Sherman qOTiuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo'lib, qonunning
bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan
tashqari ushbu qonunda monopoliyaning vujudga kelishini oldini olish bo'yicha
qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi.
1938 yildagi Uiler qonuni iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar
to'g'risida noto'g'ri axborot berish va noto'g'ri reklama berishga qarshi).
Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQShda rivojlandi. AQShning
trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlami ishlab
chiqishda va rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.
Narxlami nazorat qilish va ulami muvofiqlashtirish ko'proq tabiiy monopoliyalarga
qo'llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo'lar edi
Do'stlaringiz bilan baham: |