Etkazib berish va sotish shartlariga ko’ra baholarni quyidagicha farqlash mumkin:
netto-baholar;
brutto-baholar (fakturaviy baholar);
jahon baholari.
Oldi-sotdi joyidagi baholar netto-baholar deyiladi.
Oldi-sotdi shartlariga (soliqlarning turi va miqdori, chegirmalarning mavjudligi va darajasi, frank turlari va sug’urta
shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar
deb ataladi.
Jahon baholari yirik import va eksport opera-tsiyalari amalga oshiriladigan baholardan iborat. Ama-liyotda jahon baholari xomashyo tovarlari bo’yicha eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auktsionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar bo’yicha – jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning baholariga muvofiq; xalq iste’mol tovarlari bo’yicha - yetakchi yirik kataloglarda e’lon qilingan baholarda aniqlanadi.
Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo’linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo’lgan bir necha firmalar o’rtasida mahsulotlar sotilganda qo’llaniladi.
Baholarning yana bir turi bor. Ularning nomi tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlarga bog’liq bo’lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek, mahsulotning sifa-tidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko’ra) bog’liq ravishda bir xil mahsulotlarga o’rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va chakana baholardan iborat bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchi-lar tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruhlari uchun foydalanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir guruhi uchun maksimal baholarni o’rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezerv- lashtirilgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog’liq ravishda o’rnatilishi bahoning ideal diversifi-katsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlarning miqdoriga bog’liq ravishda ham o’rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baho-larning darajasi ancha pasaytirilishi mumkin.
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo’lgan shakllantirish va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo’lgan o’ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning bahosi, o’z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejab-te-rgash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo’lib hisoblanadi.
Aniq baho o’zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog’i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi.
Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyidagi formulada keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |