Davlatning byudjetdan tashqari maxsus fondlari byudjetlari, byudjetlarning daromadlar va xarajat-larining to’liq aks etishi printsipi nimalarni anglatadi?
Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning samarador-ligi va tejamliligi printsipining mazmunini aytib bering.
Davlat byudjeti xarajatlarini qoplashning umumiy-ligi printsipi nimani anglatadi?
Davlat byudjeti tizimidagi oshkoralik printsipining ma’nosini aytib bering.
Davlat byudjetininghaqqoniyligi printsipining ma’nosi nimada?
Davlat byudjeti mablag’larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi printsipi nimani nazarda tutadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolat-larini aytib bering.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday vakolatlar xos?
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday vakolatlarga ega?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarining tarkibiga nimalar kiradi?
Davlat byudjeti tuzilmasi tushunchasining ma’nosi nimada?
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibi qanday byudjetlardan tashkil topadi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlatning byudjetdan tashqari maxsus maqsadli jamg’armalari jamlanadimi?
Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topgan?
Viloyatlar byudjetining tarkibiga qanday byudjetlar kiradi?
Tumanlarga bo’linadigan shaharlarning byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topadi?
O‘ziga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti qanday byudjetlardan iborat?
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini tasniflash (klassifikatsiya qilish)dan maqsad nima?
Davlat byudjeti klassifikatsiyasining mamunini tushuntirib bering.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida nimalar yotadi?
Davlat byudjeti klassifikatsiyasining ahamiyatini aytib bering.
Hozirgi paytdagi davlat byudjeti klassifikatsiya-sining tarkibini aytib bering.
Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi nimalardan iborat?
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi, tashkiliy va iqtisodiy jihatdan klassifikatsiyasini aytib bering.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manba-lari klassifikatsiyasi qanday guruhlardan tashkil topadi?
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi kim tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi?