Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi va uning vazifalari. Texnik ob’yektlarni loyihalash – hali mavjud bo’lmagan ob’yekt obrazini yaratish, o’zgartirish va taqdim etish jarayonidir. Ob’yekt yoki uni tashkil qilgan qismlar obrazi inson hayolida ijodkorlik natijasida yaratilishi yoki kompyuter va insonning o’zaro aloqasi jarayonida ba’zi-bir algoritmlarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin. Nima bo’lishdan qat’iy nazar muhandislik loyihalash jamoatning ba’zi bir texnik ob’yektlarga bo’lgan extiyogi borligi tufayli boshlanadi. Texnik ob’yektlar qurulish ob’yektlari, ishlab chiqarish mahsulotlari yoki jatayonlar bo’lishi mumkin. Barcha loyihalash jarayonini yoki uning bir qismini yechish inson va kompyuterning o’zaro aloqasi orqali amalga oshiriladigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb ataladi. Avtomatlashtirilgan loyihalashni amalgam oshiradigan tizim avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini tashkil qiladi. (ingliz tilidan olinganda CAD System — Computer Aided Design System).
Murakkab ob’yektlarni loyihalash bir qator nazariya va yondashuvlarda ifodalangan g’oya va prinsiplarni qo’llashga asoslangandir. Murakkab tizimlarni loyuhalshning turli usullarini o’zida qamragan g’oyalardan tashkil topgan tizimli yondashuv har tomonlama umumiy yondashuv hisoblanadi. Tizimli yondashuvning asosiy umumiy prinsipi murakkab tizimlarni ularning o’zaro aloqasini hisobga olgan holda qabul qilishdan iborat. Tizimli yondashuv tizim tuzilishini yaratish, aloqalarni turlarga bo’lish, atributlarni aniqlash, tashqi muhit ta’sirini tahlil qilish kabi jarayinlarni qamrab olgan.
Loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. Loyihalash bosqichlari- vaqt o’tishi bilan rivojlanib boradigan jarayon kabi loyihalashning katta bo’lagidir. Umumiy holda bosqichlar ilmiy-tadqiqot ishlari, loyiha eskizi yoki tajriba-konstruktorli ishlari, texnik, ishchi loyiha, tajriba namunalarini sinab ko’rish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bosqichi ayrim holda loyiha oldi tadqiqoti yoki texnik takliflar bosqichi deb ham ataladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish jarayonida loyihani ishlab chiqishdagi aniqlik va puxtalik darajalari o’sib boradi, va ishchi loyiha tajriba namunalarini tayyorlash uchun yetarli darajaga keltiriladi.
Har qanday murakkab tizim kabi ALT(avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) ham tizimostidan tashkil topadi(1-rasm). Loyihalash va xizmat ko’rsatish tizimosti mavjud. Loyihalash tizimostlari bevosita loyihalash proseduralarini bajaradi. Loyihalash tizimostiga misol qilib mexanik obyektlarni geometrik uch o’chovli modellashtirish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, sxemotexnik tahlil qilish tizim ostilari kiradi. .
Xizmat ko’rsatuvchi tizimostilar loyihalanayotgan tizim ostini ishlashini tashkillashtiradi, ularning birlashmasi ko’pincha ALTning tizim muhiti(yoki qobiq) deb ataladi. Xizmat ko’rsatuvchi tizimostlari bo’lib loyiha kattaliklarini boshqarish(PDM — Product Data Management), loyihalash jarayonini bosqarish (DesPM — Design Process Management), kompyuter bilan mutaxassis o’rtasida aloqa o’rnatadigan foydalanuvchi interfeysi, ALTning dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi -CASE (Computer Aided Software Engineering) ALTda qo’llaniladigan foydalanuvchi texnologiyasini o’rganuvchi o’quv tizimostlari xizmat qiladi.