T. M. Mo‘minov, A. B. Xoliqulov, sh. X. Xusiimurodov


Atom yadrosining asosiy xususiyatlari



Download 0,6 Mb.
bet5/12
Sana14.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#800442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
27-98 Atom yadrosi va zarralar fizikasi

Atom yadrosining asosiy xususiyatlari. Atom yadrosi turg‘un (barqaror) yoki radioaktiv bo‘lishi mumkin. Bu yadrolar massa soni A, elektr zaiyadi Z, massasi M, massasiga bog‘liq to‘la bog‘lanish energiyasi Eb, radiusi (o‘lchami) R, spini I, magnit momenti p, elektr kvadrupol momenti Q, izotopik spini Tva shu yadroning to‘lqin funksiyasiga xos bo‘lgan juftligi л bilan xarakterlanadi. Radioaktiv yadrolar yana yemirilish turi, yarim yemirilish davri, yemirilish natijasida hosil bo‘lgan a, y, Pnurlarning energiyasi bilan ham xarakterlanadi.
Atom yadrolari yana o‘zlarining energetik holatlari bilan xarakterlanib, eng kichik energiyali holatiga yadroning asosiy holati va undan yuqori energiyaga ega bo‘lgan holatlarga uyg‘ongan holatlar deb ataladi. Yuqorida sanab o‘tilgan yadro xususiyatlarining deyarli hammasi yadroning asosiy holatlari uchun ham, uyg‘ongan holatlari uchun ham xosdir. Massa soni A va zaryadi Z dan tashqari hamma xususiyatlari holat energiyasi o‘zgarganda o‘zgarishi mumkin. Uyg‘ongan holatdagi yadro xususiyatlariga yana yadroning bir energetik holatdan ikkinchisiga o‘tish usuli, yadroviy reaksiyalar ko‘rilganda zarraning yadro bilan yoki yadrolarning o‘zaro ta’sirlashish kesimi va yadroviy reaksiyalarda ajralgan energiya, ikkilamchi zarralarning burchak taqsimoti va boshqa kattaliklar bilan xarakterlanadi.

  1. §. Massa soni, atom yadrosining zaryadi va massasi

Atom yadrosi proton va neytrondan tashkil topganligi aniqlangach, protonlar soni Z va neytronlar soni N birgalikda massa soni A deb atala boshlandi. Bunda: A = Z+N. Barcha yadroviy reaksiyalarda massa soni saqlanadi. Bunda nuklonlar yoki barion soni saqlanishi deb ham ataladi. Yadroni belgilashda kimyoviy belgisi quyidagicha ifodalanadi: *X ■
Bunda: X- kimyoviy belgisi; A - massa soni; Z - yadro zaryadi.
Masalan, jHe, *gO,U, bunda geliyning massa soni - 4, zaryadi - 2, neytronlari - 2. Kislorodda massa soni - 16, zaryadi - 8, neytronlari - 8. Uranda massa soni - 235, zaryadi - 92, neytronlari - 143 ta.
Massa soni massa atom birligida hisoblangan yadro massasidan ~1% gacha farq qilishi mumkin.
Atom yadrosining yana muhim xususiyati zaryaddir. Yadro zaryadi yadroni tashkil etgan zarralar zaryadlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.
Yadro proton va neytronlardan iborat ekan, neytron zaryadsiz neytral zarra. U holda yadro zaryadi protonlar zaryadlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Proton
zaryadi musbat miqdor jihatdan elektron zaryadiga teng: e = 1,6. IO'19 KI. Shunday qilib, tartib nomeri Z bo‘lgan biror element atomining yadrosi Ze zaryadga ega.
Masalan: \H — vodorod yadrosi uchun Z = 1, zaryad miqdori +e;
4 He— geliy yadrosi uchun Z = 2, zaryad miqdori +2e;
'£0 — kislorod yadrosi uchun Z= 8, zaryad miqdori +8e;
2^U — uran yadrosi uchun Z = 92, zaryad miqdori +92e.
Yadro zaryadi yadroda protonlar sonini xarakterlaydi, lekin yadroda zaryad taqsimotini anglatmaydi.
Yadro zaryadi yadrodagi protonlar soniga o‘z navbatida atom qobig‘idagi elektron soniga (atom har doim neytral bo‘lgani uchun) yoki Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi tartib raqamiga teng.
Yadro zaryadini aniqlashning ko‘pgina usullari mavjud:

  1. 1913-yilda kashf etilgan ingliz olimi Mozli qonuniga ko‘ra, yadro zaryadi ushbu yadro atomi qobig‘idan chiqayotgan xarakteristik rentgen nurlar chastotasi v quyidagi bog‘lanishga ega:

Tv = AZ-B-
Xarakteristik rentgen nurlanishi atomning ichki (masalan, K, L, M va h.k.) qobiqlarida hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlami yuqori qobiqdagi elektronlar egallaganda hosil bo‘lar edi. Nurlanish seriyalardan iborat bo‘lib, berilgan nurlanish seriyasi uchun A va В o‘zgarmas koeffitsientlar element turiga bog‘liq emas. Demak, A va В koeffitsientlar ma’lum bo‘lsa, xarakteristik rentgen nurlanish chastotasini (v) tajribada o‘lchab, elementning tartib nomeri Z ni aniqlash mumkin.

  1. Atom yadrosining zaryadini 1920-yilda Chadvik qo‘Hagan usul bilan ham aniqlash mumkin. Bunda a-zarralaming yupqa metall yaproqcha (plyonka)lardan sochilishi uchun Rezerford keltirib chiqargan formuladan foydalaniladi:

dN A Ze2 Y
I'M’J sin<£ (1-2.1)
bunda: dN - 0 burchak yo‘nalishidagi do fazoviy burchak ichida sochilgan a - zarralar soni:
No- zarralaming dastlabki soni;
n - muhitning hajm birligidagi yadrolar soni;
d-muhit qalinligi.
Berilgan radioaktiv preparat uchun a-zarralaming tezligi 0 ma’lum. Rezerford tajribasi (1.2.1) formula yordamida sochilgan a -zarrachalami hisoblab, sochuvchi yadro zaryadini topish mumkin.

  1. Elektrzaryadning miqdori barchayadrojarayonlarda saqlanadi. Bunga elektr zaryadning saqlanish qonuni deb ataladi. Shunga ko‘ra, yadro reaksiyalar va yemirilishlarida zaiyad balansiga ko‘ra aniqlash mumkin.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish