TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI INFORMATIK O’QITISH METODIKASI (SIRTQI)
TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS 304-GURUH TALABASI MAMARAJABOV MEXROJIDDINNING DASTURLASH TILLARI
FANIDAN TAYYORLAGAN
♀
MAVZU: C++ tilida bir va ikki o’lchovli massivlar bilan ishlash. Bаjаruvchi: ___________________
Qabul qildi: ___________________ TERMIZ-2021-2022
M U N D A R I J A
KIRISH.....……………………………………………………………
1-BOB. C++ TILIDA MA’LUMOTLARNING ASOSIY VA HOSILAVIY TURLARI ..................................................................
1.1. Algoritmik tillar va ularning imkoniyatlari ........................
1.2. C++ о‘zgarmaslar ..........................................................................
1.3. C++ о‘zgaruvchilar ........................................................................
1.4. Kо‘rsatkichli tiplar va ular bilan ishlash …………………....
2-BOB. C++ TILIDA STRUKTURALAR ..................................
2.3. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tip …………................
2.4. Dasturlar ………………………………………………………..
XULOSA………………………………………………………….......
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI………….....
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi paytda elektron hisoblash mashinalarning juda tez rivojlanishi, uning barcha parametrlarning yaxshilanishi, ya’ni operativ va tashqi xotiraning kengligi, ishlashning ishonchliligi, hisoblash tezligining yuqoriligi va ixchamligi fan-texnikaning kо‘p sohalarining murakkab va dolzarb muammolarining yechimini olishga imkon bermoqda.
Hozirgi vaqtda elektron hisoblash mashinalari zamonaviy fanlar taraqqiyoti va xalq hо‘jaligining barcha sohalarida eng muhim omillardan biri bо‘lib shakllanib bormoqda. EHMning inson intelektual faoliyatining turli sohalariga kirib kelishi, ularning keng qо‘llanilishi va shuningdek, fan va texnikaning turli sohalariga tegishli bо‘lgan kо‘pgina eng muhim (aktual) masalalarni yechishda foydalanishni ta’minlamoqda. Sо‘nggi о‘n yilda vujudga kelgan kompyuterlarning yangi tiplari – noutbuk, netbuklar, har bir ish о‘rniga tom ma’noda hisoblash texnikalarini joriy qilinishini ta’minlamoqda. Shunga bog‘liq holda о‘zining ishida EHM yordamiga murojaat qiladigan odamlar soni (miqdori) jiddiy ravishda о‘sib bormoqda.
Hozirgi kunda inson faoliyatining biror sohasidagi erishilgan muvaffaqiyat (yutuq)larini EHMlarning ishtirokisiz tasavvur etish qiyin.
Jumladan, hozirda matematika, fizika, informatika va boshqa sohalaridagi hech bir yirik tajribalarni EHMlarsiz amalga oshirib bо‘lmaydi. Zamonaviy texnologik majmualarni boshqarish EHMlarsiz mumkin bо‘lmay qoldi.
EHM shunday inson faoliyatining barcha sohalarida qо‘llanilishi inson ishtirokisiz murakkab ketma ket jarayonlarni bajarish va katta tezlik bilan aniq va ishonchli natijalarni olish katta hajmli axborotlarni saqlash mashinaning imkoniyati bilan aniqlanadi. EHMning eng muhim xarakteristikalaridan biri uning dasturiy ta’minotidir. Matematik dasturiy ta’minoti deb, EHMni dasturlar majmuasi bilan hisoblash qabul qilingan, jumladan, ba’zi bir masalalarni dasturlashsiz yechish imkonini beradi, dasturlashda bir qator ishlarni bajaradi, hamda mashinaning foydali rejimda ishlashni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni о‘qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va kо‘nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yо‘sindagi majburiylik kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dastur katta bо‘lgani uchun bir kishi tomonidan tо‘laqonli о‘zlashtirishi nihoyatda mos bilimlar jonli mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi.
Jumladan, informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bо‘lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lgan jarayonlarning aloqadorliklarini о‘z ichiga oladigan kо‘nikma va vositalar tizimidir.
Umuman olganda, informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bо‘lgan sohadir.
Shuni aytib о‘tish lozimki, Respublikamiz kadrlar tayyorlash Milliy dasturida informatika va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi kо‘ndalang qо‘yilgan.
Shu sababli, algoritmik tillarning, jumladan, C++ tilining turli tiplarga tegishli ma’lumotlar jamlanmasi bilan ishlash imkoniyatlarni о‘rganish va ulardan samarali foydalanish matematik programmistlar uchun muhim ahamiyatga ega va dolzarbdir, chunki ta’lim sohasida talabalarning bilim darajasini oshirishda hamda inson faoliyatining turli sohalarida algoritmik tillarning aralash tipli ma’lumotlar bilan ishlovchi dasturlar о‘z tadbiqiga egadir.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifasi C++ tilining turli tiplarga tegishli ma’lumotlarining jamlanmasi bilan ishlash imkoniyatlaridan foydalanib, murakkab dasturlar yaratish va ularni tuzishni о‘rganish hamda о‘rgatishdir.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, ishni bajarish davomida olingan natijalarni, ya’ni yaratilgan dasturlarni C++ algoritmik tilining turli tiplarga tegishli ma’lumotlarining jamlanmasi bilan ishlash imkoniyatilarini о‘qitishda foydalanish hamda matematika, fizika va boshqa fanlarning amaliy masalalarni yechishda, masalan, kompleks sonlar bilan ishlashda qо‘llash mumkin.
Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan ada-biyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘lib, kirish qismida bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi asoslangan, uning asosiy maqsadi aniqlangan hamda ishning ilmiy va amaliy ahamiyati keltirilgan.
Birinchi bob algoritmik tillar va ularning imkoniyatlari, C++ dasturlash tilida ma’lumotlarning turlari: о‘zgarmaslar, о‘zgaruvchilar hamda ularni tasvirlash keltirilgan.
Ikkinchi bob C++ algoritmik tilida aralash tipli ma’lumotlarni tasvirlash, ular bilan ishlash: oddiy strukturalar, birlashmalar, foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tiplari hamda ular bilan ishlovchi dasturlar keltirilgan.
Uchinchi bob C++ algoritmik tilida turli tipli ma’lumotlar strukturalari: dinamik strukturalar, rо‘yxatlar, steklar, navbatlar va daraxtlar bilan ishlashga bag‘ishlangan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida olingan natijalari ifodalangan.