3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa Tabiatni muhofaza qilish jarayonida o‘simlik va hayvonlarga majmua tarzda ta’sir qiluvchi abiotik, biotik va antropogen ekologik omillar hisobga olinsa, muhofaza samarali bo‘lishi mumkin, chunki ular atrof-muhitning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Yerda tabiat va insoniyatning barqarorligini ta’minlash uchun tabiatdagi mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish zarur. Mazkur muammoni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish va davlatlararo darajada, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakati talab etiladi.
1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI) va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) ushbu maqsadga xizmat qiladi. Parijda 1970-yil o‘tkazilgan biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari bo‘yicha mutaxassislarning maxsus xalqaro anjumanining o‘tkazilishi bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam bo‘ldi. 1979-yil BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi» (YuNeP) tashkil etilgan edi. 1992-yilda BMTning Yer sayyorasi muammosi bo‘yicha Rio-de-Janeroda o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda «Biologik xilma-xillikni saqlash» dasturi ilgari surilgan va dunyoning 179 mamlakatining hukumat vakillari tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan. 2001-yildan boshlab, har yili 22-may kuni Xalqaro bioxilma-xillik kuni nishonlanadi. 2010-yil – Xalqaro bioxilma-xillik yili deb e’lon qilingan.
Qizil kitoblar. Tirik organizmlarni klassifikatsiyasini shakllantirishda olimlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘simlik va hayvonlarning juda ko‘p turlari qirilib ketganligini aniqlashgan. Mavrikiy orollarida yashagan, kaptarsimonlar oilasiga mansub, Tasmaniyadagi qopchiqli bo‘ri XIX asrning 40-yillarida ba’zan uchrab turgan, ammo hozirgi paytga kelib qirib tashlangan
O‘zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 1979-yil ta’sis etilgan «Qizil kitob»da o‘z aksini topgan. Birinchi marta O‘zbekiston «Qizil kitob»ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)ning 63 turi kiritilgan edi. 1984-yil o‘simliklar olamiga bag‘ishlangan nashriga 163 tur o‘simlik kiritilgan.