T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb



Download 148,16 Kb.
bet33/40
Sana28.05.2022
Hajmi148,16 Kb.
#614373
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolar

Tayanch so‘z va iboralar


sintaktik aloqalar, teng aloqa, tobe aloqa, ochiq aloqa, yopiq aloqa, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, kompletiv aloqa.

Savol va topshiriqlar


  1. Ingliz va rus tillarida qanaqa sintaktik kategoriyalar mavjud?

  2. Ingliz va rus tillariga teng va tobe sintaktik aloqalar xosmi? Taqqoslanayotgan tillarda sintaktik aloqalarning qanaqa farqli va o‘xshash tomonlari mavjud?

  3. Mazkur tillarning qaysi birida moslashuv ko‘proq ishlatiladi? Misollar bilan tasdiqlab bering.

  4. Ingliz va rus rillari uchun sintaktik aloqalarning ifodalanishida qaysi vositalar umumiy hisoblanadi? Ingliz tilida sintaktik aloqalarning ifodalanishida so‘z tartibi qanday o‘rinni egallaydi.

  5. Ingliz tilida rivojlanmagan fleksiyalar o‘rni nima bilan qoplalanadi?




Reja

  1. Gap tuzilishi.

  2. Gapda so‘z tartibi.

  3. Gap kommunikativ sathda.

Ma’ruza 12 Sintaktik tipologiya: Gap


Gapda so‘z tartibi va til tuzilihi o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud (A practical English grammar…1978, c.160-161).
Ingliz tilida to‘g‘ri va teskari so‘z tartibi qo‘llaniladi. Teskari so‘z tartibi so‘roq gaplarda ishlatiladi va fikrning ta’sir kuchini oshiradi (Th.Vennemann, 1977, c.616-617).
Ingliz tilida rus tiliga nisbatan to‘g‘ri so‘z tartibi ko‘proq ishlatiladi. Taqqoslanayotgan har bir tilda olingan 875 ta gap tahlili (ikkala tilda garlar 1750 tani tashkil qiladi) ingliz tilidan to‘g‘ri so‘z tartibi 80% gaplarida, rus tilida esa to‘g‘ri so‘z tartibi 59% gaplarda uchrashi ma’lum bo‘ldi. Rus tilida to‘g‘ri va teskari so‘z tartibi nisbati bu tildagi gaplarda so‘zning qaysi joyda kelishi borasida qat’iy chegara yo‘qligidan dalolat beradi.
Ingliz tilida esa so‘z tartibining qat’iyligi sababli unda inversiya ishlatilganda gap maxsus sintaktik ma’no kasb etadi.
Out came the chaise, in went the horse, on sprang the boys, in got the travelers (Ch.Dickens).
Jadval. To‘g‘ri va teskari so‘z tartibining nisbati

Til

Ingliz tili

Rus tili

Gap soni

875

875

So‘z tartibi



To‘g‘ri

Teskari

To‘g‘ri

teskari

713

162

522

353

Foiz hisobida

81,5

18,5

59,7

40,3




4

1

1,5

1

Bunday holatni rus tilida ifodalash uchun inversiyaga murojaat qilish etarli bo‘lmaydi. Chunki inversiya kamdab-kam hollarda qo‘llaniladi. Bu yerda uyushiq bo‘lakli gaplardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Дружно выкатили карету, мигом впрягли лошадей, бойко вскочили возницы на козлы и путешественники послушно уселись в карету.
Inversiya ingliz tilida og‘zaki nutqda ham uchraydi. Bunda ega ot, noaniq yoki ko‘rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi, ravishdan keyin kesim keladi:
Off went John! Away flew my hat! In came the others. Out with it! Away with them!
Rus tili gaplarida so‘zlar o‘z o‘rnini erkin o‘zgartirishi mumkin. Masalan, Андрей читает книгу gapi uch xil struktura orqali berilishi mumkin. ingliz tilida esa faqat bitta variant orqali beriladi xolos: ega – kesim
– to‘ldiruvchi.
Akademik A.L.Buloxovskiy (1933, c.348) rus tili so‘z tartibi haqida shunday yozadi: “Fleksiyalarga boy rus tilida so‘z tartibining stilistik ahamiyati sintaktik ahamiyatiga ko‘ra kattaroq. Rus tilida so‘z tartibi nisbatan muhim rol o‘ynamaydi”.
Ingliz tilida gap modelini saqlab qolish uchun bir qator so‘zlardan foydalaniladi. Bularni, asosan, kirish so‘zlar (there, it) tashkil etadi:
There was just a tungle of reproach in his tone, which Stane noticed (Th.Dreiser). It isn’t that I feel so badly, dearest… It is likely to have a soothing effect on him, I’m sure, as it has on me many times in the past (Th.Dreiser). It yana gap ma’nosini to‘ldirish uchun ham ishlatilishi mumkin:
I think it is a pity that you didn’t try harder. I count it an honour to serve it.
It so‘zi bundan tashqari bake it hard, burn it black, colour it black birikmalarida ham ishlatiliadi. It leksemasining to‘g‘ri so‘z tartibini saqlab qolishida uning mavqiyi asosan It is high time, It’s seven o’clock,


Download 148,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish