Xisobot mazmuni
1. Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad.
2. Qisqacha nazariy ma’lumot.
3. Xulosa
Nazorat savollari:
1.Manometrik termometrlar qanday turlarga bo‘linadi.
2.Manometrik termometrlar o‘lchash chegarasi qancha?
3.Ishlash prinsipini aytib bering.
3-LABORATORIYA ISHI
QARSHILIK TERMOMETRLAR.
Ishdan maqsad: Qarshilik termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish.
Asosiy qism.
Qarshilik termometrlarining ishlash prinsipi, metall o‘tkazgichlarning elektr qarshiligini temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga asoslangan. Metallarda temperatura ortishi bilan ularning elektr qarshiliklari ortadi. Qarshilik termometrlarining afzalligi quyidagilardir: o‘lchashdagi yuqori aniqlilik; temperaturani kichik diapazonda o‘lchash mumkinligi; axborotni masofaga uzatishni va avtomatik ravishda yozib borishning mumkinligi.
Qarshilik termometri materialiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) Fizik va kimyoviy xususiyatlarning temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgarmasligi (xususan, termometr qarshiligini temperaturadan bog‘lig‘ligini o‘zgarmasligi);
2) O‘lchov asbobi sezgirligini oshirish uchun, qarshilik termometri materiali elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti yuqori bo‘lishi kerak;
3). Termometrni kichik razmerda tayyorlash maqsadida, o‘tkazgich katta solishtirma qarshilikga ega bo‘lishi kerak;
4). Tayyorlanadigan termometrlarni o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash maqsadda metallni toza xolda olish mumkin bo‘lishi kerak.
Toza xolda olish mumkin bo‘lgan metallardan qarshilik termometrlari tayyorlashga yaroqligi platina (pt) va mis (Cu) hisoblanadi.
Eng yaxshi material bo‘lib platina hisoblanadi, chunki u oksidlanish muxitida kimyoviy inert bo‘lib, uni toza xolda olish mumkin. Platinining elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti -3,94.10-3 grad-1 va solishtirma qarshiligi - 0,099 om mm2/m.
Platinali qarshilik termometri yordamida temperaturani -2000S+6500S chegarada o‘lchash mumkin. Platinani Rt qarshiligi temperaturani 00S+6500S chegarasida quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi
Rt = R0 (1+At+Bt2)
A va B - o‘zgarmas koeffitsientlar, ularning qiymati graduirovkalashda aniqlanadi;
R0 - 00S dagi qarshilik.
Platinali qarshilik termometri (TSP-1, Gr21) qurilmasini ko‘ramiz (rasm.1).
100x10x0,3 mm o‘lchamli, yon tomonida tish ko‘rinishida qirqilgan, slyudali plastinkadan (1) tayyorlangan karkasga bifillyar ravishda 2 m uzunlikdagi, 0,007 diametrli platina simi (2) o‘ralgan. Platina o‘ramlari uchiga ulash korobkasidagi latun qisqichlarga ulash uchun ikkita chiqish-kumush simlari (3) kovsharlangan.
Slyudali plastinka o‘ramlari bilan o‘zidan kengroq bo‘lgan slyudali yopqichlar (4) bilan ikki tomondan izolyasiyalanib umumiy paket ko‘rinishida kumush lenta (5) bilan bog‘langan.
Bu sezgir element alyumin idishga-vkladishga (6), u esa, alyumindan yasalgan trubasimon qobig‘ga (7) tushiriladi. Kumush chiqish simlari forforli busalar (8) bilan izolyasiyalangan.
Sezgir elementli 7-qobig‘ po‘lat ximoya idishiga joylanadi. Apparat va trubalarda o‘rnatish uchun po‘lat ximoya idishiga shtutser kovsharlanadi. Po‘lat ximoya idishining tepa qismida tashqi ulash simlarini ulash uchun qisqichlar joylashtirilgan korobka mavjud
3.1-rasm. 3.2-rasm.
Mis qarshilik termometrlari ham ba’zi afzalliklarga ega: arzonligi, toza xolda olishning onsonligi, hamda yuqori elektr qarshiligi temperatura koeffitsientiga egaligi (4,26 10-3grad-1).
Kamchiligi – solishtirma qarshiligining kichikligi 0,017 om mm2/m va yuqori temperaturada oson oksidlanishi.
SHuning uchun mis qarshilik termometrlarining ishlatilish diapazoni cheklangandir (-500S + 1800S).
–50+1800S intervalda mis qarshiligini temperaturadan t bog‘liqligi quyidagi tenglama orqali ifodaladi
Rt = R0(1+ t)
- elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti (grad-1).
Platinali va misli standart qarshilik termometrlari (TSP i TSM) ishlab chiqariladi. 00S dagi bu termometrlar qarshiligi (R0) xar xil qiymatlarga ega va shu sababli xar xil graduirovkali qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi.
P
Do'stlaringiz bilan baham: |