“
O’tkan kunlar”
1. “…elli besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi’atlik bir xotin bo‘lsa ham,
ammo eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi. Uning o‘tkirligi yolg‘iz erigagina emas, Toshkand xotinlarig‘a ham om edi. O‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib to‘ylarida, azalarida, qisqasi, tiq etgan yig‘inlaridag‘i uylarining to‘rini shu kishiga atag‘an edilar” Ushbu ta’rif kimga tegishli?
2. Otabekning qaysi ishi O’zbek oyim uchun «o‘lganni ustiga chiqib tepish» qabilidan bo‘lg‘an harakati edi?
3. “O’tkan kunlar” da O’zbek oyim “andi” deganda kimni nazarda tutgan edi?
4. Asarda “Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qopib” maqoli kimning tilidan aytiladi?
5.Quyidagi ta’rif kim haqida ?
“ Ul o‘z uyida o‘lturg‘anida ham ustidagi atlas ko‘ynak bilan adras mursakni, oq shohi dakana bilan kahrabo tasbihni qo‘ymay, qish kunlari tanchadan par yostiqqa suyalib o‘lturar edi”.
6. “Hoji bir necha vaqt so‘zlag‘uchini o‘z og‘zig‘a tikiltirib o‘lturg‘andan so‘ng, agar ma’qul tushsa “……” deydir, gapka tushunmagan bo‘lsa “…..” deydir, noma’qul bo‘lsa “……” deydir va juda ham o‘ziga noma’qul gap bo‘lsa “…..” bilan kifoyalanib, mundan boshqa so‘z aytmaydir” Nuqtalar o’rniga to’ldiring?
7.“Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushtigo‘ las va tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘r ostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar va boshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrab kuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar, sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku»”. Parcha qaysi bo’limdan olingan?
8. Asarda kim o’zini qaldirg’ochga qiyoslaydi?
9. Asarda qaysi qahramon uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» deb bormas edi? Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini shu kishi ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar, o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanar edi?
10. Otabek uchun kimning she’rlari “tuzsiz so‘zlar yig‘indisi”dek tuyulardi?
11. Quyidagi ta’rif kim haqida?
“...o‘rta yosh, siyrak soqol, qotma, kun issig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishkandek boshig‘a
eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketkan guppy chopon kiyib, yangi bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoq-larg‘acha osqan; qovoqlarning og‘irlig‘idan arang harakat qiladirg‘an o‘z zamonasining mashhur bir devonasi edi”.
12. Asarda devona «Nor kalla» deganda kimni nazarda tudadi?
13. “Juhudning qilg‘an jodusini — juhud, musulmon domlanikini —musulmon daf’ qila olur edi” Parcha kimning tilidan aytilgan?
14. “O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik” qahramon kim?
15. “Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq...” Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
16. Kumushning aytishicha “hiylakor bir tulki, og‘zi qon bir bo‘ri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit” kim?
17. Asarda kim o’zini shamda o’zini halok qilg’uchi bir parvonaga o’xshatadi?
18. Asarda Otabek kimni “Oltinbibi” deb ataydi?
19. “Balki muhabbat baxtlik kishilar uchun yaxshidir, lekin o‘z tajribamcha, baxtsiz kishi uchun badbaxtlikdir. Masalan, siz agar chindan ham xotiningizg‘a muhabbatsiz bo‘lsangiz, o‘zingiz ham iqror qila olasiz: uyga kirsangiz xotiningiz bordek, ko‘chaga chiqsangiz yo‘qdek, bas, sizga xotinning og‘irlik va yengilligi birdak” Ushbu jumla kimning tilidan aytilgan?
20.Otabekning nomidan Kumushga “taloq xati”ni yozib,ular o’rtasiga sovuqchilik solgan qahramon kim?
21 Temur Ko`ragon kabi dohiylarning,
Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy,
Ulug`bek va Ali Sino kabi olimlarning o`sib-
ungan va nash'u namo qilg`anlari bir o`lkani
halokat chuqurig`a qarab sudrag`uchi al-
batta Tangrining qahrig`a sazovordir...
Ushbu parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
22. “Kecha o‘rda bek oyimdan
menga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan bo‘sh qaytardim... Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim” Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
23. “Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalik ta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, xalq musulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar hamshari’atcha edi. O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir”.
Ushbu parcha qaysi bo’limdan olingan?
24.Homidning Otabek nomidan taloq xatini yozganini,Kumushga yetishmoq uchun Komilbekni o’ldirganini Otabek kimdan eshitgan edi?
25. Asarda “Bir ko‘rgan bilish, ikki ko‘rgan tanish” maqoli kimning tilidan aytiladi?
26. Otabek o’zini usta Alimga kim deb tanishtiradi?
27. “Xayr, ketmagan ham bo‘lsun: ul holda o‘zingiz aytkandek qilib to‘ppa-to‘g‘ri ertaga Salim sharbatdor-ning oldig‘a boraman-da, o‘g‘lingni Mirzakarim akaning ilgarigi toshkandlik kuyavi o‘ldirdi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deyman. Ana undan so‘ng xumsaning holig‘a maymunlar yig‘lasin!” Ushbu jumla kimning tilidan kimga qarata aytilgan?
28.Quyidagi jumla kimning tilidan kimga aytilgan?
“Oshnaliq degan uch-to‘rt tanga bilan bog‘lana olmaydir, Mutalboy! Men sizga hali
aytib qo‘ydim: maning oshnalig‘im oshnadan jonni ham ayamasliq bilan bo‘ladir. Uch-to‘rt tanga emas, muhtoj bo‘lsangiz o‘ttuz-qirq tanga ham so‘ray bering!”
29. Homid va uning hamtavoqlari qutidorning uyiga kimning uyi orqali kirib,Kumushni o’g’irlamoqchi edi?
30. “O’tkan kunlar” romanida begunoh yigitni o’ldirgan “shayton ustasi bo‘lg‘an” qahramon kim?
31. Kumush yolg’iz qolgan vaqtlarda kimning devonnini o’qir edi?
32. Yusufbek Hojiga aytilgan gap noma’qul bo‘lsa qanday javob berar edi?
33. “Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ g‘avdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit”. Yuqorida ta’riflangan qahramon kim?
34. “Havlining kun chiqarida kun botishig‘a qaratib soling‘an, uncha maxtarliq bo‘lmasa ham ammo zamonasining olding‘i binolaridan hisoblang‘an bir ayvon bilan bir uyga ko‘z tushadir. Sahn va binolar kishi zotidan bo‘sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig‘i qismi — mehmonxona ekanligi onglashilur. Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan o‘ralg‘an va bu hujralarning barcha eshiklari yopiq va qulflang‘an holda bo‘lib mollar bilan bandligi va uy egasining davlatlik kishi bo‘lg‘anlig‘i bilinur. Havlining janub tarafi do‘konlar orqasi, ammo katta tup gilos yog‘ochlari qoplab yotadirlar”. Yuqorida ta’rifi keltirilgan hovli kimniki?
35. O‘rtoqlarim, qo‘lg‘a olsam torimni,
Beixtiyor yodlaydirman yorimni! Ushbu bayt qaysi kuydan olingan va kim tomonidan kuylangan?
36. “Qora otg‘a otlanib, zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an
deganlaridek qoshsiz, qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora soqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi”. Ushbu parchada kim ta’riflangan?
37. “Qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz, yaxshig‘ina kiyingan bir kishi” ushbu ta’rif kimga berilgan?
38. Ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oq dakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xush bichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an qahramon kim?
39. Boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zi-ning Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali bo’lgan qahramon kim?
40.O’sha paytda Marg’ilon hokimi kim edi?
41. O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz qahramon kim?
42. Asardagi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit kim edi?
43.Mirzakarim qutidor oilasining cho’risi bo’lgan, qo’polgina qir besh yoshlik xotin kim edi?
44.” O‘rda darbozasining sahni botmonlab hisoblang‘an mevazor bo‘lib, bunda olma, o‘rik, nok va tut yog‘ochlari xilig‘ina bor edilar. Darbozaning ikki biqinini o‘rab olg‘an loyig‘a gullar, naqshlar tushirilib ishlangan sakkiz gazlar yuksaklikda o‘rda qo‘rg‘oni, darbozaning
ikki burjida alachami, bo‘zdanmi uzun choponlar kiyib, boshlarig‘a quloqchin qo‘ndirg‘an, qayish kamar ustidan qilich tiqinib miltiqlarig‘a suyang‘an ikki yigit ko‘rinadirlar”.Yuqorida ta’rifi keltirilgan o’rda qaysi mavze’da joylashgan edi?
45. Endi duxoba va atlaslar ustidagina o‘lturmoqqa qanoatlanmay o‘z sha’niga, o‘z qudratiga muvofiq tojlar, taxtlar yasamoqchi. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi, husndor bir mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong‘, shuhrat chiqarmoqchi bo’lgan qahramon kim?
46.Azizbekdan oldin Toshkent hokimi kim edi?
47.Asarda “Yurgan daryo-o’tirgan bo’yra” maqoli kim tomonidan aytilgan?
48. Kimning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi bo’lar edi?
49. “Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkam bir o‘g‘lon palov yeb turar edi”. Ushbu parcha kim haqida?
50.Rayimbek dodxoh kim tomonidan o’ldiriladi?
51.Azizbekdan keyin vaqtincha Toshkent bekligiga kim ta’yinlandi?
52. Asardagi uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi bo’lgan qahramon kim?
53.Asarda «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan» maqoli kim tomonidan aytilgan?
54. To‘la yuzlik, o‘siq qoshliq, og‘ir qarag‘uchi ko‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yliq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilich osqan qirq besh yoshlar chamasidagi qahramon kim?
55. Biz qipchoqqa qilich ko`targanda, o`rus bizga to`p o`qlaydir. Siz dunyoda o`zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko`rsangiz, men boshqa yovni har zamon o`z yaqinimg`a yetkan ko`raman!
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
56. “-Endi esing kirdimi, o‘g‘ri? Burundan o‘ylab ish qilsang boshingda bu balolar yo‘q edi! Sen bizlarga nima ishlarni qilmading? Kun sayin necha gunohsizlarni osdirg‘an, kesdirgan,
bolalarimizni yatim, onalarimizni qon yig‘latqan sen emasmisan? Xanjaringni xayf ko‘rib mahallarga chayon solig‘i solg‘an, og‘alarimizni chayon zahri bilan o‘ldirgan kim edi? Ket to‘ng‘iz, ket, tavba qilish zamoni o‘tdi, taqdiringga sen ham tan ber!” ushbu parcha kim tomonidan kimga qarata aytilgan?
57. “Oramizda bu qo‘rqunch holatka bahaqqi tushunadirg‘an yaxshi odamlar yo‘q, bil’aks buzg‘uchi va nizo’chi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuqurig‘a qarab tortadilar. Bu kungi qora chopon va qipchoq nizo’larini sizga bir timsol o‘rnida ko‘rsatayin: o‘ylab ko‘rilsin, bu nizo’lardan bizga qanchalik foyda va qipchoq og‘aynilarg‘a nima manfaat hosil bo‘lmoq-da?— Faqat bundan foydalang‘uchilar ikki xalq orasig‘a adovat urug‘ini sochib yurg‘uchi bir necha e’vogar boshluqlarg‘inadir”. Ushbu parcha kim tomonidan aytilgan?
58.Asarning birinchi bo’limida qaysi kuy nomlari keltirilgan?
59. “Dunyoniki miri kam ikki”. Ushbu maqol qaysi epizod tomonidan, kimga qarata aytilgan?
60. Oltin kamarga taqilg‘an oltin sopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq, cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik qahramon kim?
61. Oltmish yoshlar chamasida, cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik, soqolining oqlig‘iga qaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o‘zgarish yo‘q bo’lgan qahramon kim?
62.Oftoboyim qarindshlaridan “jonkuyar” deb tanilg’an kishi, Kumushning tog’asi, u umrininng ko’pini Qo’qonda va Xo’jandda o’tkarar edi.
Yuqoridagi jumlada qaysi epizod ta’riflangan?
63. Parcha kimga tegishli: ,, Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.
Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,
Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor...”
64. Asarda ,,sajiya” so’zi qanday ma’noda qo’llanilgan?
65. ,, …. uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi, harakati yengil va lavzi tez edi,
ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqa alang‘lar edi, unga bolaliq chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni «shaddod» deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay qo‘ymas, agar birarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a kiyib olar edi…” Kim?
66 ,,Itdan bo’lgan qurbonlikka yaramas” maqoli kim tomonidan qo’llangan?
67.Xudoyorning qaynotasi kim bo’ladi?
68. Asarda ,,Umr- otilgan o’q” maqoli kim tomonidan qo’llangan?
69. Mozor chakalagining burchagida tutab yotg`an to`nka yonida sochlari o`sib soqolig`a qo`shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong`iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanni yondirishg`a tirishar, gulxan tevaragidan aylanib qo`lidag`i kasavi bilan to`rt tomonidan kovlar edi. Yel borg`an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz
holg`a
kirib ketdi, bitta-yarimta to`kilmay qolg`an yaproqlar shitir-shitir to`kilisha oldilar, qarg`a va zog`chalar ayni uyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi namoyish qilg`andek g`o-g`u bilan chakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nisbatda mozor ichi ham yana bir qat qo`rqunch holg`a kirar edi, yel ketma-ket bo`kirar, bunga chiday olmag`an shox-shabbalar qars- qurs sinar, keksa yog`ochlar g`iyq-g`iyq etib yolborish tovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g`azab ustida edi, yer yuzudagi tikkaygan narsani bukib-yanchib tashlam-
oqchi bo`lg`andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini titratib yiqitdi, devonaning gulxanini ham to`nka-po`nkasi bilan ko`tarib chakalakning ichiga otdi. Butun mozor ichini o`t uchquni ila to`ldirib, yana ko`rinishka boshqacha bir tus berdi.
Ushbu parchada Xo`ja Ma'oz" qabristoniga o`t
qo`ygan devona" kim edi?
70. Kimning ta’rifi: ,,… boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zining Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali, belida tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan….”
71. ,, … qipchoq beklarining tuzuklaridandir. Bu kishi Marg’ilonda 1263-67 hijriy yillar orasida bek bo’lib turdi. Musulmonqulning azlidan so’ng uning o’rniga mingboshi bo’lib belgilandi. Marg’ilonda undan qolgan osor ham bor” kim haqida?
72. “Qipchoqlarni kesish” majlisi kimning uyida bo’ldi?
73. Parcha kimga tegishli:
,, Erta-indin ko‘zimga yo‘l ko‘rinur,
Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur...”
74. Kim Musulmonqulga nisbatan ,, ko‘bdan beri yuragida kek saqlab kelib, ammo ne tariqada najotka chiqishini bilmadi. Chunki ul suyanadirg‘an Qo‘qon beklarini «mana» deganlari Musulmonqul va kishilari (qipchoqlar) tomonidan osilib kesilganlar, qolg‘anlari tovush chiqarishg‘a majolsiz edilar. Atrof shahar va qishloq beklari ham aksar qipchoqlardan, ya’ni Musulmonqulning o‘z odamlaridan,
ulardan bir ish kutish yana mumkin emas…”?
75.
Bu kishi qirq yoshlar chamaliq, qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo`y ko`z, ko`b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo,
qotma, uzun bo`ylik bir odam edi.
Yuqoridagi jumlalar orqali “O’tkan kunlar” asaridagi qaysi qahramon ta’riflangan.
76. Azizbek Toshkent hokimi bo’lgan vaqtda nima sababdan xon tomonidan yuborilgan devon beklarini o’ldiradi?
77. Quyidagi fikr kimga tegishli: ,, … og‘aynining bir yoqadan bosh chiqarishi soyasida Musulmonqul balosidan yengilgina qutildik. Ammo bu qutilishni chin qutilish deb bo‘lmaydi. Nega desalaringiz, oq it bo‘lmasa, qora it tovoq-qoshiqqa tegmakda. Hali biz sahroyi qipchoq elidan uzil-kesil qutilg‘animiz yo‘q. Anovi Musulmonqul bo‘lmasa, boshqa Alimqulning bosh ko‘tarishi aniq..”
78. Kimning laqabi ,,jallod” edi?
79. Kimning laqabi ,,pismiq” bo’lgan?
80. ,,Kengashlik ish tarqamas” maqoli kim tomonidan aytilgan?
81. Musulmonqulni hiyla bilan tutish rejasi kimdan chiqqan edi?
82. ,,Padari arus” so’zining ma’nosi?
83. Usta Farfi tilidan aytilgan "tomdagi luqmani o`zi ham yeyolmaydir, boshqag`a ham yedirmaydir, nax itning o`zi!" degan gaplar kimga nisbatan qo`llangan?
84. Zo`ri behuda miyon shikanad (O`rinsiz chiransang, beling sinadir).
Ushbu tojik maqoli qaysi qahramonga nisbatan
qo`llangan?
85.Parcha kimning tilidan keltirilgan: ,, Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman!”
86. ,,Temirni qizig’ida suqib qolish kerak” maqoli kim tomonidan aytilgan?
87. Zaynabning onasi kim edi?
88. Kimning holati shunday ta’riflangan: ,, Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta buni biz qattig‘ qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshimizg‘a yo‘lbars chiqsa, biz qattig‘ qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lum kutadir, inson uchun dunyoda o‘lumdan qo‘rqunch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim,
bizni dunyo baxti kutkanda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lum kutkandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz (o‘rganizmamiz) birinchidagi holatni kechiradir?”
89. Kumush kim tomonidan ,,bu odam farzandi emas, bu farishta” deya ta’riflanadi?
90. Nikohi kuni o’ldirilgan obraz?
91. Otabek o’zining dushmanini kimning so’zlari orqali tanib oladi?
92. ,,Kimning laqabi ,,cho’loq” bo’lgan?
93. ,,Og’riqning tuzalasi kelsa,emchi o’z oyog’I bilan kelur” maqoli kim tomonidan nimaga nisbatan qo’llanilgan?
94. Normuhammad qushbegi Hoji haqida ,, boshda balki, Toshkand bekligi uchun ta’malanur deb o‘ylag‘an edim…” deb, uning qaysi harakati ,,bu fikrimni bo‘shka chiqardi” deydi?
95. Yusufbek Hoji Otabekning vafoti haqida kimdan xabar oladi?
96. Toshkent necha kun qamalni boshdan kechiradi?
O’tkan kunlar javoblar:
O’zbek oyim
Marg’ilonga ketishi
Kumishni
Yusufbek hoji
O’zbek oyim
Xo’p, xo’sh, Durust emas bir jilmayib qo’yish bilan kifoyalanar edi.
Unutmaysizmi
Otabek
O’zbek oyim
Fuzuliyning
Qovoq devona
Normuhammadni
O’zbek oyim
Zaynab
Qovoq devonaning
Otabek
Usta Alim
Kumushni
Usta Alim
Homid
Yusufbek hoji
O’zbek oyi m
“Navo” kuyi
Usta Farfidan
Jannat
Shokir deb
Sodiq
Homid
Malikboyning
Homid
Fuzuliy
Durust emas
Otabek
Mirzakarim qutidor
“yig’larman” kuyidan olingan; Gulsin tomonidan kuylangan
Rayimbek
Mirzakarim
Oftoboyim
Otabek
O’tabboy qushbegi
Musulmonqul
Rahmat
To’ybeka
Yormozor
Azizbek
Salimsoqbek
Akram hoji
Kumush
Ahmadxon
Mo’min miltiqchi
Qo’shdodxon
Homid
To’ybeka
Qushbegi
Yusufbek hoji
Xalq tomonidan Azizbekka qarata aytilgan.
Otabek
“Yig’larman”, “O’rtoqlar”, “Ifor”
Xoliqbek (qo’rboshi) tomonidan Homidga
Xudoyorxon
Hasanali
Ahmadbek
Ali
Inson xarakteridagi tanib bo’lmas darajadagi farq
Xushro’y
Xushro’y
Musulmonqul
Mirzakarim
Otabek
Otabek
O’ttaboy qushbegi
Muhammad Rajab qo’rboshining uyida
Kumush
Xudoyorxon
Usta Alim
Soliq undirish maqsadida kelganligi uchun.(mavhum savol)
Niyoz qushbegi tomonidan
Pirnazar
Zaynab
Karimqulponsad
Xudoyorxon
Qaynota
Homid
O’zbek oyimga
Yusufbek hoji
Niyoz qushbegi
Mohira oyim
Otabek
Yusufbek hoji
Komil