“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish chiqimlarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin va ular qanday nomlanadi?
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar qanday xara-jatlarni o’z ichiga oladi?
Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo’ldan boy berilgan, qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari nima-lardan iborat?
XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday ta’rif berish mumkin?
“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasidan qanday farqlanadi?
XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo’linadi?
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi?
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar qanday tasniflanishi (klassifikatsiya qili-nishi) mumkin?
XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo’l-gan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi?
Xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar bo’yicha guruhlarga ajratilishini o’z ichiga oladi?
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga klassifikatsiya qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat?
Iqtisodiy elementlariga ko’ra xarajatlarni qanday guruhlarga bo’lish mumkin va ularning tarkibiga nimalar kiradi?
Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar nimalarga bo’linishi mumkin?
To’g’ri (bevosita) xarajatlar va egri (bilvosita) xara-jatlarning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday xarajatlarga bo’linadi?
Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo’llari mavjud?
XYuSning barcha moliyaviy resurslari qanday resurs-lardan tashkil topadi?
XYuSning o’z mablag’lari nimalar hisobidan shakl-lanadi?
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslarga nimalar kiradi?
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarning tarkibini aytib bering.
Investitsion faoliyatdan resurslar XYuSga qanday ko’rinishlarda kelib tushadi?
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mohiyati bir xil tarzda ifodalanaveriladimi va foyda deganda nima tushuniladi?
Amaliy faoliyatda “foyda”ning barcha tushunchalarini qanday guruhlarga bo’lish mumkin?
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko’p hollarda, foydaning qanday ko’rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi?
Asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?
Balans foyda nimadan iborat?
Sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?
Hisobotlarda foyda qanday ko’rinishlarda aks etti-riladi?
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday hisobotda o’z aksini topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan qanday muhim ma’lumotlar mujas-samlashgan?
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar qanday tarzda hisoblanadi?
Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo’ladi?
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar bo’lgan foyda va sof foyda qanday aniqlanadi?
Foydaning taqsimlanish tartibi qanday?
Rentabellik ko’rsatkichi o’zida nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi?
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning qanday ko’rsatkichlaridan foydalaniladi?
Sotuv (sotish) rentabelligi qanday aniqlanadi?
O‘z kapitalining rentabelliginin aniqlash tartibi qanday?
Aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqla-nadi?
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o’zida nimani aks ettiradi?
Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti qanday hisoblanadi?
Rentabellikni oshirish yo’nalishlari omillarning qanday guruhlari bilan bog’liq?