T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

Fuqarolik jam iyati  kategoriyasi  tarixan  insoniyat  rivojlanishining 
shunday bir alohida yo'nalishini  aks ettiradiki,  u har bir davming o ‘ziga 
xos  fikrlaydigan  mutafakkirining  oqilonalik,  erkinlik,  farovonlik  va 
adolat  hukm  suruvchi  ideal  jam iyat  modelini  yaratishga  intilishi  bilan 
tavsiflanadi.  Davlat,  oila,  qabila,  millat  tushunchalari,  diniy  va  boshqa 
birliklardan farq qiluvchi  fuqarolik jamiyati kategoriyasi, yuqorida qayd 
etib o‘tganimizdek,  XVIII-XIX asrlarga kelib o ‘rganila boshlandi.
Yevropa 
va 
Shimoliy 
Amerika 
mamlakatlarida 
fuqarolik 
jamiyatining  shakllanishi 
yangi 
davrda  boshlandi.  Olimlar  va 
mutaxassislar  fikriga  ko‘ra,  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishini  uch 
bosqichga  ajratish  mumkin.  Bunda  bir  bosqichdan  keyingi  bosqichga 
o ‘tishda  jamiyat  va  davlat  tuzumida  yuz  bergan  katta  o‘zgarishlar, 
ijtimoiy va siyosiy tangliklar, ommaviy harakatlar,  ijtimoiy qatlamlar va 
sinflaming  to‘qnashuvlari,  jam iyat  mafkurasida  tub  o'zgarishlaming 
ro‘y berib turishi an’anaga aylandi.
Birinchi  bosqich  shartli  ravishda  XVI-XVII  asrlami  o‘z  ichiga 
oladi. Bu davrda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy,  siyosiy va mafkuraviy 
asoslari  yaratildi.  Ular  jumlasiga  sanoat  va  savdoning  rivojlanishi, 
ishlab  chiqarish  turlarining  ixtisoslashuvi,  mehnat  taqsimotining 
kuchayishi,  tovar-pul  munosabatlarining rivojlanishini  kiritish  mumkin. 
Shuningdek,  yagona  markazlashgan  davlatlaming  tashkil  topishi  bilan 
feodal  tarqoqlik  davrida  mavjud  bo'lgan  tengsizlik,  huquqsizliklarga 
barham berishga e ’tibor berila boshlandi.
Ikkinchi bosqich XVIII asr oxiridan XIX asr oxirigacha davom etdi. 
Bu  davrda  eng  rivojlangan  mamlakatlarda  umumiy  yuridik  tenglik  va 
erkinlik,  shuningdek,  iqtisodiy  erkinlik  va  shaxsiy  tashabbusga 
asoslangan  dastlabki  kapitalizm  ko‘rinishidagi  fuqarolik  jamiyati 
shakllandi.
Uchinchi  bosqich  (XIX  asr  oxiri  va  undan  keyingi  davr)  vertikal 
feodal  tuzilmalar  o ‘mini  erkin  odamlaming  huquqiy  tengligi  va  o'zaro 
bitimlariga  asoslangan  gorizontal  munosabatlar  egallagani  bilan 
tavsiflanadi.  Insoniyatning  ko‘p  asrlik  tarixida barcha odamlar,  ijtimoiy


kelib  chiqishi  va  mavqeyidan  qat’i  nazar,  jamiyat  hayotining  huquqiy 
jihatdan teng ishtirokchilari deb e ’tirof etilishi  muhim ijtimoiy ahamiyat 
kasb  etdi.  Ular  har  kimga  o'zini  erkin  xohish-irodaga  ega  boMgan,  o‘z 
harakatlari  va  ulaming  huquqiy  oqibatlari  uchun  o‘zi  javob  berishga 
qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan 
e’tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga ega bo‘la boshladi.
Fuqarolik  jamiyatining  hayotda  yuzaga  kelishiga  “Huquqlar 
haqidagi bill” (Angliya,  1689-y.;  AQSh,  1791-y.) yoki  “Inson  va fuqaro 
huquqlari  deklaratsiyasi”  (Fransiya,  1789-y.)  kabi  inson  huquq  va 
erkinliklarini  himoyalovchi  huquqiy  aktlaming  qabul  qilinishi  muhim 
ahamiyat  kasb  etdi.  Fuqarolik jamiyati  -  o‘z shaxsi,  ijodiy tashabbusini 
erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha ta’qiqlar 
va  ortiqcha m a’muriy  tartibga  solishdan  holi  bo‘lgan  teng  imkoniyatlar 
jamiyati sifatida shakllandi.
Fuqarolik jamiyatining davlatdan  ajralishi  aynan  ijtimoiy  tabaqalar 
o ‘rtasidagi  tengsizlikni  tugatish  va  ijtimoiy  munosabatlami  davlat 
tasarrufidan  chiqarish jarayoni  hosilasi  o ‘laroq  yuz  berdi.  Bu jarayonga 
butun  aholi  nomidan  ish  ko‘rishga  asoslangan  vakillik  davlat 
organlarining shakllanishi asos bo‘ldi.
Natijada  odamlaming  huquqiy  o'zaro  tengligi  ularga  huquq  va 
erkinliklar  berishi  vositasida,  ya’ni  qonunlarda  belgilab  qo‘yish  yo‘li 
bilan  tan  olindi.  Tabaqaviy  tengsizlik  o‘mini  egallagan  umumiy 
huquqiy  tenglik  shaxsning  mutlaqo  yangi  ijtimoiy  holatini  belgilab 
berdi.  Endi  individlar,  ulaming  ijtimoiy  kelib  chiqishidan  qat’i  nazar 
erkin  hamda  ijtimoiy  hayotning  to‘laqonli  ishtirokchilari  deb  e’tirof 
etildi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish