bullfinch so‘zi esa finch nomli qush birga yuradigan poda bilan, rus tilidagi одуванчик so‘zi одувать fe’li
bilan, ingliz tilidagi dandelion so‘zi зуб льва (sherning tishi) bilan bog‘liqdir.
Rus tilidagi ba’zi so‘zlarning ingliz tilida bir xil aks etishi holatlari ham kuzatiladi. Misol tariqasida
rus tilidagi yil fasllari nomlarini keltirish mumkin: January - январь, February - февраль, March - март,
Aprel -апрель, May - май, June - июнь, July - июль, August - август, September - сентябрь, October -
октябрь, November - ноябрь, December-декабрь.
Taqqoslanayotgan tillarda umumiy nomlanish holatlari ham kuzatiladi. Masalan, quduqdan suv olish
uchun qurilgan moslama ingliz tilda crane, rus tilida esa журавль deb atalishi bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. Bunday nomlanishga moslamaning qushga o‘xshashligi asos qilib olingan.
So‘zlarning nomlanish jarayonini o‘rganish faqat predmet va hodisalarning nomlanish mexanizmini
ochmasdan, balki konkret til sistemasida mavjud so‘z yasash tendensiyalarini ochib beradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ingliz tilida rus tiliga nisbatan semantik derivatsiya (konversiya), ya’ni
berilgan asosni so‘z o‘zgartirishning boshqa paradigmasiga ko‘chirish orqali so‘z yasash holatlari ko‘p
uchraydi. Ingliz tilida polisemiya hodisasining faolligi shu bilan bog‘liqdir. “Ko‘p ma’nolik barcha tillardagi
so‘zlarga xos bo‘lib, ingliz tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarning ko‘pligi evaziga rus tiliga nisbatan yaxshiroq
rivojlangan. Ayniqsa, tilda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan so‘zlar ko‘p ma’nolik xususiyatiga egadir.
Masalan, strike so‘zining o‘ttizdan ortiq ma’nosi mavjud (ударить, поразить, столкнуться, бить, звонить,
пронзать, чеканить, бастовать, нажать va horazo). Ingliz tilida eng ko‘p ishlatiladigan mingga yaqin
so‘zlarning Katta Oksford lug‘atida qariyb 25 000 tagacha ma’nosi mavjudligi sanab chiqilgan” (I.V.Arnold,
1959, 56 b.).
Taqqoslanayotgan tillarda fonetik belgilangan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Ular, asosan,
ovozga taqlid qilish va bolalar leksikasiga asoslanadi: ingl. whistle – rus. свистеть; ingl. grumble - rus.
ворчать; ingl.flop - rus. шлепнуться; ingl.drop -rus.капать; ingl. negh -rus.ржать; ingl. bark - rus.гавкать.
Ba’zan so‘zlarning ma’nolari faqat kontekstdagina ma’lum bo‘ladi: А в небе, ко всему приученный,
бессмысленно кривится диск (А.Блок). The Importance of Being Earnest (O.Wilde).
Xalq etimologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, semantik jihatiga ko‘ra xalq tomonidan belgilangan
so‘zlarning mavjudligi taqqoslanayotgan tillarning lug‘at tarkibi uchun umumiy hodisa hisoblanadi:
фельетон-клевентон, пиджак-спинджак, поликлиника-полуклиника, wallnut (Welsh -nut) – wall nut,
barrery (lot. Botaria “barrel”)-butter, standard (fr. estandard)-stand va hokazolar. Xalq etimologiyasi стол
(стлать) so‘zini стоять ma’nosi bilan, ясень so‘zini ясно ma’nosi, солист so‘zini солить ma’nosi bilan
bog‘laydi.
Nomlanishi noaniq qolgan so‘zlar har ikki til uchun ham xos bo‘lgan xususiyatdir: nonce, sir, lady,
lord; rus. спасибо, дотла, масло.
Do'stlaringiz bilan baham: |