qon oquvchi tomir, ikkinchisi qora (nosog1) qon oquvchi tomir.
Bulardan tashqari oq qo n tashuvchi
y o k i um u m an qon
tashimaydigan tomir ham borligi ko'rsatilgan. Bu yerda limfatik
tom irlaryoki nerv (asab) tomirlari ko'zda tutilgan bo'lsa kerak.
Kitobda qon, o ‘t (jigar o ‘ti) va urug‘ning paydo boMishi haqida
o'ziga xos fikr yuritilgan. U nda o ‘t jigarda, qon yurakda, urug‘
umurtqa ustuni kavagida (kanalida) ishlab chiqiladi, deyilgan.
Sezish,
hid bilish, eshitish, ko ‘rish va ta’m bilish markazlari
miyada joylashgan, deb to 'g'ri fikr yuritilgan. Odam a'zolaridan
suyak iligiga alohida ahamiyat berilgan. Hayot markazi shunda
joylashgan, deh ko‘rsatilgan.
Hayot haqida ham o ‘ziga xos fikr aytilgan. Chunonchi, hayot
o ‘t(olov)li jarayon, o ‘lim
esa yonib tugashdir, deb yozilgan. Bu
hodisa issiqlik muvozanati buzilishi natijasida kelib chiqadi, deyilgan.
Inson hayotining manbai olov va suvdir, deb ko‘rsatilgan.
Kasallikning kelib chiqishi haqida bir necha xil fikr bayon
etilgan. Avvalo, kasallik Axrim an ismli «Johil ilohiyat* bilan
bog‘langan. H ar qanday kasallik shu Axrim anning ruhi kishining
gavdasiga kirishi bilan boshlanadi, deb yozilgan.
Kasallik kishi organizmiga zararli yel(shamol)ning ta'siridan kelib
chiqadi, deb ham ko‘rsatilgan. Aytilishicha, yel ikki xil — sovuq va
issiq bo‘ladi.
Issiq yel ayniqsa xavflidir, chunki unda Axrimanning
ko‘zga ko'rinmas, mayda zarrachalari bo‘ladi, deb yozilgan.
Kitobda yuqoridagi hayoliy fikrlaidan tashqari haqiqatga yaqin amaliy
mulohazalar ham bor. Masalan, kasallik paydo qiluvchi omillar qatoriga
ovqat ham kiritilgan. Xususan, to‘yib ovqat yemaslik yoki esa aksincha
badxo'riik, sifataz taom iste'mol qilish kasallik keltirib chiqaradi,. deyilgan.
Kishilarning ruhiy holatiga ham jiddiy ahamiyat berilgan.
M asalan, kasallik «chuqur o ‘ylash», y a 'n i ruhiy tushkunlik
natijasida ham paydo bo'lishi mumkinligi ta'kidlangan. Jismoniy
charchash ham kasallik keltirib chiqarishi mumkinligi ko'rsalilgan.
Harxil hasharotlar chaqishi natijasida ham kasallik paydo bo'lishligi
ta'kidlangan. Am m o, bu yerda hasharotlarni Axrim an yuboradi,
ularshu Axrim anningbuyrug'i bilan kishini chaqib, uningtanasiga
zarar qiladi, deb xato fikr aytilgan.
Kasalliklardan qutulish masalasida aw alo yaxshilik xudosi
Oxuramazdaga
sajda qilmnq kerak, faqat uning yordami bilan
kasallikdan qutulish mumkin, deb yozilgan.
Am aliy jihatdan esa «Avesto»da uch xil davolash usullari
ko'rsatilgan. Bular: pichoq bilan davolash (jarrohlik), o'sim liklar
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan davolash (dorivorlik) va
avrash, ya'ni afsungarlik. Hozirgi
zam on fani nuqtai nazaridan
oxirgi
usulni psixoterapiya, deb
a ta sh m u m k in . A m m n , u
zamondagi tabiblarbu usulning
mohiyatini boshqacha tushungan-
lar. U larning fikricha, kasallikni
johil
kuchlar keltirib chiqaradi
va uni avrash usullari bilan tana-
dan chiqarib yuborish mumkin,
deb o'ylaganlar. Bu usul davo-
lashning asosiy usuli hisoblangan.
Am aliy tibbiyolda jarrohlik
usulidan ham keng foydalanilgan.
Binobarin, o ‘sha vaqtda m ohir
jarrohlar ham boigan.
M a 'lu m k i, S h a rq m a m -
lakatlarida
yer yuzida tarqalgan
o'sim liklam ing turli xili o'sadi.
S h u la rd a n k o ‘pi sh ifo b a x sh
o ‘simliklardir. «Avesto»da ko‘rsatilishicha, ular orasida zaharlilari
ham mavjud. Shuning uchun dori tanlashda ehtiyot boiish kerakligi
ta'kidlangan.
«Avesto»da tabib oldiga juda mas'uliyatli talab qo'yilgan. Unda
yozilishicha tabiblikni kasb qilib olmoqchi bo'lgan kishi dastlab uchta
bemomi muvaffaqiyatli davolab, o ‘z mahoratini ko'rsatishi kerak.
Kitobda tibbiyotning asosiy vazifasi nimadan iborat bo'lishi
kerak, degan masalaga alohida ahamiyat berilgan. Bu masalada
«Avesto»da yozilgan fikr hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan
ham to‘g‘ridir. Chunonchi, unda tibbiyotning asosiy vazifasi
kishi
tanasining so g 'lig'in i saqlashdan iborat, deb ko rsatilgan. Tana
sog‘lig‘ini saqlash va turli kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli
kurashish uchun «Avesto» birinchi galda gigiyenik va obodonchilik
tadbirlarini amalga oshirishni tavsiya etgan. Masalan, chirib
buzilayotgan narsalaiga yaqinlashmaslik,
turar joylarni ozoda
saqlash, obodonchilikka ahamiyat berish, ekin ekiladigan yeriardan
to‘g‘ri foydalanish, ko'proq mevali daraxtlar ekish va hokazo.
Zardusht eng muhim tadbirlardan bin sifatida aholini toza, yaxshi
Do'stlaringiz bilan baham: