9900
Ingliz tili
4367
514
1407
3612
9900
Rus tili
5381
351
1567
2601
Shuday qilib, ingliz va rus tillarning har ikkisiga ham mustaqil ma’noga ega so‘zlar, kishi va joy
nomlari, o‘rindosh so‘zlar va bog‘lovchi so‘zlar xos ekanligini ko‘ramiz. Ulardan mustaqil ma’noga ega
so‘zlar va bog‘lovchi so‘zlar eng ko‘p ishlatiladi. Ingliz tilida rus tiliga nisbatan bog‘lovchi so‘zlarning
ko‘proq qo‘llanilishi uning analitik til ekanligidan dalolat beradi.
So‘zlarning belgilanganligi
So‘zlarning xususiyatlariga ko‘ra nomlanishi so‘z ma’nosi bilan ifoda plani o‘rtasidagi munosabatda
namoyon bo‘ladi. Ingliz va rus tillarida so‘zlarning xususiyatlariga ko‘ra nomlanishining uch xil usuli o‘z
aksini topgan: morfologik, fonetik va semantik. Masalan:
morfologik
fonetik
stmantik
tipi
tipi
tipi
Ingliz tili
wisdom
drizzle
mouth (of a river)
beautiful
whistle
hand (of a watch)
teacher
drop
face (of a building)
skater
flop
leg (of a table)
Rus tili
искусствовед
шипеть
ручка (кресла)
ученик
свистеть
дорога (в жизнь)
работник
дребезжать
согревать (сердце)
переплыть
хлопать
крыло (самолёта)
Tilda xususiyatlari inobatga olinmasdan belgilangan so‘zlar, ya’ni leksik morfemalarga
bo‘linmaydigan yaxlit semantik strukturaga ham ega bo‘lmagan so‘zlar uchraydi.
Leksik tipologiya uchun xususiyatlariga ko‘ra belgilangan va xususiyatlari inobatga olinmasdan
belgilangan so‘zlar o‘rtasidagi munosabat, ma’lum bir tilda nomlanishning morfologik, fonetik, semantik
tiplari hamda bu munosabatlarning bir necha til darajasida qiyoslash juda ahamiyatlidir. Faknik materiallardan
olingan ma’lumotlar ushbu planda ingliz va rus tillariga xos umumiy va o‘xshash belgilarning mavjudligiga
ishonch hosil qilishga imkon yaratadi.
Badiiy adabiyotdan olingan 25 ta matn tahlili (matnlar kattaligi har bir matnda 100 ta so‘zning ishtirok
etishi bilan belgilandi) natijasi ingliz va rus tillarida belgilangan va belgilanmagan so‘zlar nisbati bir xil
emasligini ko‘rsatdi. Ingliz tilida har bir belgilangan so‘zga 14 ta belgilanmagan so‘z to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Rus tilida belgilangan so‘zlar ko‘proq uchraydi.
Belgilangan va belgilanmagan so‘zlarning miqdoriy nisbati
Tillar
Xususiyatlariga ko‘ra
belgilangan so‘zlar
Xususiyatlari
ino-
batga
olinmasdan
belgilangan so‘zlar
Ularning nisbati
Ingliz tili
2500
34 557
1 : 13,8
Rus tili
2500
16 635
1 : 6,6
Belgilangan so‘z tiplarini aniqlash uchun har birida 100 ta belgilangan so‘z bo‘lgan 30 ta matn tahlil
qilindi. Jami 3000 ta birlikni tashkil etdi. Tahlil natijalari jadvalda keltirilgan.
Belgilangan so‘z tiplari nisbati
Nomlanish tiplari Til
morfologik
fonetik
Semantik
Ingliz tili
2654
88,48%
41
1,36%
305
10,16%
Rus tili
2750
91,7%
10
0,3%
240
8%
Kuzatiuv natijalari belgilangan so‘zlarning morfologik tipi taqqoslanayotgan tillarda keng ko‘lamda
qullanilganligini ko‘rsatdi. Shunga qaramay bu tip ingliz tiliga nisbatan rus tilida ko‘proq qullanilishi ma’lum
bo‘ldi. Fonetik va semantik jihatdan belgilangan so‘zlarga keladigan bo‘lsak, ular rus tiliga nisbatab ingliz
tilida ko‘proq qullanilishini ko‘ramiz.
So‘zlarni nomlash hodisasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki u predmetlarning nomlanish
jarayonini bilishga imkoniyat yaratadi.
“So‘z – bu predmet izohi bo‘lib, bizning predmetga nisbatan bo‘lgan fikrimiz ifodasidir… Muhimi
shundaki, bitta predmetning turli xil fodalanishidir. Masalan, sanskritda fil ba’zan
suv ichuvchi yoki
ikki tishli,
ba’zan esa qo‘li bor hayvon deb ataladi. Bu nomlarning har biri, albatta, ma’lum bir tushuncha anglatsa-da,
baribir ular bitta predmeni bildiradi” (B.Гумболдьт 1956, с.85).
Turli tillarda nomlanish asosini predmet va hodisalarning turli belgilari tashkil etadi. Masalan, rus
tilidagi окно so‘zi око otidan olingan. Ingliz tildagi window esa wind eye til birliklaridan tashkil topgandir.
Yoki rus tilidagi подснежник so‘zi gulning paydo bo‘lish payti bilan bog‘li bo‘lsa, ingliz tilidagi snowdrop
so‘zi gulning shakli va oppoq rangi bilan bog‘liqdir. Rus tilidagi снегирь so‘zi yil fasli bilan, ingliz tilidagi
Do'stlaringiz bilan baham: