partiyalaming huquqiy
maqomi quyidagicha belgilangan: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va
guruhlaming siyosiy irodasini ifodalaydilar va o ‘zlarining demokratik
yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda
ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o ‘z faoliyatlarini moliyaviy
ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga
belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar”.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan
siyosiy partiyalar “jamoat birlashmalari” sifatida e’tirof etiladi. Mazkur
Konstitutsiyaning 58-moddasida esa “davlat organlari va mansabdor
shaxslaming jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek,
jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar
faoliyatiga aralashishiga yo‘l
qo'yilmaydi” deyiladi.
Bu bilan,
birinchidan, siyosiy partiyalar jamoat birlashmalari kabi jamiyatning
instituti ekanligi e’tirof etiladi, ikkinchidan, siyosiy partiyalaming davlat
hokimiyati
organlari
faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘yilmasligi
konstitutsiyaviy me’yorlar bilan ta’qiqlanib, uning davlat hokimiyatiga
daxldor emasligi ta’kidlanadi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
34-moddasida
jamiyatdagi muxolifiy huquqni himoya qilish maqsadlarida quyidagi
qoida mustahkamlangan: “Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida,
ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida
ozchilikni
tashkil
etuvchi
muxolifatchi
shaxslaming
huquqlari,
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”.
1991-yil 14-fevralda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasida
jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatda ko'ppartiyaviylik
tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta’minlab berishi natijasida
mamlakatda yangi
siyosiy partiyalaming shakllanish jarayonlari
boshlandi. 0 ‘zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimini qaror topishida
1996-yil 25-dekabrida Oliy Majlis qabul qilgan “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutdi. Qonun 17 ta moddadan iborat
bo‘lib, unda siyosiy partiyalaming demokratik qoidalar asosida faoliyat
yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos
boMgan huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan,
“davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza
etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini
bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”.
Shuningdek, siyosiy hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida
siyosiy partiyalaming huquqlari aniq va ravshan ko'rsatib berildi:
“Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
- o‘z faoliyati to ‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g'oyalari,
maqsadlari va qarorlarini targMb qilish;
- saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali
tegishli qarorlami tayyorlashda ishtirok etish;
- qonunda belgilab qo'yilgan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
- partiya faoliyati bilan bogMiq yigMlishlar, konferensiyalar va
boshqa tadbirlami o ‘tkazish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot
vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan
foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |