T. Malikov O. Olimjonov moliya


Moliyaviy salohiyat o’sishining omillari



Download 1,07 Mb.
bet47/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Moliyaviy salohiyat o’sishining omillari


Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samara-dorligiga katta ta’sir ko’rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.

XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o’sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo’lgan qarziy mablag’lar asosida tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda kapital qo’yilmalarni moliyalash-tirishda XYuS o’z mablag’larining (sof foyda va amor-tizatsiya) salmog’i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o’ynaydi.

YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar undirish yo’li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).

XYuSlar pul resurslarini, uy xo’jaliklari daromad-larini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug’urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg’arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug’urta qilish shakllarida sodir bo’ladi.

Ko’p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayon-larini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o’sishining quyidagi yo’nalishlari bilan uzviy bog’langan:



    • byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsim-lashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog’liqki, bu siyosat o’z navbatida, ishlab chiqarishning o’sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarining o’sishini rag’batlantirishni ko’zda tutmog’i kerak;

    • bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari bo’lib quyi-dagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog’ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imko-niyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg’armalarini investitsiyalarga jalb qiladi;

    • yangi samarali iqtisodiyotni – innovatsion va intel-lektual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojla-nishi o’ziga xos farqlanuvchi belgisi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo’shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan innovatsion asosdagi yangi tarmoqlar tashkil etmog’i lozim.

O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sekto- rining hukmronlik qilishi, yoqilg’i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqti-sodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo’jalikning bunday tarkibiy nomuvo-fiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texno-logiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o’tishini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko’taradi;

    • XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog’liq. Zamonaviy o’zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo’shgan holda o’z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.

Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’min-lashning o’ziga xos omili bo’lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, kontsernlar, klas-terlar, konglomeratlar, xoldinglar, kontsortsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo’shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo’lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o’sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilma- larining o’zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning o’sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish