Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajat-larining byudjet daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjetdan mablag’ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag’lari oluvchi-larga ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet profitsiti– muayyan davrda byudjet daromad- larining byudjet xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro’yxat-yozuvi) – byudjet klassifi- katsiyasining bo’linmalari bo’yicha daromadlar va xarajat-lar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to’lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet mablag’larining sarflanish muddatlari o’z aksini topadi.