T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

Fuqarolik  ongi  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  m a’naviy  sohalarda 
m e’yoriy,  shakllantiruvchi,  yo'naltiruvchi,  muloqotga  yetaklovchi
89


singari  rang-barang  vazifalami  bajaradi.  Bu  vazifalar  o 'zaro   ta ’sirlar 
natijasida  o ‘zaro  kesishadi  va  bir-birini  boyitib  boradi.  Ulam ing 
aksariyati  davlat  va  uning  institutlaridan  iboratdir.  Lekin  davlat 
organlari  qonunlar,  m e’yoriy  hujjatlar,  qoida  va  talablardan  iborat 
huquqiy  doirada  faoliyat  yuritsa,  fuqarolik  ongi  jam iyatda  erkin  holda 
shakllanadi.  Fuqaroviy  ong  m e’yorlari  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar 
natijasida  shakllanadi,  uni  muvofiqlashtiradigan  yoki  uni  amalga 
oshiradigan  maxsus  tuzilmalar  boMmaydi.  Fuqarolik ongining  vazifalari 
alohida olingan  individlam ing  emas,  balki  butun jam iyat  faoliyati  bilan 
bog'liq holda amalga oshadi.
Fuqarolik  ongi  jam iyat  hayotida  turli  shakllarda  namoyon  boMadi. 
Kishilar  shaxsiy  va  ijtimoiy  qadriyatlar  m uhitida  o ‘z  qarashlari, 
tasavvurlari,  qadriyatlari,  intilishlari,  m e’yorlarini  turli  ko'rinishlarida 
namoyon  etadi. 
Jamiyat, 
ijtimoiy  guruhlar, 
shaxsning  ijtimoiy 
manfaatlari  nam oyon  bo‘ladigan  fuqaroviy  m anfaatlar  bir  tizim  holiga 
keladi.  Aynan u tizim holida boMganligi tufayli  fuqaroviy manfaatlar har 
bir  shaxsning  qadriyatlarini  hayotga  tatbiq  etishini  ta ’minlaydi,  uning 
jam iyatga, 
davlatga, 
boshqa 
fuqarolarga  nisbatan 
munosabatini 
shakllantiradi, 
fuqaroning 
m as’uliyati, 
maqsadlari, 
vazifalarini 
belgilashga, 
ijtimoiy 
aham iyatga 
ega 
bo ‘lgan 
xususiyatlarini 
shakllantirishga  ko'm aklashadi.  Aynan  ana  shu  tarzda  shakllangan 
fuqaroviy  ong  fuqarolik  jam iyatining  shakllanishiga  xizm at  qiluvchi 
qadriyatlar,  m e’yorlar,  g‘oya  ham da  tasaw urlam i  shakllantirish, 
jam iyatni komillik va erkinlik sari yetaklashga xizm at qiladi.
Fuqarolik  jam iyati  bir  necha  avlod  almashinuvini  talab  etadigan 
jarayon  boMganidek,  fuqaroviy  ong  ham   tarixiy  davr  mobaynida 
shakllanib  boradi.  H ar  bir  mamlakatdagi  fuqaroviy  ong  ushbu 
mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy  tizim ning  tabiatiga  mos  va  xos  tarzda 
shakllanadi,  ana shu  m am lakatga xos  boMgan  ijtimoiy tizim,  aloqalar va 
m unosabatlam i aks ettiradi.
Fuqarolik  ongi  tabiiy  va  tadrijiy  taraqqiyot  mahsuli  boMib,  uni 
sun’iy jihatdan  tezlashtirishning  iloji  yo‘q.  U  ijtimoiy,  iqtisodiy  ham da 
siyosiy  om illar  negizida  tadrijiy  tarzda  shakllanadi.  Har  bir  avlod 
mavjud  dem okratik  qadriyatlami  o ‘zlashtiradi  va  yangilarini  yaratadi. 
Bu  jarayonda  fuqarolik  ongini  belgilab  beruvchi  m e’yorlar  va 
qadriyatlam i  saqlash  hamda  uzluksiz  takomillashtirish  muhim  faoliyat 
hisoblanadi.  Tadrijiy  taraqqiyot  natijasida  demokratik  tasaw u rlar  shaxs 
ongida  mustahkam lanib  boradi,  unda  asta-sekinlik  bilan  fuqarolik 
tajribasi ham  to ‘planib boradi.


Fuqarolik  ongi  qator  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Fuqarolik 
ongi  ijtimoiy  tizimning  o ‘zgarishi  bilan  yangilanadigan  qadriyatiarga 
moslashib 
boradi. 
Boshqa 
tarafdan, 
fuqarolik 
ongi 
ijtimoiy 
o'zgarishlam i  keltirib  chiqaruvchi  faol  omil  hamdir.  U  fuaarolami  faol 
harakatga  undovchi  tasaw u rlar bilan  bog‘liq  bo'lganligi  tufayli jamiyat 
o ‘zligining  yangilanishiga  va  ijtimoiy  taraqqiyotni  tezlashtiruvchi 
om ilga aylanishi  mumkin.  Fuqarolik  ongi  ijtimoiy  taraqqiyotning  ruhiy 
negizini yaratgan holda jam iyatning mustahkam lanishiga xizmat qiladi.
Fuqarolik  ongi  yangi  g ’oyalami  qabul  qilish  darajasida  ochiq 
xarakterga  egadir.  Yangi  g'oyalar  aynan  bir  tizim ga  mos  ekanligi  o‘z 
isbotini  topgan  taqdirdagina  u  asta-sekin  jam iyatning  hayotiga  singib 
boradi.
M adaniy  yangilanishlaming  uzluskiz  tarzda  ijtimoiy  ongga  ta’sir 
k o ‘rsatishi  natijasida  jam iyatda  voqeliklami  his  etishning  yangicha 
usullari  vujudga  keladi  va  ular,  o ‘z  navbatida,  fuqaroviy  ongning 
o ‘zgarishiga ta ’sir qiladi.
Mamlakatdagi 
siyosiy 
hayotni 
tubdan 
o ‘zgartirish 
hattoki 
jam iyatning  mulkka  nisbatan  munosabatni  butunlay  o‘zgartirish 
mumkin,  lekin  kishilaming ruhiy qarashlari  va qadriyatlarini tezlik bilan 
o'zgartirib bo'lm aydi.
Fuqarolik  ongi  faqat  umumiy  tam oyillarga  asoslanmasdan  ham  o‘z 
mohiyatini  o'zgartirib  borishi  mumkin.  Albatta,  jam iyatda  barqaror 
b o ‘lgan,  har  qanday  siyosiy  tizim ga  xos  bo‘lgan  tarixiy  tajriba  va 
a n ’analar  singari  o ‘zgarmas  xususiyatga  ega  qadriyatlar  ham  mavjud 
bo‘lib,  ular  fuqaroviy  ongda  ro ‘y  berishi  mumkin  bo‘lgan  tezkor 
o'zgarishlarga  bo'lgan  intilishlami  tiyib  turadi.  Yangi  tarixiy  tajriba 
aynan  ana  shunday  qadriyatlar  negizida  vujudga  keladi  va  fuqarolar 
ongiga singib boradi.
Tushuncha  sifatida  “fuqarolik  ongi”  deganda,  avvalo,  fuqaroning 
davlat  bilan  siyosiy-huquqiy  munosabatlari  nazarda  tutilib,  kishining 
biror-bir davlatga mansubligi  va shu davlatning qonunlariga bo‘ysunishi 
tushuniladi.  Shaxsning  huquqiy  m aqom ida  ifodalanadigan  fuqarolik 
davlat  bilan  fuqaro  o ‘rtasida  amal  qiladigan  qator  huquq  va  burchlar 
bilan m ustahkamlangan bo'ladi.
Turli  ijtimoiy  subyektlam ing  o 'zaro  ta ’sirlashuvlari  ro‘y  beradigan 
va  manfaatlari  ziddiyatlar  asosida  paydo  bo'ladigan  jamiyatdagi 
munosabatlar  fuqaroviy  ongni  boyitib  boradi,  ular  ana  shu  ongda  aks 
etadi.  Shuningdek,  fuqaroviy  ong  kishilararo  munosabatlarga  ta’sir 
ko‘rsatgan  holda  ularga  aniqlik,  yangi  mazmun  va  shakl  bag‘ishlaydi.
91


Kishilam ing ijtimoiy  hayot ham da davlatga nisbatan,  shuningdek,  shaxs 
bilan  davlat  o ‘rtasida  haqiqiy  va  m e’yoriy  m unosabatlar  to'g'risidagi 
tasavvurlari  fuqaroviy ongda mujassamlashgan.
Ijtimoiy-siyosiy,  diniy,  axloqiy,  huquqiy,  iqtisodiy  va  boshqa 
m e’yorlar,  talablar, tamoyillar,  qoidalar umumiy  fuqaroviy dunyoqarash 
shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy unsurlari sifatida nam oyon bo'ladi.
Demokratik  jam iyatning  barqarorligi  dem okratik  qadriyatlar  bilan 
boyishga  zaruriyat  sezadi.  Bu  jarayon  jam iyatdagi  fuqarolam ing 
ijtimoiy  erkin  sharoitda  yashashga  qanchalik  tayyor  ekanliklari,  y a’ni 
shaxslam ing  fuqaroviy yetukligi  va  faolligiga bog'liqdir.  O 'z  navbatida, 
fuqaroviy  yetuklik  va  fuqaroviy  m us’uliyat  jam iyat  a’zolarining 
fuqaroviy  ongi  darajasi  bilan  belgilanadi.  Aynan  fuqaroviy  ong 
jam iyatning  m a’naviy,  intellektual  va  ijtim oiy-iqtisodiy  salohiyatini 
shakllantiradi.
Fuqaroviy  ong  jam iyatni  birlashtirishga  xizm at  qiladi,  umumiy 
m anfaatlar  y o 'lid a  fuqarolar  o 'rtasida  kelishuvlar  ro‘y  berishiga  xizmat 
qiladi.  Jam iyatda ro 'y   beradigan  turli  ijtimoiy-m adaniy  om illar ta ’sirida 
fuqaroviy  ong  o'zgarib  boradi  va  fuqaroviylik  to 'g 'risid ag i  g'oyalar 
taraqqiyotida o 'z  aksini topadi.
Davlat  va  jam iyat,  davlat  va  shaxs  o'rtasidagi  m unosabatlam ing 
tabiati  haqidagi  bilim lam ing  kengayishi  “fuqaroviylik”  tushunchasini 
qayta-qayta  tafakkurlashni  taqozo  etishi  -   bu  tarixiy  taraqqiyot 
zaruratidir.  Ijtimoiy  jarayonlar  natijasida  sayqallangan  fuqaroviy 
madaniyat  va  fuqaroviy  ong  kishilami  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy, 
axloqiy jihatlardan yuksalib borishini ta ’minlaydi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish