Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlashtirish uchun turli belgilar bo’yicha ularni tasniflash amalga oshiriladi.
Baholarni quyidagi belgilarga ko’ra tasniflash mumkin:
aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha;
o’rnatilishi (belgilanishi)ga qarab;
vaqt omiliga ko’ra;
baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq;
bozor turi (ko’rinishi)ga bog’liq ravishda;
hududiy bozorlarga bog’liqligini nazarda tutib;
bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo’yicha;
etkazib berish va sotish shartlariga ko’ra;
qo’llanilish tartibiga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |