2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Evolutsion jarayonlarning turli yo‘nalishlarini izohlab bering.
2. Aromorfozlarning yashash uchun kurashdagi afzalliklarini tushuntiring.
3. Idioadaptatsiyalar aromorfozlarga qiyosiy ta’rif bering
4.Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlarini tushuntiring.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishihaqidagi tushunchalar qadimg Xitoy, Vavilon va Misrda keng tarqalgan edi. Mashhur Aristotel ham bu faraz tarafdori bo‘lgan. 1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi.
F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi.,pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikro organizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.
Panspermiyanazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u birsayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fi zik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofi zigi va genetigi F. Krik va boshqalardir. Hayotning biokimyoviy evolutsiyasito‘g‘risidagi nazariya XX asrning 20–30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida eng oddiy hayot shakllariga aylangan , keyin biologik evolutsiya boshlangan. Ch. Darvin fikriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi.