T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


З.1.- jadval.  Fuqarolik jamiyatining tuzilmasi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

З.1.- jadval.  Fuqarolik jamiyatining tuzilmasi.
Hozirgi  davrga  kelib,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  rivojlanib 
borishiga  mutanosib  ravishda  davlat  boshqaruvini  nom arkazlashtirish




(desentralizatsiyalash)  uchun  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  psixologik  shart- 
sharoitlar  yaratilmoqda.  Bu  jarayon  davlat  boshqaruvini  erkinlashtirish 
(liberallashtirish)  va  m a’muriy  islohotlami  amalga  oshirishning  eng 
asosiy sharti hamdir.
Fuqarolik jam iyati  shakllanib  borgani  sari  mansabdorlar faoliyatini 
milliy  manfaatlar,  jam iyat  barqarorligi  va  xalq  farovonligi  asosida 
kechishi  uchun  shart-sharoitlar  shakllanib  boradi.  Chunki  jam iyatning 
manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari  uyg'unlashgan  fuqarolik jamiyati 
sharoitida  fuqarolam ing  huquqlari  ham  manfaatlar  asosida  insoniy 
birliklarga  uyushish  va  shu  asosda  hokimiyat  organlarini  nazorat  qilish, 
ularda ishtirok etish mayllari  shakllanadi  va o ‘sib bordi.
Fuqarolik  jam iyati  sharoitida  markaziy  hokimiyatning  milliy 
manfaatlar  bilan  bog'liq  yirik  vakolatlaridan  boshqa  barcha  vakolatlari 
mahalliy  hokimiyat  organlari  va  fuqarolik  jamiyati  institutlariga 
o'tkaziladi.  Hududiy  o'zini  o ‘zi  boshqarish  organlari,  o‘z  navbatida, 
ilgarilari  fuqarolam ing  ixtiyoriy  birlashuvini  o‘z  zimmasiga  olmagan 
yoki  u rad  etgan  boshqa vakolatlami  amalga oshira  boshladi.  Bu holatda 
konsensusga  erishish  prinsipiga  asoslanildi.  Bu  prinsip,  ko‘pincha, 
m a’muriy shartnomalarda ifodalana boshladi.
Hozirgi  davrga  kelib  rivojlangan  mamlakatlarda huquqiy  davlatning 
paydo  bo‘lishi  fuqarolik  jamiyati  tushunchalarini  talqin  etishga  ham 
kuchli  ta’sir etdi.  Jumladan,  fuqarolik jam iyati  tushunchasini  keng va tor 
m a’nolarda  ishlatish  rusumga  kirdi.  Keng m a’nodagi  fuqarolik  jamiyati
-  davlat va uning tizilmalari tom onidan jamiyatni  egallab olmagan qismi, 
boshqacha  aytganda,  davlatning  qo‘li 
yetmagan  qismidir.  Bu  kabi 
jam iyat  davlatga  nisbatan  avtonom,  bevosita  unga  qaram  bo‘lmagan 
qatlam sifatida  rivojlandi.  Shuningdek,  fuqarolik  jam iyati keng ma’noda 
faqat  demokratik  qadriyatlari  muhitidagina  emas,  balki  avtoritarizm 
rejim ida  ham  yashay  oladi.  Lekin  totalitarizmning  paydo  bo‘lishi  bilan 
fuqarolik  jam iyati  siyosiy  hokim iyat 
tomonidan  butunlay  “yutib” 
yuboriladi.
Fuqarolik  jam iyati  tushunchasi  tor  m a’noda  talqin  etilganda  u 
huquqiy  davlatning  ikkinchi  tomoni  bo'lib,  ular  bir-birlarisiz  yashay 
olmaydi.  Fuqarolik  jamiyati  bozor  iqtisodiyoti  va  demokratik  huquqiy 
davlat  sharoitida  davlat  tasarrufida  bo'lm agan  erkin  va  teng  huquqli 
individlam ing  o'zaro 
munosabatidagi 
plyuralizmdan  tashkil  topadi. 
Bunday  sharoitda  jam iyat  turli  sohalarda  xususiy  manfaatlar  va 
individualizmning  erkin 
munosabatlari  qamrab  olinadi.  Bu  kabi 
jam iyatning  shakllanishi,  uning  rivojlanishi  individlaming  erkinlikka
63


intilishi,  ulam ing  davlatga  tobe  b o ‘lgan  fuqarolikdan  erkin  mulkdor 
fuqarolarga  aylanishi,  o‘z  shaxsiy  hurm at-obro‘sini  his  qila  boshlashi, 
xo'jalik  va  siyosiy  m as’ullikni  o ‘z  zim m asiga  olishga  tayyor  boMishi 
kabilarga bog‘ liqdir.
So'nggi  yarim   asr  ichida  tarixiy  rivojlanish  tajribalari  shuni 
k o ‘rsatdiki,  huquqiy  davlat  unsurlari  shakllanm asdan  ilgari  fuqarolik 
jam iyatini 
Ьаф о 
etish 
uchun 
im koniyatlar 
va 
shart-sharoitlar 
yaratilmaydi.  Buning  asosiy  sababi  shundaki,  huquqiy  davlat  qurish 
islohotlari  fuqarolik  jamiyati  muhitidan  oziqlanadi,  davlat  irodasi  ham 
jam iyatdagi  turli-tuman  manfaatlar  va  ehtiyojlar  ifodalanishiga  bogMiq 
holda  namoyon  bo‘ladi.  Shuningdek,  huquqiy  davlat  sharoitidagi  erkin 
raqobatbardoshlik  natijasidagina  o ‘rta  qatlam   -   m ulkdorlar  qatlamining 
shakllanishi  uchun qulay shart-sharoitlar  yaratiladi.
Jamiyatni  rivojlantirish,  huquqiy  davlatga  asos  solish,  fuqarolaming 
o ‘zini  o ‘zi  boshqarish  va  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi  ishtirokini 
faollashtirish,  bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish,  davlat  hokim iyati  organlarini 
tizimini  nomarkazlashtirish  natijasida  fuqarolik  jam iyati  qurish  uchun 
shart-sharoitlar  yaratiladi.  Fuqarolik  jam iyati  rivojlanib  borgani  sayin 
ijtimoiy 
tuzilm alar 
ham  takom illashadi, 
uning  yangidan 
yangi 
funksiyalari  paydo  boMadi.  Fuqarolik  jam iyati  sharoitida  ijtimoiy 
tuzilmalarga  (sotsial  strukturalarga)  tasn if  berish  uchun  unga  doir 
bilimlami  tahlil  etish,  unga  doir  kategoriyalar  to ‘g ‘risida  tasaw urlarga 
ega  boMish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  fuqarolik 
jam iyati  “klassik  darajada  rivojlangan  Yevropa  nam unasidagi  hozirgi 
davr  fuqarolik  jam iyati  konsepsiyasining  mohiyati  nim ada?”  degan 
savolga javob berishga zarurat tugMladi.
Bu  konsepsiyada  fuqarolik  jam iyatining  m uhim   mezoni  sifatida 
erkin fuqarolik jam oalarining teng huquqli,  avtonom  va faol  xatti-harakat 
qilayotgan  individlam ing  mavjudligi  yaqqol  va  ravshan  tarzda  ajratib 
ko‘rsati!gan.  Fuqarolik jam iyati  uchun  eng  m uhim   m ohiyat  kasb etuvchi 
jihatlar  -   bu  alohida  olingan  individlam ing  o ‘z  shaxsiy  xohishlariga 
bo‘ysungan  holda,  “ijtimoiy  m anfatlardan”  m ustaqil  holda  o ‘z  shaxsiy 
ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  shunchaki  o‘z  oldiga  q o ‘yilgan  maqsadlarga 
erishishga  intilishni  emas,  balki  o ‘zining  m avjud  boMgan  qonuniy 
manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi  hisoblanadi.
Bu  soha,  y a’ni  “byurger”  (erkin  jam iyat  kishisi)  xususiy  shaxs 
sifatida  o ‘zini  o ‘zi  anglash  sifatidagi  individualligi  o ‘z  xohishlari  va 
shaxsiy  avtonom ligini  qondirishga  qaratilgan  talablardan  kelib  chiqqan 
shaxsiy  manfaatlari 
va  ehtiyojlarini  am alga  oshiradi. 
Fuqarolik
64


jam iyatida  o ‘zaro  ta’sir  va  bogManishlar  shuning  uchun  ham  ijtimoiy 
(sotsial)  kenglik  deyiladiki,  ular  xususiy  individ  sifatida  sotsial 
aktyorlardan ham mustaqil ajralgan holda  faoliyat yuritishi mumkin.
Hozirgi  davr  G ‘arb  namunasidagi  fuqarolik  jam iyatining  tuzilmasi 
quyidagilardan iborat:
-jam iyatning  asosiy  birligi  -   siyosiy  qaramlikdan  xoli  boMgan,  o ‘z 
huquqlaridan  foydalanishga qobillikni  egallagan shaxs;
-turli-tum an  manfaatlami  ifodalash  va  amalga  oshirish  zaruriyati 
asosida shakllanadigan nodavlat jam oat tashkilotlari va harakatlar;
-nodavlat  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  va  institutlar  (xususiy 
mulk,  mehnat,  tadbirkorlik va hokazo);
-davlatdan  mustaqil  boMgan  ishlab  chiqaruvchilar  (xususiy  firmalar 
va boshqalar);
-jam oat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar;
-saylovchilar uyushmalari, turli klublar va to'garaklar;
-munitsipal,  ya’ni o ‘zini  o ‘zi boshqarish organlari;
-ta ’lim va tarbiyaning nodavlat  sohasi;
- nodavlat ommaviy axborot vositalari;
-siyosiy  partiyalar,  qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organlari 
atrofidagi  davlat  bilan  fuqarolik  jam iyatini  o‘zaro  bogMovchi  bo‘g‘in 
sifatidagi turli  lobbi tashkilotlar;
-tadbirkorlar, 
fermerlar 
tashkilotlari, 
kasaba 
uyushmalari, 
iste’molchilar  uyushmalari,  ilmiy  va  madaniy  tashkilotlar,  sport 
jam iyatlari va boshqalar.
-oila;
-diniy tashkilotlar v aboshq. (Qarang:  3.1.-jadval).
Ijtimoiy  tuzilm a  ichidagi  fuqarolik  jam iyatining  asosi  -   davlat  va 
siyosiy  tashkilotlaming  barqarorligiga  zaruriyat  sezadigan  o ‘rta  sinf  -  
mulkdorlar  qatlami  hisoblanadi.  “0 ‘rta  s in f’ning  vakillari  yuqori 
darajada  sotsial  va  iqtisodiy  mustaqillikka  ega  boMadi.  Aristoteldan 
boshlab  Jan  Jak  Russo  va  Georg  Gegelgacha  boMgan  barcha 
mutafakkirlar  xususiy  mulkning  mustaqil  fuqarolar  yaratishdagi  o‘m ini 
e ’tiro f etishgan.
Shuningdek, 
qator 
tadqiqotchilar 
fuqarolik 
jam iyatining 
rivojlanishini 
quyidagi  isbot  talab  qilmaydigan  jihatlarini  ajratib 
ko‘rsatdi:
-fuqarolik  jam iyati  davlatgacha  yoki  davlatdan  tashqarida  mavjud 
boMmaydi;
-  ayni  davlat,  qaysiki  fuqarolik  jamiyati  uning  chegarasi  ichida
65


mavjud  boMadigan  davlat  fuqarolam ing  farovonligi  va  ulaming  alohida 
maqsadlariga  (agar  bu  m aqsadlar  qonunga  x ilo f  boMmasa)  mansub 
jihatlam i him oya qiladi;
-  fuqarolik  jam iyati  davlatdan  fuqarolam ing  hayoti,  sog‘lig‘i, 
xavfsizligi  va  boshqa  ijtimoiy  manfaatlarini  him oya  qilishni  talab 
qilishga haqlidir;
-  bir  tomondan,  moddiy  moM-koMchilikda  yashayotgan,  ikkinchi 
tomondan, 
m uhtojlikda 
turmush 
kechirayotganlar 
o'rtasidagi 
ziddiyatlami 
yumshatuvchi 
ijtimoiy 
dasturlam i 
amalga 
oshirish 
majburiyati davlat zimmasiga yuklanadi;
-  davlat  o ‘zining  tashqi  siyosati  va  m udofaa  qudrati  bilan  fuqarolik 
jam iyatining yashashini ta’minlaydi.
Hozirgi 
davrda  jam iyatshunos 
olim lar  tomonidan 
fuqarolik 
jam iyatini  tuzilmashlashtirishga  oid  uchta  asosiy  yondashuvni  ilgari 
surdi:  institutstional,  tizimli  va  sektorli.  U lam ing  ichida  institutsional 
yondashuv  kengroq  tarqaldi.  Bu  yondashuv  asosi  sifatida  tarixiy 
rivojlanish jarayonida  odam lam ing  ijtimoiy  (sotsial)  xatti-harakatlari  va 
aloqalarini  muvofiqlas-htirish  m aqsadidan  kelib  chiqqan  zaruriyat 
sifatida  paydo  boMgan  ijtimoiy  hayot  birligi  (uyushmasi)  sifatida 
shakllangan  “ijtimoiy  institut”  tushunchasi  qabul  qilindi.  Bu  tavsifga 
tayangan  holda,  institut  sifatida,  ham  bir  butun  holdagi  fuqarolik 
jam iyatini,  ham   uning  tarkibiy  qismlarini  alohida-alohida  tarzda  ko'rib 
chiqish  mumkin.  Bunda fuqarolik jam iyati  bozor  munosabatlari  asoslari, 
demokratik  davlat,  asosan,  davlatdan  mustaqil  ravishda  yashash 
(aw alam bor,  moliyaviy)  manbalari  m avjud  boMgan  ijtimoiy  sinflar  va 
qatlainlar  mavjudligi  bilan  tavsiflanadigan  ijtimoiy  munosabatlam ing 
yaxlit  tizimi  sifatida namoyon  boMadi.  Bu  fuqarolik  institutlari  bir  butun 
jam iyatga  m ansub  boMgan,  uning  biron-bir  qismi  yoki  tizim  ostiga 
taalluqli  boMmagan,  balki  uning  rivojlanishining  muayyan  bosqichida 
turishi  bilan ifodalanadigan  institutlardir.
Institutsional  yondashuvning  muhim  tomoni  shundaki,  u  fuqarolik 
jam iyatining u yoki bu m anfaatlami am alga oshirayotgan  alohida olingan 
omillarini  ajratish vatavsiflash  imkonini  beradi.
Shuningdek, 
fuqarolik 
jam iyatini 
strukturalashning 
tizimli 
yondashuvi  ham  o'zining qator afzalliklariga egadir.  Shuning uchun ham 
turli  jam iyatga  doir  adabiyotlarda,  ko‘pincha,  “struktura”  (tarkib) 
tushunchasi  ‘4izim”  sinonimi  sifatida  ishlatiladi.  Bu  kabi  nuqtayi 
nazardan  kelib chiqilsa, har bir mamlakatdagi  fuqarolik jamiyati  quyidagi 
tizimiy  belgilarga  ega  boMadi:  u  biron-bir  sotsiallik  (ijtimoiylik)  turiga


mansub  (keng  m a’noda)  bo'lib,  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi 
tizimlarga  bo'linish,  muayyan  darajadagi  suverenlik,  iyerarxiyalik, 
barqarorlik,  rivojlanib  va  o'zgarib  borish,  ochiqlik,  turli  moslashuvlar, 
organik  birlik  (yaxlitlik)  va  differensiyalashish  kabi  sifatlarga  ega 
boMadi.
Fuqarolik jam iyati  o ‘z  ichiga  qator  ostki  tizimlami  oladi:  iqtisodiy, 
siyosiy,  ijtimoiy va m a’naviy.  Bu ostki  tizimlaming funksiyalaridan kelib 
chiqib ulam ing har biri doirasida alohida-alohida ravishda shakllanadigan 
fuqarolik jam iyatining uyushmalarini  strukturalash mumkin.
Shuningdek,  fuqarolik jam iyati  strukturasini  uch  sektorlik  nazariya 
asosida ham ko‘rib chiqish mumkin (Qarang:  3.2.-jadval).  Uning muhim 
jihati  -   bu  fuqarolik  jam iyatining  gorizontal  tekislikda  (uch  sektorga 
boMingan  holda),  shu  bilan  birga,  uni  vertikal,  ya’ni  ijtimoiy  tizimdagi 
holatini  yaxlit  tarzda  tahlil  qilish  mumkinligidadir.  Gorizontal  boMish 
deganda  faoliyatlari  ustuvorligidan  kelib  chiqib  jam iyatni  uchta  teng 
huquqli  sektorlarga  boMish tushuniladi.  Dastlabki  ikki  s e k to r -   bu  davlat 
va  siyosiy  institutlar  hamda  ishbilarmon  xususiy  tashkilotlar  va 
korxonalardan  iborat.  Hozirgi  davrda  uchinchi  -   foyda  olishni 
ko‘zlam aydigan  sektor ham  paydo  boMdi.  Bu sektor aholining o 'z   oldiga 
shaxsiy 
daromad 
olishni 
qo'ym aydigan 
guruhlari 
va 
nodavlat 
tashkilotlarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Uchinchi  sektorga  oila  bilan  hukumat  va 
foyda  keltiruvchi  biznes  vakillaridan  iborat  sektor  o ‘rtasida  rivojlangan 
faollashuv  sektori  sifatida  qaraladi.  Bu  qarashlarga  muvofiq  vertikal 
ravishda  boMinishda  uchta  daraja  -   faoliyatga  oid  boMgan  fuqarolik 
faolligi  (xususan,  fuqarolik  jam iyati)  va 
nofuqaroviy  hamjamiyat 
(jinoiylikka taalluqli  boMgan) darajalari mavjudligi  ifodalanadi.
Faoliyatga  oid  daraja  o 'z   ichiga  siyosiy  institut  sifatida  davlat, 
iqtisodiy 
va 
biznes-strukturalar, 
foyda 
olishni 
ko'zlamaydigan 
tashkilotlar  doirasida  amalga  oshadigan  barcha  yuridik  jihatdan 
rasmiylashgan  aloqalar  va  munosabatlami  oladi.  Nofuqarolik jamiyati  -  
bu barcha uchta sektordagi norasmiy (yashirin) va jinoiy faoliyatga moyil 
guruhlardir.  Bu  darajalar orasiga jam iyat  faoliyati  sohasining o 'rta  holati 
sifatida,  bir  tomondan,  huquqiy  maydon  doirasida,  ikkinchi  tomondan, 
davlat 
tom onidan 
muvofiqlashtirilmaydigan 
fuqarolik 
jam iyati 
joylashadi.
Albatta,  fuqarolik  jam iyatining  sotsial  strukturalarini  (ijtimoiy 
tuzilmalarini)  o'rganishda  uchala  yondashuvning  har  biriga  ehtiyoj 
seziladi.  Fuqarolik  jam iyatida  ishtirok  etayotgan  har  qanday  omil 
institutlashadi,  o'zining  ustuvor  maqsadlariga  bog'liq  holda  sektorlarga


b o ‘linadi,  o ‘ziga  xos  muayyan  m uhitda  faoliyat  yuritadi.  Ulaming 
hammasi  bir  doiraga jam lanishi  ostki  tizim larga  boMinadigan  fuqarolik 
jam iyatini tashkil  etadi.
Aksariyat jam iyatshunos  olimlam ing fikricha,  fuqarolik jam iyatining 
strukturalari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-ijtim oiylik  (sotsial  manfaatlar  va  intilishlami  artikulyatsiya  qilish, 
odam lar  va  buyum lar  o ‘rtasidagi  emas,  balki  odam lar  o ‘rtasidagi  o ‘zaro 
munosabatlar va aloqalar);
-davlatdan ayri boMgan o ‘zini o ‘zi boshqarish (avtonomlik);
-  fuqaroviylik (sivilizatsiyaga erishganlik,  ya’ni  butun  bir jam iyat va 
boshqalam ing  manfaatlarini  e’tiborga  olish  qobiliyatiga  ega  boMish, 
huquqiy doira ichida xatti-harakat qilish);
-  ishtirok  va  aloqalaming  ixtiyoriyligi  (vertikal  aloqalar  ustidan 
gorizontal aloqalam ing ustunligi).

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish