2. 0 ‘zbekistonda jamiyat axborot sohasini isloh qilish jarayoni
Mamlakatda bosma ommaviy axborot vositalarini har tomonlama
rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quwatlash, ulaming moddiy
negizini mustahkamlash va jumalistlaming kasbiy malakasini oshirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatning axborot sohasidagi
siyosati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan
fuqarolaming so‘z erkinligi va axborot olish huquqini izcinl va toMiq
amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Mamlakatda axborot sohasida davlat tashkilotlaridan tashqari
jamoat, nodavlat institutlari va tuzilmalarini tuzish va rivojlantirish uchun
zarur tashkiliy-huquqiy, texnik shart-sharoitlari ham yaratib berilgan.
Jumladan, bu sohada O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O 'zbe
kiston Yozuvchilar uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari
milliy uyushmasi va boshqa qator jamoat birlashmalari o ‘z faoliyatini
amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
“0 ‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot
agentliklarini qo'llab-quwatlash va rivojlantirish jamoat fonaini tashkil
etish to'g'risida”gi 2005-yil 16-noyabrdagi Farmoni OAVlarni davlat
tomonidan qo'llab-quwatlash borasidagi muhim qadam boMdi.
Fond faoliyatining asosiy maqsadi - mamlakatda mustaqil, o ‘zini
o'zi ta’minlovchi, zamonaviy demokratik talab va standartlarga javob
beradigan bosma OAVlarini shakllantirish, ulaming moddiy-texnika
bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash jarayonini qo'llab-
quwatlashdan iboratdir.
Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (АКТ)
davlat boshqaruviga joriy etish va keng qo'llash ishlari jadallashib
borayotganligini hisobga olib, hukumat tomonidan 2003-2010-yillarda
davlat boshqaruvida elektron texnologiyalami joriy etish dasturi ishlab
chiqildi. Mazkur dastur davlat boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini
keng targ'ib qilish, fuqarolarga ko'rsatilayotgan xizmatlar darajasini
yaxshilash va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va
qonunlami oshkoraligini ta’minlashga qaratildi. Bu dastur mamlakatda
“Elektron hukumat”ni shaklantirish yo'lidagi jiddiy islohotlami boshlab
berdi.
Dastumi amalga oshirishning birinchi bosqichida davlat boshqaruv
organlarida
davlat
xizmatlari
haqidagi
ma’lumotlar
(jumladan,
mansabdor shaxslaming qabul vaqti, xizmat telefonlari) joylashtirilgan
veb sahifalari ochildi.
Ikkinchi
bosqichda
ma’lumotlami
to' liq
jamlagan
davlat
organlarini saytlardan qidirish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar
bazasi tuzilib, turli murojaatlarga elektron pochta orqali javob berilishi
ta’minlandi. Ular fuqarolarga davlat portaliga kirib, bir qator “interaktiv
xizmatlar” orqali turli shakllami to'ldirish imkonini berdi.
Uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko'rsatish,
fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma olishi,
soliq deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima to'lashi va ijtimoiy imtiyozlar
so'rab murojaat qilishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.
Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy
hayotini uch muhim subyektning (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes
subyektlari) munosabatlarining o'zaro tengligini ta’minlash uchun shart-
sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyatiga xos munosabatlami shakllantirish
zamonaviy axborot tizimining asosiy vazifasidir. Bu munosabatlarda
davlat integratsiyalovchi omil hisoblanadi.
Bunda davlatning integratsiyalovchi roli bunda uchta tizimosti
munosabatlarda namoyon bo'ladi:
-
hukumat muassasalarining o'zaro va mahalliy davlat boshqaruv
organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish uchun aloqalami tashkil etish
(G2G);
- hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari o ‘rtasidagi
o‘zaro aloqalami amalga oshirish (G2C);
- hukumat muassasalari bilan biznes subyektlari o'rtasidagi o'zaro
aloqalami yo'lga qo'yish (G2B);
- AKTni joriy etish jarayonida Davlat boshqaruvi samaradorligini
oshirish vazifasi quyidagi muammolarni hal etishga yo‘naltiradi:
- umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har xil hukumat
tuzilmalarining samaraliroq o'zaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish
mumkin (G2G);
- fuqarolaming manfaatlarini qanday qilib eng ko'p darajada
hisobga olish va tegishli Davlat muassasalarida ularga xizmat ko'rsatish
sifatini qanday qilib oshirish mumkin (G2C);
-
Davlatning
biznes
subyektlari
bilan
o'zaro
foydali
munosabatlarini qanday qilib tashkil etish mumkin (G2B).
Davlat boshqaruvida АКТ - bu davlat boshqaruv organlarida jami
ichki
va
tashqi
aloqalami
tegishli
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan qo'llab-quwatlash va ta’minlash tizimidir. Bu
tizimda quyidagi jarayonlar amalga oshadi:
- kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, uzatish
va tarqatishning elektron vositalari (shu jumladan, Internet) asosida
davlat boshqaruvini axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan
ta’minlash;
- davlat hokimiyati barcha tarmoqlari organlarining barcha
toifadagi fuqarolarga elektron vositalar orqali xizmat ko'rsatishi;
- davlat organlarining ishi to'g'risida fuqarolarga elektron vositalar
orqali xabar berish.
2014-yilga kelib 0 ‘zbekistonda “elektron hukumat”ning samarali
unsurlarini tashkil etishga doir 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.
Ulaming ichida eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:
-
O'zbekiston Respublikasining hukumat portali - gov.uz jismoniy
va yuridik shaxslar, turli davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati
institutlari o'zaro elektron-axborot infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi
unsurlari sifatida keng rivojlandi. Mamlakatda har qanday fuqaro yoki
tashkilot vakillari o'zlari istagan vaqtda davlat hokimiyati faoliyatiga
doir to'liq axborotlami olishi yoki portal orqali har qanday darajadagi
hokimiyat organiga elektron so'rovnoma bilan murojaat qila olish
imkoniyatiga ega bo'ldi.
Shuningdek, mazkur hukumat portalida mamlakatda Interfaol davlat
xizmatining (1DX) ochilishi (reestr.uz) davlat boshqaruvida axborot
texnologiyalarini qoMlash sohasidagi katta qadam boMdi. IDX fuqarolar,
tashkilotlar, korxonalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari - deyarli barcha
jismoniy va yuridik shaxslarga telekommunikatsiya tarmoqlari orqali
axborot tizimi vositasida xizmat ko‘rsata boshladi. Hukumat qarorlari
asosida bu xizmatning 100 dan ortiq tayanch davlat xizmatlari
tasdiqlandi. Davlat organlarida axborot texnologiyalaridan hamkorlikda
foydalanish asosan ichki boshqaruv yoki ishlab chiqarish samarasini
oshirishga qaratildi. Bu xizmatning uchta asosiy yo‘nalishi - tadbirkorlar
va investorlar (G2B),
davlat organlari (G2G)
hamda fuqarolar va
xorijliklar (G2S)
yo‘nalishlari alohida va maxsus dasturlar bilan
ta’minlandi. Shuningdek, xizmat ko'rsatishning quyidagi turlaridan
foydalanish tajribasi o‘matildi:
- hammabop axborotlami e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot
tizimlari, jumladan, Internet orqali davlat axborot resurslari xizmatidan
foydalanish;
- bir tomonlama xatti-harakat - elektron shakldagi turli hujjatlami
tarmoqqa kiritish imkoniyatini berish;
- ikki tomonlama axborot almashish - qabul qilish, tahlil (ko'rib
chiqish)
va so‘rov bo‘yicha javob berish (buyurtmalar berish,
murojaatlar qilish yoki ulami ishlab chiqish natijalarini taqdim etish)
kabi muassasa xizmatlari;
- elektron shakldagi toMaqonli ma’lumotlami amalga oshirish,
jumladan, ulami taqdim etish va xizmat haqini to*lash.
Shuningdek, bu jarayonning samarasini oshirish, jamiyatdagi
voqeliklar va hodisalami e’tiborga olish maqsadida, shuningdek, o‘zaro
xatti-harakatlar
imkoniyatlari
sifatida
“rasmiy
veb-saytlardan
foydalanuvchilar fikrlarini birlashgan forum maydoni va Forumda
o'rganishni ta’minlash, forumdagi muhokamalarga axborot xizmatlari
vakillarini jalb etish” yoMga qo‘yildi.
Hukumat
portalining
(GOV.UZning)
3500
dan
ortiq
ishtirokchilaridan 20 dan ortigM ommabop resurs ekanligi bilan ajralib
turadi, Unda 100 dan ortiq mavzuga doir boMimlari, 10 dan ortiq yangi
servis va xizmatlar doimiy ravishda ishlab turadi. Keyingi o‘n yillikda
Qoraqalpog*iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi,
Toshkent shahar va viloyatlar
hokimliklarining barchasi Internet
tarmog‘iga ulanib, ular uchun maxsus veb-saytlar ochildi. Fuqarolaming
bu saytlarga kirishlari uchun zarur boMgan imkoniyatlar yaratildi.
Ayniqsa, hukumat portalining (GOV.UZ)
o‘matilishi fuqarolaming
253
markaziy davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishlari, muloqotga
kirishlari uchun shart-sharoitlar yaratdi.
“E-Kommunal.uz” portali - uy-joy kommunal xo‘jaligi (UKX)
sohasida umumiy axborot infratuzilmasi sifatida kommunal xizmat, uy-
joy egalari shirkati, nazorat organlari va aholining o‘zaro axborot
almashishini ta’minlab, bu sohadagi boshqaruv faoliyatini rivojlantirish
omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bu portalda qulay tarzda O'zbekiston uy-joy va kommunal xizmati,
shuningdek, barcha kommunal xizmatlaming interfaol kalkulyatorlari va
ta’riflariga doir axborotlar joylashtirilgan boMib, ular muttasil ravishda
yangilanib turadi. Har bir fuqaro portalga o'zining rasmi, o‘zi
to ‘g‘risidagi
m a’lumotlami,
kommunal
xo‘jaligi
sohasidagi
muammolami joylashtirishi
mumkin. Bu axborotlar tegishli organlar
tomonidan ko‘rib chiqilib, muammolami o'rganib, ulaming yechimini
topish bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Tadbirkorlik subyektlaridan elektron shaklda moliyaviy va boshqa
hisobotlami olish, ularga doir statistik ma’lumotlami qayta ishlab chiqish
tizimini avtomatlashtirish (stat.uz, soliq.uz) ham yildan-yilga rivojlanib
bormoqda. Unda Davlat soliq qo‘mitasining sayti joylashgan boMib, har
qanday
fuqaro
maslahatlar
olishi
mumkin,
soliq
hisobotlari,
deklaratsiyalar va boshqa soliq tizimiga tegishli hujjatlami
elektron
shaklda yuborishi, ulaming javoblarini olishi mumkin.
Shuningdek, elektr energiyasi iste'molchilari uchun uzbekenergo.uz,
xorijiy fuqarolaming viza olishlari uchun mfa.uz, litsenziyalar uchun
yagona portal license.uz kabilaming ochilishi, unda faoliyat ko'rsatish,
ruxsat olishga doir axborotlaming joylashtirilganligi davlat va boshqa
darajadagi
boshqaruv tizimlarida byurokratiyani kamaytirishga, aholi
uchun dolzarb bo‘lgan muammolami tezlik bilan aniqlab, ularga nisbatan
tegishli choralar ko‘rishga shart-sharoitlar yaratadi.
0 ‘zbekistonda Intemetga ulanish va uning xizmatlaridan foydalanish
keng koMamda asosan 1997-yildan boshlandi. Dastlab Naytov (http:
www.navtov.com).
O'znet
(http:
www.uz.net
yoki
(http:
www.eastlink.uz’) kabi provayd-kompaniyalari faoliyat ko'rsata boshladi,
XXI asr boshlaridan 0 ‘zbekistonda kompyuterlashtirish (ayniqsa, davlat
muassasalari, ta’lim tizimi, tijorat tashkilotlarida), shaxsiy kompyuterlar
va zamonaviy elektron aloqaning turlari (peyjer, uyali aloqa) va optik
tolali liniyalar tezlik bilan rivojlana boshladi.
Xalqaro Internet tizimida 0 ‘zbekiston to‘g‘risida, mamlakatdagi
turli idoralar va muassasalar, kompaniya va firmalar, ta’lim tizimi
(universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshq.), tijorat tashkilotlari,
bank, moliya, sug'urta tuzilmalari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar
mavjuddir. Maxsus rasmiy varaqchalarda O'zbekiston hukumati,
0 ‘zbekistondagi elchixonalar (AQSH, Buyuk Britaniya, Turkiya,
Rossiya va boshq.)
va boshqa ko'plab mamlakatlar to‘g‘risida
ma’lumotlar berilgan. Ayni vaqtda, O'zbekistonga tegishli shaxsiy
varaqchalar ham mavjud: “Umid” varaqchasi, “0 ‘zbek estradasi”,
O'zbekiston televideniyasining “Axborot” dasturi (2000-yildan boshlab)
kabilar rivojlanib va takomillashib bormoqda.
0 ‘zbekistondagi yirik kutubxonalar - Alisher Navoiy nomidagi
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 0 ‘zbekiston FA ning Fundamental
kutubxonasi,
Tibbiyot
kutubxonasi,
Respublika
ilmiy-texnika
kutubxonasi kabilaming barchasi Internet tizimiga ulangan bo'lib, ular
aholini axborotlar resurslari bilan ta’minlashda muhim rol o'ynamoqda.
O'zbekistonning barcha mintaqalarida (viloyat va tumanlarida)
xalqaro Internet tarmog'iga ulanish “O'zPAK” Davlat kompaniyasining
xalqaro kanallari orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatda Internet
tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
2002-yiida
bor-yo‘g'i
300
mingdan
ortiq
Internet
tizimidan
foydalanuvchilar bo'lgan bo'lsa. bugungi kunda ulaming soni 6
milliondan ortib ketdi.
Xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash,
ulaming moddiv-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash
maqsadida bir qancha jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. O 'z tarkibida
100 dan ortiq elektron ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan
Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,
shuningdek, O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va
axborot agentliklarini qo'llab-quwatlash va rivojlantirish jamoat fondi
shular jumlasidandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 16-
apreldagi “O'zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini
yaratish” investitsiya loyihasini
amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g'risida”gi PQ-1740-sonli qarorini amalga oshirishni ta’minlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyulda “O'zbekiston
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim
muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish
to'g'risida”gi 228-sonli qarori qabul qilindi.
Bu qaror o 'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash,
shuningdek oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
yuqori texnologik darajada o ‘quv jarayonini tashkil etish uchun elektron
o ‘quv-metodik va axborot-kutubxona resurslari, axborot tizimlari
shakllantirilishini ta’minlovchi yagona organni tashkil qilishga qaratildi.
Mazkur qarorga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
hamda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish
agentligining O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim
vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish
markazini tashkil etish to'G'risidagi taklifi qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013-yil 27-
iyunda qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-
kommunikatsiya
tizimini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O'zbekiston
Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa
infratuzilmasini rivojlantirish dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda
axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarini yanada jadal rivojlantirishga
shart-sharoitlar yaratdi.
Hozirgi umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini
nafaqat davlat boshqaruvi
va
iqtisodiyoti, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashda ham keng
qo'llashni taqozo etmoqda. O'zbekiston axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda
birinchilardan bo'lib qo'shildi. Mamlakat Prezidentining 2005-yil 5-
sentabrda qabul qilingan “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining
kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga binoan “Uzinfocom” kompyuter va
axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi
huzurida “UZ-CERT” kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati
tashkil qilindi. Bu xizmat asosida Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzurida Axborot
xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi.
Bu markazning asosiy maqsadi “Elektron hukumat” tizimi
m a’lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining
axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat organlarining tegishli resurs va
tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirishga ko'maklashishdan iboratdir.
Markaz axborot xavfsizligining zamonaviy tahdidlari haqida
m a’lumotlar to'plash va tahlil qilish, “Elektron hukumat” tizimi
m a’lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksiga
noqonuniy kirishga oid harakatlaming oldini olishga qaratilgan tashkiliy
256
va dasturiy-texnik qarorlar qabul qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish faoliyati bilan shug'ullanadi. “Elektron hukumat”
tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy
bazani, shuningdek, milliy internet segmentini takomillashtirish borasida
takliflar ishlab chiqish ham markaz faoliyati yo‘nalishlaridan biridir.
Mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining tashkil etilishi hamda
ulaming
o‘zaro
hamkorligi
0 ‘zbekistonda
milliy
axborot-
kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning muhim bosqichi bo‘ldi.
2014-yilga kelib esa mamlakatda 1400 ommaviy axborot vositasi
faoliyat ko‘rsata boshlagan bo'lsa, 2018-yilga kelib ulaming soni 1500
taga etdi. Ulaming 62 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalaridir.
Hozirgi
davrga
kelib
mamlakat
ommaviy
axborot
vositalari
mamlakatimiz hamda dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalami keng
yorita boshladi, aholi tafakkurini shakllantirish, huquqiy ongi va
madaniyat
darajasini
yuksaltirishda
bevosita
ishtirok
etmoqda.
Shuningdek, ular fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.
Bu esa mamlakatimizni demokratlashtirish va jahon axborot makoniga
integratsiyalashtirish sharoitida nihoyatda muhimdir.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot
vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab quwatlash va rivojlantirish
jamoat fondi tashkil etilganidan buyon o‘tgan vaqt davomida
mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rag'batlantirish
bo‘yicha yuzlab loyiha ishlab chiqilib, amalga oshirildi. Bu borada 900
dan ziyod bosma va veb-nashrlar tahririyatlari hamda 4 ta axborot
agentligi bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ommaviy axborot
vositalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakatimizni
demokratlashtirish va modemizatsiya qilish jarayonlarini yoritishda ular
ishtirokini faollashtirish uchun fond tomonidan yuzdan ortiq bosma va
intemet-nashrlarga grantlar ajratildi.
0 ‘zbekistonda internet jumalistikasining jadal rivojlanayotgani
zamon talabi bo‘lib, bu yurtimizda global tarmoq ham shiddat bilan
taraqqiy etib borayotganidan dalolatdir. Agar 2010-yilda milliy domenda
10 ming veb-sayt ro‘yxatga olingan bo‘lsa, hozirgi davrda ulaming soni
ikki barobardan ko‘proqqa oshdi. Provayderlami texnik jihozlashni
bosqichma-bosqich modemizatsiya qilish, internet trafikni kuchaytirish
va hajmini oshirish inobatga olingan holda, aholining global tarmoqdan
foydalanish sharoitlari taboro takomillashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |