partiyalaming 5700dan ortiq kuzatuvchilari va vakolatli vakillari ishtirok
etdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
152
deputatlari saylovi natijalariga ko'ra, parlament quyi palatasiga 150 nafar
deputat, shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -
O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 52 nafar; 0 ‘zbekiston
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 nafar, O'zbekiston Xalq
demokratik partiyasidan 27 nafar, O'zbekiston “Adolat” sotsial-
demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat
O'zbekiston ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan deputatlaming
24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlardan iborat bo'ldi. Saylangan 150 nafar
deputatdan 40 nafari yoki 27 foizi ilgari Qonunchilik palatasi deputati
bo'lgan. Bu saylangan deputatlaming nafaqat o 'z saylovchilarining
ishonchiga
sazovor
bo'lganligidan,
qolaversa,
parlament
quyi
palatasining professional faoliyatida ulaming hayotiy tajribasi va qonun
ijodkorligi amaliy ko'nikmalaridan yanada samarali foydalanish
imkonini beradi. Quyi palata tarkibida jamiyatning deyarli barcha
qatlamlari vakillari bo'lishiga erishildi.
Saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga ko'p
jihatdan
ommaviy
axborot
vositalari,
mahalliy
va
xorijiy
kuzatuvchilaming faoliyati katta omil bo'lib xizmat qildi. Saylov
jarayonini 550 dan ortiq milliy va 120 dan ziyod xorijiy ommaviy
axborot vositalari, shu jumladan, 180 dan ortiq intemet-nashrlar yoritib
bordi. Saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq 9
mingdan ortiq materiallar e’lon qilindi.
Saylovni kuzatishda 5 ta xalqaro tashkilot - Yevropa Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari
bo'yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom
hamkorligi tashkilotidan hamda 52 ta davlatdan 340 dan ortiq
kuzatuvchilar, shuningdek, siyosiy partiyalaming 70 mingdan ziyod
kuzatuvchilari va vakolatli vakillari ishtirok etdi. Saylovlaming
demokratik prinsiplar asosida o'tkazilishi ushbu jarayonda qonun
hujjatlariga amal qilinishi barcha bo'g'indagi saylov komissiyalarining
uyushqoqlik bilan aniq bajargan, mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik,
oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga asoslangan faoliyati orqali
ta’minlandi.
2016-yil 2-sentabrda 2015-yilning mart oyida Prezident etib
saylangan I.A.Karimovning vafot etishi munosabati bilan Markaziy
saylov komissiyasi (MSK) 2016-yil 4-dekabmi Prezident saylovi kuni
deb e’lon qildi. Barcha siyosiy partiyalar saylovga o'z nomzodlarini
ilgari surdi: O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan
S.Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - 0 ‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasidan Sh.Mirziyoyev, 0 ‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasidan X.Ketmonov, 0 ‘zbekiston “Adolat” sotsial-
demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: |