T. Malikov O. Olimjonov moliya


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy



Download 1,07 Mb.
bet242/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy


sug’urta qilish
Xorijiy amaliyot shuni ko’rsatadiki, majburiy sug’urtaning mavjudligi sug’urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida asosiy omillardan biridir. Albatta, sug’urtaning majburiy turlarini tatbiq etish respublikada sug’urta sohasi rivojiga ko’p jihatdan imkon yaratadi. Lekin, majburiy sug’urta tizimini yaratishdan asosiy maqsad aholi muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir. Bugungi kunda majburiy sug’urta aholining muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti printsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi.

Sug’urtaning majburiy turlari ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’minlashda qanchalik dolzarb ekanligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi “Sug’urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha chora- tadbirlar to’g’risida” PQ-618-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning 2007-2010 yillarga mo’ljallangan Dasturi” tasdiqlangan edi. Bu dastur respublikada sug’urta sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda majburiy sug’urtaning ijtimoiy yo’naltirilgan tizimini yaratishni ko’zda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash muvaffaqiyatli amal qila boshladi.

2009 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi119. Ushbu qonunni qabul qilishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad mehnat jarayonida jarohat olgan,




119 “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son.

kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga ziyon etgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha tegishli ruxsatnomaga ega sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil

24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 177-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish Qoidalari”da o’z ifodasini topgan. Majburiy sug’urtalash qoidalari ushbu sug’urtani amalga oshirish vakolatiga ega barcha sug’urtalovchilar uchun bir xilda amal qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko’zda tutadi. Mehnat kodeksi ish beruvchining xodimga etkazilgan ziyon uchun javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat kodeksining 189-192 moddalariga binoan ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog’liq ravishda sog’ligiga etgan zararni, shuningdek, boquvchini yo’qotganlik uchun etgan zararni o’rnatilgan tartibda to’liq qoplashi shart. Ko’rinib turibdiki, xizmat burchini bajarayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning xizmat burchini bajarayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi zarur bo’lgan zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga doimo ham mos kelavermaydi yoki ish beruvchining moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chunki, ish beruvchi qoplashi kerak bo’lgan zarar hajmiga bir vaqtda va har oyda to’lanishi kerak bo’lgan kompensatsiya to’lovlari ham kirishi mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-moddasiga binoan xodimning sog’ligiga etgan zarar uchun qoplanishi kerak bo’lgan mablag’ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga qo’shimcha ravishda xodim olgan jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan bog’liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, nafaqa ko’rinishidagi bir marotabalik to’lanishi kerak bo’lgan to’lovdan iborat.

Bir marotaba to’lanadigan nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, agar shartnoma tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga to’lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan shaxsning bir yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi, halok bo’lgan xodimning oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa halok bo’lgan xodimning 6 yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak.

Shu munosabat bilan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” Qonun barcha ish beruvchilarga ularning xodimlari xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon etgan taqdirda majburiy tarzda sug’urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi. Qonun xodimlarning xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon etishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo’lishi yoxud kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug’urtalovchilar tomonidan davriy va bir martalik to’lovlarni to’lash uchun zarur mablag’larni to’lashni ta’minlovchi tizim uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Sug’urtaning ushbu turining majburiyligi, birinchi navbatda, mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o’z navbatida, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha eng kam sug’urta tariflarini qo’llashga imkoniyat yaratadi. Mohiyatan, majburiy sug’urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o’rtasidagi jabr ko’rgan ish beruvchilar ko’rgan zararlarni qoplash uchun mo’ljallangan mablag’larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko’rgan xodimlarga etkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug’urta summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. Ikkinchidan, majburiy sug’urta ish beruvchi o’zining jabr ko’rgan xodimiga zarar qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish beruvchining faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi eng maqbul usul bo’lib qoladi.

Darhaqiqat, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tizimida sug’urta qildiruvchi sifatida ish beruvchi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs asosiy sub’yekt hisoblanadi. Jabrlanuvchi — o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sog’lig’iga zarar etkazilgan, sug’urta

tovonini olish huquqiga ega bo’lgan xodim; naf oluvchi — xodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda sug’urta tovonini olish huquqiga ega bo’lgan shaxs; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi — umumiy sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi — hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.

Quyida keltirilgan chizmada ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishning sub’yektlari keltirilgan.




“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasi 2-bandida ish beruvchining qator majburiyatlari, shu jumladan, uning ushbu qonunga muvofiq o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalash majburiyati ko’rsatib o’tilgan. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’laqonli amalda bo’lishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009 yil 24 iyunda 177-sonli qarori qabul qilinganligini ta’kidlash lozim120.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin.



120 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2009 yil 24 iyundagi 177-son qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 26- son.

Birinchi bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi imzolangan paytdan sug’urta hodisasi sodir bo’lgan kun yoki majburiy sug’urta shartnomasi muddati tugagan sanagacha davom etadi. Ikkinchi bosqich, majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta hodisasi yuzaga kelgan paytdan boshlanadi. Birinchi bosqich, sug’urta munosabatlarida faqat sug’urtaning ushbu turini amalga oshirgan sug’urtalovchi va ish beruvchi kabi sub’yektlar ishtirok etadi. Mazkur bosqichda majburiy sug’urta shartnomasi tuziladi va sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta mukofoti to’lanadi. Sug’urta shartnomasiga binoan sug’urtalovchi kelishilgan haq sug’urta mukofoti evaziga sug’urta hodisasi yuzaga kelganda ish beruvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchiga sug’urta shartnomasida kelishilgan sug’urta summasi doirasida sug’urta to’lovlarini to’lash majburiyatini zimmasiga oladi.

Ta’kidlash lozimki, majburiy sug’urta shartnomasining asosiy shartlari qonunning o’zi bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur shartlar asosida Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko’rsatilgan qarori bilan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish qoidalari tasdiqlangan. Ushbu qoidalar majburiy sug’urtaning mazkur turini amalga oshirishning umumiy qoidalari, subrogatsiya, sug’urtalovchini almashtirish yoki annuitetlar shartnomasiga ko’ra sug’urtalovchini o’zgartirish, yakuniy qoidalar kabi umumiy shartlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, qoidalar fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasiga tegishli shartlarni ham o’z ichiga oladi. Bu shartlar majburiy sug’urta shartnomasini tuzish, o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va uni to’lash qoidalari, majburiy sug’urta shartnomasida ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari, sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish tartibi, ko’rilgan zarar hajmini aniqlash va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qoplamasini to’lash, shuningdek, annuitetlar shartnomasiga tegishli shartlar, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va annuitetlar shartnomasi bo’yicha qaytarib sotib olish summasi, annuitetlar shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari, annuitetlar shartnomasi bo’yicha joriy to’lovlar shaklida sug’urta qoplamalarini to’lash tartibi, annuitetlar shartnomasini o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish tartibidan iborat.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va bir yil muddatga tuziladi. Ammo, agar ish beruvchining faoliyati bir yildan

kam muddat davom etishi mo’ljallangan bo’lsa, u holda shartnoma ish beruvchi tomonidan ushbu faoliyatni olib borish muddatiga tuziladi. Majburiy sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta summasi quyidagicha belgilanadi121.


  • majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib, bir yildan ko’p faoliyat olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchi barcha xodimlarining ushbu shartnoma tuzilgan kungacha o’tgan 12 oyda olgan yillik ish haqi hajmidan;

  • o’z faoliyatini yangidan boshlayotgan ish beruvchi uchun barcha xodimlarning majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan kundan keyin keladigan 12 oy uchun oladigan ish haqi hajmidan. Bunda yillik ish haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini 12 ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi.

  • o’z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun ish beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini amalga oshirish muddatida olgan ish haqi hajmida.

Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta tariflari asosida hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash bo’yicha sug’urta tarifi ikki tarkibiy qismda shakllantiriladi:

Bazaviy stavka va ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga ko’paytiriladigan koeffitsent. Bazaviy stavka ish beruvchilar va sug’urtalovchilar uchun yagona hisoblanadi hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo’yicha sug’urta summasining yillik 0,1 foiz miqdorida belgilanadi. Bazaviy stavkaga ko’paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavfliligi esa ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi darajasiga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchi faoliyat turining xavflilik darajasi klassifikatsiyasi qoidalar asosida tasdiqlangan ushbu klassifikatsiyaga binoan iqtisodiyot sohalari kasbiy xatarlarining 20 ta klassiga ajratilgan. Har bir klass bo’yicha tegishli koeffitsientlar belgilangan. Agar, ish beruvchi klassifikatsiyada keltirilmagan faoliyat turi bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy xatarlar klasslari bo’yicha o’rtacha sug’urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi koeffitsient qo’llaniladi.

Shuningdek, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta tariflari tarkibi ham belgilangan bo’lib, bunda sug’urta mukofoti hajmidagi



121 “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to’plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son.

netto-stavka va sug’urta mukofoti hajmida majburiy sug’urtani amalga oshirish xarajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug’urta tarifi tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha to’lovlar va 30 foizi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash xarajatlari (shu jumladan, sug’urta hodisalarini oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari zaxirasiga chegirmalar tarifning 5,0 foizini tashkil etadi)dan iborat.

Shubhasiz, respublikada majburiy sug’urtaning ijtimoiy yo’naltirilgan tizimi shakllantirilgan. Bu tizim mamlakat iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to’liq javob beradi. Majburiy sug’urta turlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat sug’urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy sug’urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini oshiradi.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish