N
Nafaqa – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, homiladorlik va tug’ishda, bola tug’ilganda, bola parvarishi bo’yicha va shunga o’xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to’lanmasi.
Nodavlat moliyaviy nazorati – xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi, foydaliligi va to’lovga layoqatliligi ustidan auditorlik firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy xizmatlari, aktsionerlari, tijorat banklari, sug’urta firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |