t.me/tuit_students_chanel
Kampus tarmog‗ida ishlayotgan operatsion tizim, bir bo‗lim xodimlari
uchun boshqa bo‗lim fayl va resurslariga ruxsatini ta‘minlab berishi kerak.
Kampus tarmog‗i OTlari tomonidan ko‗rsatilayotgan hizmatlar fayl va printerlarni
oddiy ajratish bilan chegaralanib qolmaydi, balki faks – server va yuqori tezlikli
modem serverlari kabilarga bo‗lgan ruxsatni ta‘minlab beradi. Berilgan sinf
operatsion tizimi tomonidan berilayotgan muhim servisi bo‗lib korporativ
ma‘lumotlar bazasiga ruxsat hisoblanadi.
Huddi shu kampus tarmoqlari darajasida integratsiya muammolari
boshlanadi. Umumiy holda, bo‗limlar o‗zlari uchun kompyuter turlari, tarmoq
qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlarini tanlab olishgan. Masalan, muhandislik
bo‗limi UNIX operatsion tizimini va Ethernet tarmoq uskunalarini ishlatishi
mumkin, savdo – sotiq bo‗limi DOS/Novell operatsion muhitini va Token Ring
uskunalarini ishlatishi mumkin. Ko‗p hollarda kampus tarmog‗i har xil kompyuter
sistemalarini birlashtiradi, bu paytda bo‗lim tarmoqlari bir turdagi kompyuterlarni
ishlatadi.
Korporativ tarmoq korxonaning hamma ost bo‗limlarini tutashtiradi,
umumiy holda ular bir – biridan sezilarli masofada joylashgan bo‗ladi. Korporativ
tarmoqlar lokal tarmoqlar yoki alohida kompyuterlarni tutashtirish uchun global
aloqa(WAN links)ni ishlatadi.
Koraporativ tarmoq foydalanuvchilariga bo‗lim va kampus tarmoqlarida bor
hizmat va ilovalar talab qilinadi, qo‗shimchasiga yana bir qancha qo‗shimcha
ilovalar va hizmatlar, masalan, meynfreym va mini kompyuterlar ilovalari va
global aloqalarga ruxsat talab qilinadi. Lokal tarmoq yoki ishchi guruh uchun OT
ishlab chiqarilayotganda, uning asosiy majburiyati bo‗lib lokal ulangan
foydalanuvchilar o‗rtasida fayllar va boshqa tarmoq resurslarini taqsimlash
hisoblanadi. Bunday munosabat korxona darajasi uchun qo‗llanilmaydi. Fayl va
printerlarni taqsimlash bilan bog‗liq bazali servislar qatorida, korporatsiyalar
uchun ishlab chiqariladigan tarmoq OTlari ancha keng servislar to‗plamini
qo‗llashi kerak. Bunday to‗plamga pochta hizmati, kollektiv ish vositalari,
uzoqlashgan foydalanuvchilarni qo‗llash, faks – servis, ovoz xabarlarini qayta
ishlash, videokonferensiyalar tashkil qilish va h.k. lar kiradi.
Bundan tashqari, korporativ tarmoqlar uchun kichik masshtabdagi
tarmoqlarning masalalarini an‘anaviy yo‗l bilan yechishdagi mavjud usullar va
yondashishlar yaroqsiz bo‗lib chiqdi. Birinchi planga shunday muammolar va
masalalar chiqdiki, ular ishchi guruh tarmoqlarida, bo‗lim va hattoki kampus
tarmoqlarida yo ikkinchi darajali qiymatga ega bo‗lgan yoki umuman aktivligini
ko‗rsatmagan. Masalan, kichikroq tarmoq uchun eng oddiy masala
foydalanuvchilar haqidagi ma‘lumotlarni olib borish korxona masshtabidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |