T. Malikov O. Olimjonov moliya



Download 1,07 Mb.
bet265/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi.

Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.

Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro bo’yicha yetakchi market- meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin.

Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning

keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi.

Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bo’limini o’zi emas, balki qo’shimcha bo’limlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma’lum bir cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining filiallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.

Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin:


  1. yoyilish ko’lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari;

  2. valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo’lmagan valyuta bozorlari;

  3. valyuta kurslari turiga ko’ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari;

  4. tashkiliy darajasiga ko’ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori.

Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to’lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.

Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko’rsatish bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo’ladi.

Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi.

Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko’rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo’lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo

munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo’lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin.

Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin bo’lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo’ladi.

Bir rejimli valyuta bozori – bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan bozor bo’lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o’rnatiladi. Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo’llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi.

Turli rejimli valyuta bozori – bu ko’p pog’onali valyuta kurslari rejimiga ega bo’lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi.

Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko’rinishida namoyon bo’ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog’ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda olishga qaratilmagan.

Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko’ra banklararo valyuta bozori bo’lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:



  • xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari;

  • naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta- almashuv operatsiyalari;

  • forvard operatsiyalari;

  • valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.

Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli banklar o’z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag’laridan foydalanishlari mumkin.

Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va

kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi- sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.

Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’ladi.

Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug’diradi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo’ladi.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish