T. Malikov O. Olimjonov moliya



Download 1,07 Mb.
bet155/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan davlat byud-jeti xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq, kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.


Aniqroq ravishda davlat byudjetining joriy xarajat-lari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijti-moiy infratuzilmani, milliy xo’jalikning davlat tarmoq-larini saqlash, fuqarolik va harbiy

xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);

  • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

  • transfert to’lovlari;

  • davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash;

  • boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan xarajatlarga mos keladi.

Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajat-larga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljal-langan. Bu yerda davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlashti-rilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’min-laydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag’la-rining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijti-moiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmat-lar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydala-niladi.

Funktsional nuqtai nazardan davlat byudjeti xarajat-larining tasniflanishi pul mablag’larini ijtimoiy fao-liyat sohalariga yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda davlat byudjeti xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin:


  • davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish;

  • sud hokimiyati;

  • xalqaro faoliyat;

  • milliy mudofaa;

  • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;

  • fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraq-qiyotini ta’minlash;

  • sanoat, energetika va qurilish;

  • qishloq xo’jaligi va baliqchilik;

  • atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;

  • transport, yo’l xo’jaligi, aloqa va informatika;

  • uy-joy va kommunal xo’jaligi;

  • maorif;

  • sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • madaniyat, san’at va kinematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • davlat qarziga xizmat qilish;

  • boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam;

  • maqsadli davlat byudjeti fondlari;

  • davlat zaxiralari va rezervlarini to’ldirish;

  • ijtimoiy siyosat;

  • boshqa xarajatlar.

Davlat byudjeti xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi rolini ko’rsatadi.

Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xo’jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq, davlat byudjeti xarajat-lari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo’linishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliya-viy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo’nalishda o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daro-madning hajmi davlat byudjeti mablag’larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga yo’naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko’lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham ta’min-lanayapti.



Idoraviy belgiga ko’ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi davlat byudjeti mablag’larini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Davlat byudjeti xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tuzilmasidagi o’zgarishlar o’z vaqtida ko’rsatiladi.

Ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda davlat byudjetiningbarcha xarajatlarini quyidagi gu-ruhlarga bo’lish mumkin:



  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • mudofaa xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taq-dim etish xarajatlari;

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.

Mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim va sog’liqni saqlash xizmatlarining tekin (bepul) ekanligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlangan. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo’yicha berilishi lozim bo’lgan nafaqalarning miqdorini ko’pay-tirish, maktab yoshigacha bo’lgan bolalar, maktab o’quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, davlat byudjeti tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo’yicha choralar ko’rilmoqda.

Iqtisodiyotga byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo’jalik yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan

darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko’lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjetiningbu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xara-jatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi.

Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga davlat byudjetiningma’lum maqsadlarga yo’naltirilgan ta’sirchan-ligi kuchaymoqda. Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko’pgina mamlakatlaridagi (masalan, Ger-maniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamla-katlarda) “iqtisodiy mo’’jiza” aynan davlatning moliyaviy qo’llab-quvvatlashi natijasida sodir bo’ldi.

Davlat byudjetiningiqtisodiyotga yo’naltirilgan xara-jatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo’jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash, milliy xo’jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlikni ta’minlash, eksportni rag’batlantirish xarajatlaridan iborat.

Keyingi yillarda davlat kapital qo’yilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori ko’paymoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari ko’rinishida tanlanma yordam ko’rsatilayapti.

Iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi tarmog’iga byudjetdan katta miqdordagi mablag’lar taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo’llab-quvvatlanishi lozim bo’lgan soha hisoblanadi. Qishloq xo’jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko’rinishda taqdim etilmoqda:



    1. qishloq xo’jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qo’llab-quvvatlash;

    2. ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xo’jaligi mashinalari, mineral o’g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.

Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordam ko’rsatilishi jahon bozor-laridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha engillashtiradi.

Davlatning davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy o’sishning nisbatan yuqori sur’atlarda bo’lishini

rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning davriy tebranishini ham yumshatadi (sekin-lashtiradi).

Davlat byudjetiningmudofaa xarajatlari ham davlat-ning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog’liqdir. Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.

Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo’linadi. To’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo’lishi mumkin. Bu turdagi mudofaa xaraatlari urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.

Egri (bilvosita) harbiy xarajatlariga urush nogiron-lari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo’yicha o’tadigan xarajatlarning (masalan, yo’l va strategik ob’ektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.



Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar qilinishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqa-rolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.

Boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish rivojlangan mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki siyosiy jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam ko’rsatish uning ko’rinishlaridandir.

Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi beshta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar, subventsiyalar, sub-sidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi davlat byudjeti

mablag’laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, ulardan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.

Davlat byudjeti xarajatlarini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida davlat byudjeti xarajatlarini yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar, kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag’laridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.

Davlat byudjeti xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq bo’linishi ularning markazlashuvini turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai nazardan, davlat byudjeti xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:



  • Davlat byudjeti xarajatlari;

  • Respublika byudjeti xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.

Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai nazardan, davlat byudjeti xarajatlari ikki guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:

  • Respublika byudjetining xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish