9
%
- zarur moddiy vositalar va moliyaviy mablag'lami yig'ish,
232
jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining, eng aw alo, aholi qo'llab-
quwatlaydigan,
mustaqil
respublika fuqarolarining u
yoki
bu
manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo'yicha ulaming oldida turgan
vazifalarni mustaqil hal etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining
rivojlanishini rag'batlantirish uchun mo'ljallangan mahalliy, chet el,
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlaming grantlarini jalb etish;
-
eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy
ahamiyatli muammolarni hal etishdagi fuqarolaming ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlarini rivojlantirishga
qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari va dasturlarini
moliyalash.
O'zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga ko'ra NNT va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari faoliyati davlat tomonidan subsidiya,
grant, ijtimoiy buyurtmalar berish shaklida qo'llab-quwatlanmoqda.
2008-yildan hozirga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
mablag'larini boshqarish bo'yicha parlament komissiyasi ko'magida
NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assotsiatsiyalari va
birlashmalarining 600 ga yaqin ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dastur,
ustav vazifalari amalga oshirildi. Faoliyati davomida ishlab topilgan
barcha mablag'lami NNT o'zlarining dasturlarini kengaytirish va
moliyalashtirishga yo'naltiradi. Albatta, o'z o'mida, NNT ijtimoiy
muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va
san’atni qo'llab-quwatlash, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish,
fuqarolami jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish kabi
faoliyat» bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
Shuningdek, 0 ‘zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari
asosida o‘nlab xorijiy nodavlat tashkilotlar o'z vakolatxonalari va boshqa
vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sogMiqni saqlash
tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg'armasi (YUNISEF)
vakolatxonasi,
Xalqaro
rivojlanish
bo'yicha
AQSH
agentligi
vakolatxonasi, 'Britaniya Kengashi” (“British Council”), Konrad
Adenuer jamg'armasining Markaziy Osiyo va Qozog'iston mamlakatlari
bo'yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg'armasi vakolatxonasi,
Xalqaro ta’lim bo'yicha Amerika Kengashi (“ACCELS”), Markaziy
Osiyoga beg‘araz yordam tashkiloti (“CAFE”), Germaniya Agroaksiya
tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, “Global Involvement” nomli
ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti,
AQSHning
“M ehr-m uruwat
кофивГ’
va
ekologiyaga
oid
“KOFUTIS” tashkiloti, fuqarolik jamiyati qurishga ko'maklashuvchi
“Krosslink Development Intemeshnl” xalqaro tashkiloti, Xalqaro
rivojlanish assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning “Rivojlanish uchun
hamkorlik” tashkiloti, AQSHning Xalqaro tatqiqotlar va o ‘zaro
almashishlar kengashi (IREX), Yevroosiyo jamg'armasi, Germaniyaning
“Gyote instituti”, Fransiyaning “Alyans Franse” tashkiloti, Xalqaro
hamkorlik bo‘yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo'yicha
Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yaponiya agentligi kabi
yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari
va filiallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda. Hozirgi davrda
mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ulaming
vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatda XXI asr boshlarida “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat
sari” konseptual siyosiy dastumi amalga oshirish maqsadlaridan kelib
chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat
hokimiyati, o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini
erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo'nalishlarda
islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda:
- birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati,
234
m a’naviyati va bilimi yuksak darajada bo'lishiga erishish, ulaming
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
- ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi
jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar
bilan mushtarakligiga erishish;
- uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun
kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlami shakllantirish;
- to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o ‘rtasidagi hamkorlik
asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;
- beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlami tartibga soluvchi
huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish
amaliyotini vujudga keltirish;
- oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to'liq
bajarishiga kengroq va qulayroq
imkoniyatlar yaratish, siyosiy
hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning
aholi tomonidan keng va faol qo'llab-quwatlanishiga erishish kabi
yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi.
Hozirgi islohotlami yanada chuqurlashtirish davrida “Kuchli
davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga tatbiq etish
jarayonlaridagi muammolardan biri - bu turli ijtimoiy qatlamlar
shakllanishining sekin kechishi natijasida ulaming turli manfaatlari
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda.
Chunki “uchinchi sektor” tashkilotlari u yoki bu ijtimoiy qatlamlar va
guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega boMgandagina
fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘ladilar. Aks holda,
fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi
hali o'zlari tayanadigan ijtimoiy qatlamlami aniqlashtirib olmaganliklari
yoki o'zlarini biron-bir ijtimoiy qatlam manfaatlarini ifodalovchi
tashkilot darajasiga yetkaza olmaganliklari uchun ham ular faoliyatiga
fuqarolami jalb etish muammolari o‘z yechimini topganicha yo‘q.
Ayniqsa, hali ham aksariyat jamoat birlashmalari va nodavlat
tashkilotlaming rahbarlari va faollarining eski byurokratik nomenklatura
tizimida orttirgan ruhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat
organlariga xos rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi
achinarli holdir. Ulaming ba’zilari esa hali ham davlat hokimiyati
organlarini o ‘zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar.
Mamlakatdagi kasaba uyushmalarini fuqarolik jamiyati instituti
sifatida demokratlashtirishdagi muhim vazifalardan biri - bu xalqaro
tajribalardan kelib chiqib, mehnat jamoalaridagi boshlang'ich kasaba
uyushmalarining tashkiliy va ijtimoiy himoyaga taalluqli faoliyatini
yuksaltirish, ijtimoiy sheriklikda ham ulaming hal qiluvchilik rolini
ko‘tarish, ulami mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini ta’minlash,
shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari atrofiga jipslashtirish
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishdagi yana bir muhim
muammolardan biri - bu fuqarolar siyosiy madaniyati va huquqiy
madaniyatlari
demokratik
asoslarda
shakllanishiga
erishishdir.
Shuningdek,
fuqarolaming
ijtimoiylashuv
jarayonlarini
amalga
oshirishda nodavlat tashkilotlaming o ‘mini oshirish ham hozirgi
davming dolzarb vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |