Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti o’z aylanma mablag’larining joriy aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi:
K мм = O‘ ам : J аа
Bu yerda: K мм - moliyaviy mustaqillik koeffitsienti;
O‘ ам - o’z aylanma mablag’lari;
J аа - joriy aylanma aktivlar.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti XYuSga tegishli bo’lgan aylanma mablag’larning qancha qismi o’z kapitali hisobidan shakllantirilganligini ko’rsatadi. Agar uning darajasi 1ga teng yoki undan katta bo’lsa, u holda bu absolyut moliyaviy barqarorlikni anglatadi. Koeffitsientning darajasi 1dan qancha past bo’lsa, XYuS moliyaviy holati shuncha beqarordir. Bu koeffitsientning kritik darajasi 0,1ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |