N а = (2/m) x 100%
Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsienti.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar ham kiradi:
foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda aktsiyador sifatida ishtirok etishdan olina-digan daromadlarni ham qo’shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag’lari;
mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;
XYuSga tegishli bo’lgan ijara haqi, lizing to’lovlari, dividendlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar, sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni sotishdan olingan daromad-lar;
ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda.
Ish tartibini o’zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsientining oshirilishi, intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o’zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o’zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni joriy etish
fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko’rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul mablag’larining manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;
banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fond-larini yaratish (qurish) uchun milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar.
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi:
hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;
taraqqiyotning strategik yo’nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet mablag’lari;
kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari;
hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushil-malar;
va boshqalar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egallaydi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo’lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi formula orqali ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |