T. Malikov O. Olimjonov moliya



Download 1,07 Mb.
bet208/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Yoshga doir pensiya Pensiya jamg’armasining xarajatlarida asosiy o’rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan va 60 yoshga etgan erkaklarga, 20 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan va 55 yoshga etgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda mamlakatimizda bosqichma- bosqich fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlarini oshirish ko’zlangan bo’lib, ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish yoshi deb belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo’lgan xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida ko’mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari, mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar, bolalikdan nogiron farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari,

«Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o’qituvchilari, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o’rta tibbiy xodimlari, qariyalar, nogironlar va yolg’iz fuqarolarga xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan ijtimoiy xodimlar va boshqalar) uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi.

Pensiya yoshiga etgan, lekin to’liq mehnat stajiga ega bo’lmaganlarga, agar u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichmag’bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12 yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi rejalashtirilgan) yildan kam bo’lmasa, to’liqsiz staj bo’yicha yoshga doir pensiya belgilanadi.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to’lganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin olish huquqiga ega bo’ladilar.

Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so’rab murojaat etgan kishining tanlovi bo’yicha) hisoblangan bir oylik o’rtacha ish haqining 55%i (biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning bazaviy miqdori hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani hisoblash uchun qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan summadagi o’rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi hamda pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq mavjud bo’lmagan hollarda pensiya miqdori qonun hujjatlarida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilingan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani belgilash uchun talab qilinadigan umumiy mehnat stajidan ortiqcha bo’lgan har bir to’liq yil uchun o’rtacha oylik ish haqining 1% miqdorida qo’shimcha o’rnatiladi. To’liqsiz stajga ega bo’linganda (bugungi kunda kamida 7 yillik ish staji bo’lganda) pensiyaning miqdori erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib belgilangan to’liq stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to’liq pensiyalarga proportsional ravishda belgilanishi kerak. Biroq bunday pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam bo’lmasligi lozim.



Yoshga doir pensiyalar bo’yicha quyidagi ustamalar belgilanishi mumkin:

    • I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 150 foizi;

    • II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 125 foizi;

    • ko’rish bo’yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 100 foizi;

    • I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;

    • II guruh yolg’iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

    • urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga

  • eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

    • 1941 — 1945 yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;

    • o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar organlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;

    • O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega bo’lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan tashkilotlarda ishlagan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo’lgan artistlarga yoshidan qat’i nazar — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan lavozimlarda va tashkilotlarda ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar uchun kamida 20 yil) teatr, kontsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bo’lgan ta’lim muassasalarining professor-

o’qituvchilar tarkibiga va kontsertmeysterlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

    • “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.

Respublika teatr-kontsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan bo’shagandan so’ng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi. Ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to’lovlar miqdorini oshirish to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi PF- 3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qo’shimcha haq, 100 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov qo’shib hisoblanadi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish