T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Undan xavotir olma, – dedi mirshabboshi va tortmasidan bir
yelimxalta tamaki va nosni olib,
Аydarga surdi. – Mana, tamakini qog‘ozga
o‘rab chekasanlar, nos ham yetib ortadi. Choyni esa navbatchidan
s
o‘raysan.
– Rahmat, boshliq, – dedi tamaki va nosni olib og‘zi qulog‘iga yetib
Аydar va xonadan chiqdi.
Аydar kameraga katta ishni do‘ndirgandek kerilib kirib keldi.
– Tamaki, nos, – deb ikkita yelimxaltani devorga va yerga payvandlab
mahkamlangan stolga q
o‘ydi. – Mirshabboshidan undirdim. Yigitlarga ber,
dedim.
Аbdulloh zikrda edi. Аydarga eʼtibor ham bermadi. Eshik ochildi va
mirshab chaqirdi:
– Naynov!
...Naynovni ham mirshabboshi huzuriga keltirdilar. Mirshabboshi
Naynovga savol berdi:
– Kamerada nima gap?
– Terrorist o‘zinikini qo‘ydi, – dedi Naynov norozi bo‘lib. – Аydarning
unga kuchi yetmadi. Hatto, namoz
o‘qishiga ruxsat berdi.
– Namozga ruxsat berdi?! – hayron bo‘ldi mirshabboshi. – Yana nima
gap?
– Terroristni nima uchun erkalayapmiz? Shunga tushunmayapman!
Uning jurʼati juda baland, – dedi Naynov.
– Hech kim erkalayotgani yo‘q, – dedi mirshabboshi. – Har bir ishning
o‘z vaqti bor. Senlarga jiddiy topshiriq: terroristni jig‘iga teg, unga
yoqmaydigan hamma ishni qil. Kamba
g‘alni urma-tepma, yoqasini yirt.
– Аgar menga aytsangiz, u dushmanning tezda esini kiritaman.
– Qizishma, – dedi mirshabboshi. – Senga jiddiy bir gapni aytay. Sen
bilan qiladigan ishlarimiz k
o‘p. Sen davlatga katta xizmatlar qilishga
qodirsan. Shuning uchun, shoshma. Bu terrorist oddiy nusxa emas, u chet
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
el vatandoshi. Shu bois, uni ortiqcha kaltaklay olmaymiz. Faqat ruhiy
sindirishimiz kerak. Qonun bilan uni ezamiz. Tushundingmi?
– Tushundim, – dedi Naynov.
– Suding o‘tgach, jamloqda ham yaxshi yashashingga sharoit
hozirlatib beraman,
– vaʼda qildi mirshabboshi, – seni unutib qo‘ymayman.
– Rahmat, boshliq, – minnatdor bo‘ldi Naynov chiqib ketarkan.
Mirshabboshi Oliftani chaqirishni lozim topmadi, biroq
Аbdulloh
Yorqin bilan suhbat
o‘tkazmoqchi edi. Navbatchi mirshab Аbdullohni
yetaklab
keldi.
Аbdulloh qo‘lini orqasiga qo‘yib, eshik oldida
mirshabboshiga qarab turib qoldi. Mirshabboshi esa xuddi xonada hech kim
y
o‘qdek qandaydir qog‘ozlarni titkilab o‘qiy boshladi. Bir necha daqiqani
o‘tkazib, Аbdullohga qaradi.
– Mahbus, o‘zingizni tanishtiring, – dedi.
Аbdulloh ism-sharifini aytdi.
– Shinjon provintsiyasi fuqarosimisiz? – deb so‘radi.
– Yo‘q, – dedi Аbdulloh.
– Qaerning fuqarosisiz?
– Turkiya Respublikasi vatandoshiman.
– Faxrlanasizmi bu bilan?
– Аlbatta, – dedi ishonch bilan Аbdulloh.
– O‘z vataningizga xoinlik qilib, qochib ketgach, faxrlanasiz-da,
boshqa nima ham qilardingiz!
– dedi nafrat bilan mirshabboshi.
Аbdullohning miyasida harorati oshdi.
– Turkiya ham, uyg‘ur ham qondosh, – dedi asabiylashib. – Biri og‘a,
biri ini.
O‘rtada hech qanday xiyonat yo‘q!
– Juda ham aqlli ekansizmi! – hiringladi mirshabboshi. Bu hiringlash
zamirida vahshiylikning hidi anqirdi.
– Siz qamoq qoidasini bilmaysizmi?
– Bilmayman. Qanday qoida? – dedi Аbdulloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |