T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Qadriyatlar  mavzuining  tarixi



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Qadriyatlar  mavzuining  tarixi. 
Qadriyatlar  mavzuining  tarixi, 
ildizlari va insoniyatga xos  qadrlash tamoyillari  shakllanishi uzoq 
olm ishga ega.  G ‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy 
merosi va g‘oyalariga tayanadilar,  ko‘plab allomalarning nomlarini 
tilga  oladilar.  G ‘arbda  qadriyatlar  bilan  shug‘ullanadigan  falsafiy 
soha  —  aksiologiya  fanining  shakllangani  ham  ularning  bunday 
qarashlari  uchun  muayyan  asos  boladi.  Biz  Suqrot  va  Aflotun, 
Aristotel  va  Gegellar  katta  e’tibor  bergan  bu  mavzuning  G ‘arb 
falsafasida  o‘z tarixiga ega ekanligiga  shubha qilmaymiz.
Ammo  ushbu  mavzu  ko‘hna  va  navqiron  Sharq,  xususan 
0 ‘zbekiston  uchun  begona  emas!  Uning  eng  teran  jihatlarini 
faqat  G ‘arbdan  emas,  balki  Sharqdan  qidirish  ham foydadan  xoli 
bolm asa  kerak.  Nomlari  sivilizatsiyamiz  tarixiga  abadiy  bitil-
162
L


gan  Xorazmiy,  Forobiy,  al-Buxoriy,  at-Termiziy,  Beruniy,  ibn 
Sino,  Najmiddin  Kubro,  Yassaviy,  Naqshband,  Ulug‘bek,  Navoiy, 
Mashrab,  Bedil,  Behbudiy,  Avloniy  kabi  mutafakkirlar  ijodida 
ham  bu  mavzuning  izlari  bor,  teran  qirralari  ochilgan.  Gap  ana 
shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, 
zamona  realliklari  nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir.
Avlod  va  ajdodlarimiz  yaratgan  qadrlash  mezonlarining  tari- 
xi  eng  qadimgi  naqllar,  rivoyatlar,  afsona,  hikoyat,  dostonlarga, 
ya’ni  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalariga  borib  taqaladi.  Spitamen, 
Muqanna  va  Jaloliddin  Manguberdi  to‘g‘risidagi  asarlarda,  Al- 
pomish,  To‘maris  va  Shiroq  to‘g‘risidagi  afsona  va  dostonlarda 
vatanparvarlik,  xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko‘plab 
umuminsoniy  qadriyatlar  tasvirlangan.  Ma’naviy  merosimizning 
yorqin  namunasi  —  «Avesto»  zardushtiylikning  muqaddas  kitobi 
bolganligidan  unda bu  dinning  qadriyatlar tizimi,  qadrlash  me- 
zonlari,  o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash  to‘g‘risidagi  qarashlar  rivojida  VIII-X II  asrlar  katta 
ahamiyatga  ega.  Bu  davrda  arab  istilosi  amalga  oshirilgan,  islom 
hukmron  dinga  aylangan  edi.  E’tirof  etish  kerakki,  Q ur’on  va 
Hadislarda  ta’riflab  berilgan  ilohiy  qadriyat  va  qadrlash  masala- 
lari  xalqimiz  tarixi  va  madaniyatiga  ta’sir  ko‘rsatgan.  Shu  bilan 
birga,  arab  istilosi  davrida  ko‘pgina  milliy  qadriyatlarimizning 
yo‘qotib  yuborilganligini  ham  qayd  qilmoq  kerak.  Bu  to‘g‘rida 
Beruniy  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan yodgorliklar»  asarida  afsus 
bilan yozib  qoldirgan.
Sivilizatsiyamiz  qadriyatlari  va  xalqimizga  xos  qadrlash 
m e’yorlari  musulmon  Sharqi  va  arablar  dunyosi  madaniyatining 
rivojiga  ham nihoyatda katta  aks  ta’sir  ko‘rsatgan.  Tarixda  nom- 
lari  saqlangan  allomalarimiz  o‘z  navbatida  butun  jahon,  Sharq 
madaniyatiga  g‘oyat  katta  hissa  qo‘shganlar.  Bunday  fikrni 
Abu  Hanifa,  al-Buxoriy,  at-Termiziy,  Kubro,  Ahmad  Yassaviy, 
Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida 
ham   aytish joiz.  Ularning  har biri  o‘z  zamonasida  islomni  sivi- 
lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va 
tashviq  etdilar,  islom  falsafasini  yuksaklikka  ko‘tardilar,  maz- 
kur dinning butun jahonda katta mavqega  ega bo‘lishida muhim
163


faoliyat  ko‘rsatdilar.  Ularning  islom  falsafasi  va  ilohiyotiga,  uni 
zamona  zayllari  orasidan  o‘tish  jarayoniga  ko‘rsatgan  nihoyatd 
katta  ta ’siri  to‘g‘risida  maxsus  tadqiqotlar  olib  borish  mumkin. 
Afsuski,  manbalar yetarli bo‘lishiga qaramasdan,  yurtim iz  sivili- 
zatsiyasining  islom  dini  rivojiga  va  azaliy  islom  mamlakatlari- 
ning  madaniyati  taraqqiyotiga  ta’siri  to‘g‘risida  yozilgan  asarlar 
haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish 
zaruriyati  allaqachon yetilgan.
Masalaning  muhimligi  atoqli  qomusiy  olimlar  —  Xoraz- 
miy,  Forobiy,  Beruniy,  ibn  Sino,  al-Farg‘oniy,  Ulug‘bek,  Lut- 
fiy,  Navoiy,  Bobur  kabi  sivilizatsiyamizning  zabardast  namo- 
yandalari  ijodi  va  merosi  ko‘zgusida yanada yaqqolroq  namoyon 
bo‘ladi.  Zero,  ular nafaqat Markaziy Osiyo,  arab-musulmon sivi- 
lizatsiyasi,  balki jahon  madaniyati  taraqqiyotiga  nihoyatda  katta 
hissa qo‘shganlar,  yurtim iz  qadriyatlari ta’sirining butun  olamga 
yoyilishida xizmat  qilganlar.
Afsuski,  dunyoning  oltidan  bir  qismini  egallab  turgan  sobiq  it- 
tifoqda  qadrlashning  umuminsoniy tamoyillarini barqaror  qilish  u 
yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqot­
lar  olib  borishga  ham  izn  berilmas  edi.  Faqat  o‘tgan  asrimizning 
60-yillariga  kelib,  qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomo­
nidan tahlil qilina boshlagan bo‘lsa-da,  90-yillargacha falsafa dars- 
liklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bolmadi.  Hukmron 
mafkuraning  tarkibiy  qismiga  kirmaganligi,  mavzularining  juda 
kam  tadqiq  qilinganligi  va  nihoyatda  oz  ahamiyat  berilganligidan 
maxsus  falsafiy  tadqiqotlar  sohasiga  aylana  olmadi.  Aksiologiya 
nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv qollanm a 
chop  etilmagan,  hatto  universitetlarning  faylasuf,  jamiyatshunos, 
tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bolim larida ham 
bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish