahkam lash uchun amalga oshirgan
buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqim izning markazlashgan
davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish,
mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
M o‘g‘ullar o ln a tg a n m ustabid tuzum ning A m ir Temur
dunyoga kelgan davrida yerli aholi o lta s id a chuqur ijtimoiy va
m a’naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi,
o‘sha davrdayoq, m ing yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus-
tam lakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «M ustaqillik uchun
kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de
gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
M o‘g‘ullar m am lakatim izni siyosiy va harbiy jih atd an istilo
qilgan edilar, am m o un i m a’naviy b o ‘ysundirish, m adaniy jih a t
dan m o‘g‘ullarning ustunligi to ‘g‘risida gap ham b o lis h i m u m
kin emas edi. Ko‘chm anchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan
boshqasiga yaramaydigan, o lr o q hayotga mensim ay qaraydigan
C hingiz avlodlari m a’naviy va m adaniy jih atd an o‘zlaridan us-
tu n b o lg a n xalqqa nim a ham bera olar edilar? U lar o ‘z hukm -
ronligining oxirigacha ham V atanim izda birorta tuzukroq ya
shash m um kin b o lg an yangi shahar barpo etm adilar, m adaniyat
o‘choqlarining yuksalishi uchun im kon berm adilar, yerli aholi
orasidan chiqqan barkam ol kishilarni qilichdan o lk a z ib turdilar.
A m m o xalq irodasini buka olm adilar, uning ozodlik va m us-
taqillikka intilishini to ‘xtatib qo‘ya olmadilar. A m ir Tem ur ana
shu harakatning natijasi, xalqining m illiy g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o‘sha paytda har-
46
biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda
tengi yo‘q m illatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir
edi. Xalq jahongirga aylanganida o‘zining jahongirini yaratadi.
G ohida bir jahongir m illat boshqasini uyg‘otib yuboradi. Bu esa
tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to ‘g‘ri ke
ladi.
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozm agan-ku, uning falsafaga
aloqasi borm i, deb o ‘ylaydi. Aslida Tem urning hayoti va faoliyati
falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun
boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham m azm unliroq
hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o lg a n ish m um -
kinm i? Aslida, falsafani to ‘la-to ‘kis kitobga tushirib bolm aydi.
Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizim ga keltirilgan falsafiy
bilim lar sistemasi xolos. Temur va tem uriylar davrini tarix falsa
fasi va falsafa tarix in i uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to ‘g‘ri
ifodalash m um kin. A m ir Tem urning hayoti, uning faoliyati,
tem uriylar davridagi m adaniy jarayonlar, ilm -fan rivoji kabi m a-
salalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab tadqiqotlar uchun
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va tem uriylar kabi ilm -fan,
m adaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan,
o‘zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy su-
lolalarni jah o n tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida
she’r yozmagan, adabiy m ashqlar qilm agan, fan-m adaniyatga
qiziqmagan biror tem uriyzoda b o lm a sa kerak. Tarix shundan
dalolat beradiki, y u rt boshliqlari fan va m adaniyatga qiziqqan,
m a’naviyatni yuksaklikka ko‘tarish uchun kurashgan o lk a d a
bu sohalarda haqiqiy yuksalish b o lad i. Siyosiy ta ’m inlanganlik,
boshqa sohalar bilan birgalikda, m adaniy taraqqiyotning eng
asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o lin li emas. M adani-
yatparvar va m illatparvar A m ir Temur va tem uriyzodalar o ‘sha
davr m a’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni
to ‘la-to ‘kis yaratgan arboblar edi. X alqim izning asrlar osha ular
ruhiga m innatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z far-
zandlariga bu sulola vakillari nom larini qo‘ db yurishi, bugungi
kunlarda ham o‘sha zam ondan tashbehlar izlayotganining sa-
bablaridan biri ham ana shunda.
47
A m ir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahri-
sabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishloglda dunyoga kel
di. U ning eng asosiy tarixiy xizm atlari shundan iboratki, u
m o‘g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,
0 ‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar-
ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli m arkazlashgan davlat
barpo qildi. M am lakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini
ta ’m inladi. U ning davrida «Kuch — adolatda» tam oyili amalga
oshdi, iqtisod va m adaniyat yuksaldi, o‘zga m am lakatlar bilan
m ustahkam aloqalar o ‘rnatildi.
A m ir Temur m ohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U
o‘z hayotini M ovarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodon-
chiligi uchun sarfladi, uning davrida hasham atli binolar, qurilish
inshootlari, go‘zal bog‘lar bunyod qilindi, m aktab va m adrasa-
lar, masjidlar qurildi, m am lakatim iz Sharqning go‘zal hududiga
aylandi.
Tem urning yana bir ulkan xizm ati shuki, u m adaniyat va ilm -
fan homiysi sifatida m ashhur b o ld i, o‘z saroyiga olim u fuzalo va
din arboblarini to‘pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xoraz-
miy, Mavlono M unshiy va boshqalar uning saroyida ilm -fan va
badiiy ijod bilan m ashg‘ul boldilar. Bobur M irzoning xabar beri-
shicha, o ‘sha davrda Sam arqand eng go‘zal shahar edi. Ispan
sayyohi R. G. Klavixo Sam arqandning go‘zalligiga qoyil qolgan
edi. Temur hukm ronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi.
Ayniqsa, H indiston, Xitoy, Rusiya, arab m am lakatlari bilan alo
qalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi.
Temur va tem uriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e ’tibor
berildi. Islom dini o‘sha davrda asosiy m afkura b o lib , m arkaz
lashgan davlat barpo etishda, iqtisod, m adaniyat va ilm -fan so-
hasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos
b o lib xizm at qildi. Temur o‘z faoliyatida unga tayanib ish k o ld i.
Temuriylar davrida tasavvuf ta ’lim oti keng quloch yoydi.
Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan m am lakatdagi salbiy illatlarni
yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat
va adolat o ln atish d a, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda foy-
dalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to ‘g‘ri va sofdil b o lish ,
48
zino va fahsh ishlar bilan shug‘ullanm aslik, harom -xarish ishlar-
dan qochish, halol m ehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtoj-
larga mehr-shafqat ko‘rsatish kabi g‘oyalarni xalqqa singdirish
uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayx-
lari boMmish Sayyid A m ir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy,
M ir Sayyid Barakalar Tem urning pirlari bo‘lib, sohibqiron ular
bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bo-
bur M irzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidala-
riga amal qilishda, ilm -fan va m adaniyatni rivojlantirishda
uning an ’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda
m e’m orchilik san’ati yuksak darajaga ko'tarildi. A m ir Temur
Ko‘ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim m adrasasini qurdirdi.
Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. M irzo Ulug‘bek
davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda,
1432—1433-yillarda G ‘ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim
masjidi, G o‘ri A m ir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa
Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda
ham ko‘plab m e’m orchilik binolari barpo qilindi. U lar jumlasiga
masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat b o lg a n Gum bazi sabz,
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya»
madrasalari, M arv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar
kiradi. Navoiy yashagan zam onda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb
nom olgan Kam oliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar
kabi dunyoga m ashhur rassom lar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma»
kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo‘ston»
asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va
boshqalarning rasm ini chizgan, xalqning m ehnatini, tabiat m an-
zaralarini haqqoniy tasvirlagan.
XIV—XV asrlarda M ovarounnahr va Xurosonda ilm -fanning
ko‘p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga m ashhur olimlar,
tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot,
handasa, tarix, adabiyot, jo ‘g‘rofiya, pedagogika, m antiq, fal
safa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, ba-
diiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda
o ‘sha davrning m uhim ijtimoiy m uam m olari va insonparvarlik
49
g‘oyalari olg‘a surildi. «Gul va N avro‘z» m uallifi Lutfiy (1366—
1465), «Bexro‘z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453—1512),
«Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira)ning m uallifi
Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «M axzan ul-as-
ror» (Sirlar xazinasi) asarlarining m ualliflari D urbek (XIV—XV
asrlar), Haydar Xorazmiy ham da Kamol Xo‘jandiy (1402-yilda
vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV—XV asrlar), Ism at Buxoriy
(1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr)
va boshqalar o ‘sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar
paydo bo‘ldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Sam arqandiyning
(1413-1482) «Matlaa as-sa’dayn va m ajm a’ al-baxrayn» («Ikki
dengizning qo‘shilishi»), Hofizi A bruning (1361—1430) «Zub-
dat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), M uyiniddin Isfizoriyning
(1494-yilda vafot etgan) «Ravzat al-jannat fi avsof m adinat», Fos-
ix Havofiyning (1375-1442) «Mujmali fosixiy», Sharafiddin Ali
Yazdiyning (1454-yilda vafot etgan) «Zafarnoma»si, N izom id-
din Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va
boshqalar m ashhur edi.
0 ‘sha zam onning eng m ashhur tarixchilari M irxond (1433—
1498) va X ondam ir (1475-1535) edilar. M irxond X irotda taval-
lud topib, shu yerda ijod qilgan. U ning asosiy tarixiy asari 7
jild d an iborat bo ‘lib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjim ai
hollari haqida poklik bog‘lari» deb ataladi. U olti jild in i yozib
vafot etadi, yettinchisini nabirasi X ondam ir yozib tugatadi.
X ondam ir ham X irotda tu g ‘ilib, yoshligidan tarixnavislikka ha-
vas qo‘yadi. U A grada vafot etadi. U ning m uhim risolalari «Ma-
korim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qoH anm a»
va boshqalardir.
XIV—XV asrlarda m antiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki-
yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. M antiq ilm i-
ning yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322-1392).
U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga keladi.
Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va m antiq bilan
shug‘ullanadi. Taftazoniy m adrasalarda m udarrislik qildi. Turkis
ton, H irot, Jom, G ‘ijduvon m adrasalarida talabalarga dars berdi.
50
Taftazoniy shuhrati, ilm iy ishlari Yaqin va 0 ‘rta Sharq m am -
lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar-
qandga kelib, shu yerda um rining oxirigacha yashadi. Taftazoniy
40 dan ortiq risolalarning muallifidir. M uhim lari: «Taxzib al-
mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux-
tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha m a’nolar»), «Al-ir-
shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo‘l boshlovchi
rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi
ilm larning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o ‘tm ish olim la-
rining juda ko‘p asarlariga sharhlar ham bitgan.
0 ‘sha davrning yana bir atoqli allomasi M ir Sayyid Sharif
Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug‘ilgan. Jurjoniy Istambul,
Q ohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bo‘lib, ulardagi olim lardan
ilm sirlarini o‘rganadi. 1387-yildan boshlab Sam arqand m adrasa-
larida m antiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, m unozara ilm i
va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning
m uallifi bo‘lib, ularning aksariyati m antiq, fiqh, falsafa va tabi-
atshunoslikning m uhim m uam m olariga bag‘ishlangan. O lim ning
«At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-m unozara» («Munozara olib
borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil b o la
oladigan hukm»), «Kubro» (K atta dalil b o la oladigan hukm»),
«Avsat dar mantiq», («Mantiqda o l t a xulosa»), «Risolayi vujudi-
ya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan
tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqm iniy va
N asriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi m alu m .
U m um an olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va
mantiqiy qarashlari ilm -fan rivojida katta hissa b o lib qo‘shildi
va keyingi davrlarda yashagan m utafakkirlarning dunyoqarashiga
sam arali ta ’sir kolsatdi.
Jahon ilm -fani taraqqiyotiga katta ulush qo‘shgan buyuk
falakiyotchi olim va davlat arbobi M uham m ad Tarag‘ay Ulug‘bek
(1394—1449) m atem atika va falakiyot sohasida barkam ol ijod qil
gan. U ning otasi, A m ir Tem urning o‘g‘li Shoxruh M irzo edi.
U lug‘bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. Unga taniqli olim lar
qozizoda Rumiy va G ly o sid d in Jam shid ustozlik qildilar. U gar-
chi davlat arbobi b o ls a ham , m adaniyat va ilm -fan ravnaqiga ko‘p
51
I к х 1
1 .alarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat-
liirini kcngaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olim larga samarali
1.
1
m i
kolsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g‘oyalarini
Ycvropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar
I i voj I antirdilar.
I Jlug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo‘ygan, ilohiyot rivojiga
mimosib hissa qo‘shgan, m aktab va m adrasalar qurishga e’tibor
hcrgan shoh va jahonga m ashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qara-
lildi, hatto un i ateist darajasiga kolarishga urinishlar ham b o ld i.
«lJlug‘bek Mirzo, — deb ta ’kidlagan edi Alisher Navoiy, — do-
nishmand podshoh edi. Kam oloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon
naslidin M irzo Ulug‘bek, K i dunyo ko‘rm adi podshoh aningdek»
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarm idan boshlab H irot m adaniy va ilmiy
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm -
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga m ashhur
mutafakkirlar yetishib chiqdi. O crta asr mumtoz adabiyotining va-
kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492)
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola»,
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo‘llari
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik
asari «Haft avrang» bolib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun»,
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulm on mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy,
mutlaq va dunyodagi ham m a narsalarning sababchisidir, Xudo
mavjud bolganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlanglchini
Ollohdan olgan, demak, Xudo ham m a narsaning yaratuvchisidir,
deb hisoblaydi. Jom iyning falsafiy qarashlari uning insonparvar-
lik g‘oyalari bilan chambarchas boglanib ketadi. M utafakkirning
ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta ’limotiga e’tiqod qilib, uning
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53
kuchini sarfladi, m atem atika, astronomiya, geometriya, tarix,
kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olim ning
dunyoqarashida A flotun, Arastu, Ptolemey, M uham m ad Xoraz
miy, al-Farg‘oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning
asarlari m uhim o‘rin egalladi.
Ulug‘bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda,
Ko‘xak tepaligida, Obi R ahm at arig‘ining bo‘yida, rasadxona bar
po etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424-yilda boshlanib,
1429-yilda tugallandi. Olim ning eng m uhim asari «Ziji jadidi
K o‘ragoniy» deb ataladi. U ndan tashqari, Ulug‘bek matematikaga
oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga
bag‘ishlangan «Risolayi Ulug'bek» va tarixga oid «To‘rt ulus tari
xi» kit.ob1a.rini yozdi. Ulug‘bek m antiq ilmi, fiqhshunoslik, mu-
siqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olim ning «Ziji»
ikki qism, muqaddim a va 1118 yulduzning o‘rn i va holati aniqlab
berilgan jadvallardan iborat.
U lug‘bek o‘z atrofiga qobiliyatli olim larni to ‘pladi, o‘zga
m am lakatlardan iqtidorli allom alarni ta k lif etdi. A na shunday
o lim lardan biri G ‘iyosiddin Jam shid al-Koshiy (1430-yilda va
fot etgan) b o lib , u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. U ning
asarlari «M iftox ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-m uhitiya»
(«Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab
Yevropa m am lakatlarida uning kashfiyotidan foydalana bosh-
ladilar.
Tarixda Ali qushchi nom i bilan m ashhur b o lg a n Alouddin
Ali ibn M uham m ad Qushchi (1403-1474) Ulug‘bekning shogir-
didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi.
U ning asarlari: «Arifmetika ilm i haqida risola», «Mantiq risolasi»,
«Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «As
tronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla-
rini ilm iy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla-
rini o lg an d i, jism lar harakati va ularning oddiydan murakkabga
o lis h i to‘g‘risida o‘z fikrlarini ilgari surdi.
U m um an shuni ta ’kidlash lozimki, Ulug‘bek va u asos sol-
gan astronomiya m aktabi koinotdagi hodisalarni o lg an ish d a
m uhim rol o ‘ynadi, o‘sha vaqtgacha fanga m a’lum b o lm ag an
52
Jahon m adaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan
biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va m utafakkiri N izom iddin M ir Alisher
Navoiydir (1441—1501). U ning otasi G lyosiddin kichkina Shahri-
sabzdan H irotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy H i-
rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472-
yildan boshlab vazir etib tayinlandi. M am lakat obodonchiligi,
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy b o lib , asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan.
«Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va
Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari ham da
«Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr»,
«Majolis u n nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon»,
«M uhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bolib, unda jam iyat va
inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil
jam oa, ta ’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining m uhim xususiyati shundan
iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va
ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy m a’nolarda bayon
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in
son g‘oyasi m uhim o lin n i egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu
lik, muhabbat, do'stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa
go‘zal fazilatlar, m a’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g lisidagi qim-
m atli fikrlari, nasihatom uz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizm at
qilmoqda.
0 ‘sha davrning ko‘zga k o lin g an mutafakkirlaridan biri Ka-
moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda
yashagan) bolib, 0 ‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo
jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi,
keyinchalik Abdurahm on Jomiyning taklif! bilan Xirotga ko‘chib
keladi. U qolgan um rini H irotda o lk azad i va shu yerda vafot etadi.
Olimning m uhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi
sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami-
ya» va boshqalardir. Koshifiy katta olim va mudarris b o lib yetisha-
di, butun um rini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga baglshlaydi. U
54
Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi. «Mavlono Husayn
Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin
borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor
voqe’ bolubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan,
va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur
ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV
asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta
inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining
o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar,
taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bolinib ketishi,
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab boldi. Natijada Mova-
rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |