Eng umumiylik printsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi va xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo’lganda ijtimoiy ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik printsipi mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar) nisbatan ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |