T. N. Qori-Niyoziy hayotning katta maktabligini bildi, xalqning orasidagi urf-odatlarni, borliqni yaxshi o‘rgandi. U og‘ir, lekin shuhratli yo‘lni bosib o‘tdi. T. N. Qori-Niyoziyning mehnat faoliyati erta boshla



Download 39,68 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2022
Hajmi39,68 Kb.
#715634
1   2   3   4
Bog'liq
referat

Abdullayev Habib Muhamedovich (1912 - 1962) - geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademik (1947), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1946).
O‘rta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geologiya-razvedka partiyasi boshlig‘i. Keyinroq O‘zbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil bo‘lishini tadqiq qildi. 1940 yildan O‘rta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida dotsent, so‘ngra shu insitutda direktor, 1942 yildan O‘zbekiston hukumati raisining o‘rinbosari, 1944 yildan ayni vaqtda Davlat plan komissiyasi raisi.
1946 y. «O‘rta Osiyoning sheyelitli skarnlari geologiyasi» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947 yilda nashr etildi. Abdullayev 1947 yildan O‘zbekiston fanlar akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya bo‘limi rahbari.
Xabib Abdullayev 1952 - 55 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasi texnika va geologiya-kimyo fanlari bo‘limining raisi, 1955-56 yillarda O‘zbekiston hukumati raisining o‘rinbosari va 1956 yildan O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti. Abdullav 1959 yilda ruda paydo bo‘lishining granitoid intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mukofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil bo‘lishi nazariyasini rivojlantirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jumladan, 7 monografiya) yozgan.
Abdullayev Toshkent va Moskvada nashr etilgan ko‘pgina mo‘'tabar ilmiy jurnallar, to‘plamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning mas'ul muharriri, tahrir hay'ati a'zosi edi, jumladan O‘rta Osiyoda birinchi- «O‘zbekiston geologiya jurnali»ni tashkil qildi va uning mas'ul muharriri bo‘ldi.
Xabib Abdullayev volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yo‘llar bilan hosil bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. Abdullayev ruda paydo bo‘lish jarayonlarini magmatizm hamda bu jarayonlar ro‘y beradigan geologik muhit ta'siri bilan chambar-chas bog‘liq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida «Chatqol-Qurama tog‘lari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari» monografiyasi yaratildi (1957), «O‘rta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni» asari nashr etildi (1960).
Abdullayevning so‘nggi turkum ishlaridan biri «Rudapetrografiya provinsiyalari va ularni tasniflash masalalari» (1961) bo‘ldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bag‘ishlangan «Metallogeniya- foydali qazilma konlarini qidirib topishning geologik asosi» monografiyasi uchun 1970 yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan.
Abdullayevning geologiyaga oid nazariy fikrlari amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida metallogenik maxsus provinsiya sifatida ajratdi. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil bo‘ladigan skarnlar mavjudligi qayd etildi. Abdullayevning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bog‘liq ravishda hosil bo‘lishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab bo‘ldi. Asarlarda konlarning intruziyalardan uzoq-yaqinligiga qarab tasniflanganligi El-shonsning mavhum batolit konsepsiyasidan tubdan farq qiladi.
Abdullayev O‘rta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, kichik intruziyalar o‘chog‘i bilan rudali jinslarning umumiyligini hamda magmatizm bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan ruda hosil bo‘lish jarayonlarining takrorlanib turishini ko‘rsatib berdi. Abdullayevning so‘nggi asarlarida ayrim joylarda muayyan tipdagi magmatizm hodisalari ro‘y berishi va rudalar hosil bo‘lishi muammolari o‘rganilgan.
Abdullayevning «O‘rta Osiyoning metallo-genik ocherki» (1949), «Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi» (1954 - 57), «Daykalar va rudalanish» (1957), «Ruda-petrografik provinsiyalari va ularni tasniflash ma-salalari» (1961) kabi asarlari jahonga mashhur bo‘ldi. «Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bog‘liqligi» asari xorijiy olimlar taklifi bilan nemis, ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan.
Xabib Abdullayev regional kengashlar, Xalqaro geologiya kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash to‘plamlarining muharriri bo‘lgan. Abdullayev bir necha chet el geologiya jamiyatlari a'zosi edi. O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi ko‘pgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qo‘mitalariga boshchilik qilgan. Asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida O‘zbekistonda fan, ilmiy-texnika, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bag‘ishlanganlari anchagina.
Abdullayev O‘zbekistondagina emas, balki butun O‘rta Osiyodagi geologik i. ch.da, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtirgan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari bo‘ldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan toglaridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar. Abdullayev O‘zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geologiya bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdi. Xabib Abdullayev rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Abdullayev ToshPI (hoz. ToshTU) geologiya-razvedka ftida geologiya oliy o‘quv yurtlari orasida birinchi bo‘lib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi.
Urush davrida Xabib Abdullayev hukumat a'zosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan ta'minlash va strategik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlarni amalga oshirdi.
Abdullayev 1950 yilddan umrining oxirigacha mineralogiya jamiyati O‘zbekiston bo‘limini boshqardi. 1960 yildan Fransiya geologiya va Buyuk Britaniya Qirollik mineralogiya jamiyatlarining a'zosi. Tanlangan asarlaridan 7 jildi nashr etilgan (1964 - 69). Abdullayevning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida «Esdaliklar» chiqarilgan. O‘zbekiston fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutiga va Toshkent shahridagi katta ko‘chalardan biriga, Akmal Ikromov tumanidagi mahallaga, Toshkent metrosi stansiyalaridan biriga, 193-maktabga, Ulug‘bek shaharchasida ko‘cha va boshqa ob'yektlarga Xabib Abdullayev nomi berilgan. Geologiya va geofizika instituti binosiga, ToshTU geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi o‘rnatilgan. H. M. Abdullayev nomida «Oltin medal» ta'sis etilgan(1992). Ush shahardagi katta ko‘chalardan biri, Abdullayev tug‘ilib o‘sgan Aravondagi maktab va ko‘cha ham Xabib Abdullayev nomi bilan atalgan. Geologiya va geofizika instituti qoshida Abdullayev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil qilingan. Abdullayev Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan. Qabri ustiga marmar byust qo‘yilgan (haykaltarosh Ye. V. Vuchetich).
Sharof Rashidov (1917–1983)
Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. O‘rta maktabda dastlabki ma’lumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida o‘qidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan so‘ng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi.
1947–1949 yillarda hozirgi “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga muharrirlik qildi. 1949–1950 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950–1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959–1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi.
Sharof Rashidov o‘tgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shug‘ullanib, dastlab she’riyatda qalam tebratdi. Uning birinchi she’riy to‘plami “Samarqand kuylari” nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she’rlari 1945 yilda “Qahrim” to‘plamida chop etildi. U ayni chog‘da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.
Adib “G‘oliblar” (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. “Bo‘rondan kuchli” romani 1958 yilda, “Qudratli to‘lqin” romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan.
Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i” (1957), “Komde va Mo‘dan” (1959) kabi lirik qissalari va “Koinot” (1957) kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zal hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratilgan “Dil amri” qissasi urush yillarida belorus tuprog‘ida jang qilgan o‘zbek jangchilarining hayoti tasviriga bag‘ishlangan.
Download 39,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish