T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


partiyasidan,  936  tasi  (15,2%)



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018


partiyasidan,  936  tasi  (15,2%) 
-   0 ‘zbekiston  “Milliy  tiklanish” 
demokratik  partiyasidan,  2575  tasi  (41,9%) 
-   0 ‘zbekiston  Xalq 
demokratik partiyasidan, 443 tasi (7,2%)  -  0 ‘zbekiston “Adolat” sotsial- 
demokratik  partiyasi  ko'rsatgan  nomzodlardan  iborat  edi.  Shuningdek, 
fuqarolar o'zini o ‘zi boshqarish organlari  nomzodlaridan  131  tasi (2,1%) 
deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi.
Mamlakat  tarixida  ikkinchi  marta  parlamentning  yuqori  palatasi  -  
Oliy  Majlis  Senatiga  saylovlar  o‘tkazildi.  2009-yil  yanvar  oyida  Oliy 
Majlis  Senatiga vakillik organlari  -  Qoraqalpog4iston Jo‘qorg‘i  Kengesi, 
viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari  ishtirokida yashirin ovoz berish 
yoMi  bilan  saylovlar  bo‘lib  o‘tdi.  Bu  saylovlar  kampaniyasida  mahalliy 
deputatlar orasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari
-   84  ta  senatorlar  saylandi.  Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  Farmoniga  muvofiq  Oliy  Majlis  Senatining  16  ta  a’zosi 
tayinlandi.
Umuman, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar demokratik saylovlar 
institutining  davlat  organlarini  shakllantirishning  muhim  vositasi 
sifatidagi 
o‘rnini 
yanada 
mustahkamladi, 
jamiyat 
a’zolarining 
manfaatlari  va  irodasini  siyosiy  qarorlarda  ifodalanish  jarayonlarini 
ta’minlab 
bera 
olish 
maqsadida 
huquqiy 
asoslami 
yanada 
takomillashishiga  imkoniyat  yaratdi.  Shuningdek,  qonunchilikdagi 
o‘zgarishlar  fuqarolaming  demokratik  saylovlar  vositasida  oliy  va 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  faoliyatini  nazorat  qila  olishlari 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Mamlakatda  saylovlaming  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida 
shakllanishi,  ulaming  xalq  tomonidan  e’tirof  etilishi,  shuningdek, 
saylovlar  jarayonlariga  zamonaviy  demokratik  tamoyillaming  joriy 
etilishi  natijasida  fuqarolaming  ijtimoiy-siyosiy  faolliklari,  siyosiy 
jarayonlardagi ishtiroklari oshib bormoqda.
Rivojlangan  demokratik  mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki,  davlat 
hokimiyat 
organlariga  saylovlar  demokratik 
siyosiy  jarayonning 
tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Hozirgi  davrda davlat hokimiyat organlarini 
shakllantirishga 
doir 
demokratik 
saylovlar  jahondagi 
aksariyat 
mamlakatlar  siyosiy  hayotidagi  tabiiy  bir jarayoniga  aylandi.  Jahonda 
siyosiy  hokimiyat 
organlariga  saylovlar  o‘tkazilmaydigan  biron-bir 
mamlakatni topish qiyin masala bo‘lib qoldi.
Har  qanday  jamiyatning  avtoritarizmdan  demokratiyaga  o‘tish 
jarayoni  saylovlar  tizimini  demokratlashtirish  bilan  uzviy  ravishda


bog'liqdir.  Bu  murakkab  vazifani  hal  etish  o‘tish  davrining  qator 
bosqichlarini  siyosiy  texnologiyalar,  jumladan,  takrorlanib  turuvchi 
saylov 
jarayonlari 
vositasida 
demokratlashtirishni 
talab 
etadi. 
Demokratiyaga,  ayniqsa,  fuqarolik  jamiyatiga  bosqichma-bosqichlik 
asosida o ‘tish turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga bo'ladigan 
quyidagi  saylovlar  bilan  bogMiqdir:  o‘zini  o‘zi  boshqarishning  mahalliy 
tizilmalarini  saylash;  mintaqaviy  darajalarda  siyosiy  partiyalar  va 
harakatlami  shakllantirish  va  ulaming  rahbar  organlarini  saylash  yo‘li 
bilan  saylov  oldi  kurashlari  siyosiy  kengliklarini  shakllantirish; 
parlamentni 
saylash; 
davlat 
rahbarini 
saylash; 
ijro 
hokimiyati 
rahbariyatini  saylash.  Shu  tariqa  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
demokratik saylovlar vositasida ro‘y bera boshladi.
2010-yil  12-noyabrda  qabul  qilingan  “Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlami  yanada chuqurlashtirish  va  fuqarolik jamiyatini  rivojlantirish 
konsepsiyasi”ning  to‘rtinchi  qismi  “0 ‘zbekistonda  saylov  huquqi 
erkinligini 
ta’minlash 
va 
saylov 
qonunchiligini 
rivojlantirish” 
masalalariga  bag'ishlandi.  Unda  quyidagi  qonunchilik  tashabbuslarini 
amalga oshirish maqsadi ilgari surildi:
-  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to ‘g‘risida”gi 
Qonunning  27-moddasi  hamda  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  Qonunning  25-moddasiga 
o ‘zgartish  va  qo‘shimcha!ar  kiritish,  unda,  asosan,  partiyalararo 
raqobatning  kuchayishi,  saylovoldi  tashviqotining  shakl  va  usullari 
tobora  turli-tuman  va  keng  miqyosga  ega  bo‘lib  borayotgani  bilan 
izohlanishi, 
shuning 
uchun 
saylov 
qonunchiligida 
saylov 
kampaniyasining  ushbu  muhim  bosqichini  amalga  oshirish  jarayonida 
deputatlikka  nomzodlar  va  siyosiy  partiyalarga  teng  sharoitlar  yaratish 
mexanizmlarining  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  nonmalami 
nazarda tutish lozim” ligi;
-  “Saylovoldi  tashviqoti”  tushunchasining  o‘ziga  aniq  ta’rif berish, 
bunday  tashviqotni  olib  borish  shartlari,  turlari,  ruxsat  etilgan  shakl 
hamda usullarini qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yish zarurligi;
-  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida”gi 
qonunning  27-moddasiga  saylovoldi  tashviqotini  nafaqat  saylov  kuni, 
balki  ovoz berish  boshlanishidan  bir kun  oldin  ham  olib  borish  mumkin 
emasligi to‘g‘risidagi normani kiritish;
-  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida”gi 
Qonunning  41-moddasi  hamda  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi  Qonunning  38-moddasiga
148


oldin ovoz berish tartib-qoidasi bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritish;
-  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida”gi, 
“Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to‘g‘risida”gi  qonunlarga  “ovoz  berish  kuniga  qadar  qolgan  besh  kun 
ichida,  shuningdek,  ovoz  berish  kuni  jamoat  fikri  so'rovlari  natijalarini, 
saylov  natijalari  prognozlarini  va  o‘tkazilayotgan  saylov  bilan  bog‘liq 
boshqa  tadqiqotlami  nashr  etish  (e’lon  qilish),  shuningdek,  ulami 
umumiy  foydalanishdagi  axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu 
jumladan,  internet tarmog‘iga)  joylashtirish ta’qiqlanadi” degan normani 
kiritish;
-  0 ‘zbekiston  Ekologik  harakatidan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  deputatlar  saylovining  ochiqligi  va 
oshkoraligini  ta’minlash  maqsadida  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisiga  saylov  to  g‘risida”gi  Qonunning  6-moddasiga  0 ‘zbekiston 
Ekologik  harakatining  Qonunchilik  palatasi  deputatlarini  saylash 
bo'yicha  konferensiyalarida  kuzatuvchilaming  ishtirok  etish  huquqini 
belgilab beradigan qo‘shimcha kiritish.
Saylovlar  qonunchiligiga  mazkur  o‘zgartishlar  va  qo‘shimchalami 
kiritish  mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurish 
islohotlarini yanada chuqurlashtirish,  davlat hokimiyatini shakllantirishda 
fuqarolaming  siyosiy  partiyalar  vositasida  ishtirok  etishlarini  huquqiy 
jihatlardan  ta’minlash,  insonning  o‘z  siyosiy  huquqlari  va  erkinliklarini 
hayotda  amalga  oshira  olishlari  uchun  imkoniyatlar  yaratish,  hokimiyat 
organlari  faoliyatini  oshkoralik  asosida  kechishi  kabi  demokratik 
qadriyatlami shakllantirishga qaratildi. Ayniqsa, saylovlar kampaniyasida 
deputatlikka  nomzodlar  va  siyosiy  partiyalar  uchun  teng  sharoitlar 
yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga doir yangi huquqiy 
normalami  kiritish  demokratik  saylovlaming  tenglik,  oshkoralik,  xalq 
irodasini  ifodalash  tamoyillari  asosida  o'tishini  ta’minlab,  fuqarolik 
jamiyati  uchun  xos  bo‘lgan  ijtimoiy  adolatni  ta’minlash  uchun  shart- 
sharoitlar  yaratib  berishiga  muhim  e ’tibor  qaratildi.  Qolaversa, 
Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish