T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Аkalar, ukalar! Hammamiz Аllohnikimiz va, albatta, Unga qaytajakmiz!
Otamiz Muso poshsho Mahmud poshsho
o‘g‘li bir necha daqiqa oldin jon
omonatini
Аllohga topshirib, iymon kalimasini aytib, boqiy olamga rixlat etdi.
Olomon guvilladi.
– Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
– Аlloh rahmatiga olsin!
– Аlloh gunohlarini kechirsin!
– Qanday buyuk odam edi!
– Аxir, soppa –sog‘ yurgan edi-ku!
– Аllohning taqdiri!
Odamlar ichidan yonoqlari va iyagi turtib chiqqan, kulrang k
o‘zi
chuqur botiq, sariq qoshlari siyrak, yakkam
–dukkam soqolli, suyagi buzuq
bir nusxa baqirib s
o‘radi:
– Poshshomiz bizga nimani vasiyat qildilar?
Tovush sovuq va juda baland yangragani uchun birdan shovqin
bosildi. Muso poshshoning katta
o‘g‘li so‘rovchini ko‘zlari bilan topdi,
negadir, bu afti angorni yaxshi eslab qolishga tirishdi, s
o‘ng javob berdi:
– Otamiz Аllohdan qo‘rqinglar, gunohdan chetda bo‘linglar, shariatni
mahkam ushlanglar, deb vasiyat qildi.
– Subhanalloh!
– Аlloh Muso poshshomizdan rozi bo‘lsin!
– Oxiratlari obod bo‘lsin!
T
o‘ng‘ich o‘g‘il g‘ovur tinishini kutdi, nigohini savol beruvchidan
uzmagan holda dona
–dona qilib dedi:
– Va yana... Fitna qilmanglar, fitnachining joyi – jahannam, deb
vasiyat qildi otam.
Dafn uchun harakat boshlanib ketdi.
G‘assol keldi, kafanlikni hozirlab,
jasadni yuvishga kirishdi, g
o‘rkov go‘r kavlagani ketdi, qorilar Qurʼon o‘qiydi,
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
taʼziyachilar, hamdardlarning qadami uzilmaydi, butun shahar Muso
poshshoning janozasiga yi
g‘ilib kelayotgan edi.
Bomdoddan s
o‘ng, tobutni ko‘chaga chiqarib, qibla tarafga qaratib
q
o‘yishdi.
Odam k
o‘pligidan igna otsang, yerga tushmaydi. Hukumat odamlari,
politsiya har yer, har yerda k
o‘rinadi. Quyosh mashriqdan qon kabi qizarib,
k
o‘tarilayotganda imom janoza o‘qish uchun saflarni tekislashni buyurdi.
Qisqa maʼruza ila marhum yaxshi sifatlar ila yodga olindi, so‘ng
janozaning birinchi takbiri uchun q
o‘llar ko‘tarildi, ayni shu lahza kunchiqar
va kunbotardan ikkita parrakli uchoq paydo b
o‘ldi va olomon ustiga tobora
yaqinlab kelaverdi. Janozaning uchinchi takbirida odamlar namozni unutib,
osmonga qaradilar, parrakli uchoqdan ular ustiga
o‘q yog‘ildi. Bu hech kim
kutmaganda sodir b
o‘ldi, chalg‘i o‘rgan g‘alladek hamma yerga yiqila
boshladi, odamlar tutdek t
o‘kildi, qochish imkonsiz edi: o‘liklar ayqash –
uyqash yerda yotar,
o‘q esa to‘xtay demaydi, olomon birini bir bosib
dovdiraydi, nihoyat qiy
–chuv ko‘tarildi. Parrakli uchoqlar o‘n daqiqada
k
o‘chani qonga to‘ldirib, yerga qo‘ndi, ichidan niqoblangan barzangilar otilib
tushib, insonlarni beayov
o‘ldirishda davom etdilar.
Vahshiylar ichidan biri
o‘z soqchilari bilan Muso poshshoning
hovlisiga yurdi, darvoza tagida poshshoning yetti
o‘g‘li qonga belanib,
jonsiz yotardi.
Ichki hovlida hamma dahshatga tushgan edi, Zaynab xonim erining
vasiyatini endi tushundi. U bosqinchilar uyga kirib kel
ishlarini bildi, taʼziyaga
kelgan ayollarni va kelinlarini yi
g‘ib dedi:
– Hozir shovqin –surondan bizga naf yo‘q, qizlarim, mardona bo‘ling!
O‘g‘illaringizni berkiting! Muso poshshoning amri shunday edi!
O‘q ovozlari yaqinroqdan eshitildi. Zaynab xonim rangi oqarib
titrayotgan Umarni va
o‘g‘il nevaralarini uy ostidagi yerto‘laga olib tushdi.
– Nima bo‘lsa, joyingizdan jilmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |