Ma’ruza 2
Nutqdagi fonemalar
Reja
1. Nutqdagi tovushlar.
2. Akkomodatsiya.
3. Assimilyatsiya.
4. Bo‘g‘inning mohiyati.
5. Bo‘g‘in yasovchi unli fonemalar.
6. Bo‘g‘inning tuzilishi.
Nutqda tovushlar bir-biriga ta’sir etib, artikulyatsiyada turli xil o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Har bir
tilda ushbu turdagi o‘zgarishlarni amalga oshiradigan o‘z qonunlari mavjud. Ulardan asosiylari
akkomodatsiya (fonetik adaptatsiya) va assimilyatsiya (fonetik o‘xshatish) jarayonlarida amalga oshadi.
Akkomodatsiya unlilar va undoshlar o‘rtasida sodir bo‘lib, yonma-yon kelgan tovushlar
artikulyatsiyasining qisman moslashuvi bilan belgilanadi. Hozirgi rus tili, masalan, unlilarning yuqori darajada
adaptatsiyalanish xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (Taqqoslaymiz: мал-мял, рад-ряд, лук-люк,
мил-мыл). Ingliz tili uchun esa adaptatsiyalanish xususiyati unchalik xos bo‘lmaganligi sababli o‘quvchilar
ko‘pincha uni payqamaydilar. Masalan, [l]dan oldin kelgan [e]ning ancha ochiq talaffuz qilinishi – [fel], [j]dan
oldin kelgan [u:]ning talaffuzi– [nju:] sezilmaydi va hokazo.
Assimilyatsiya ikkita unli yoki ikkita undosh o‘rtasida sodir bo‘ladi. Assimilyatsiya to‘liq yoki
qisman, regressiv yoki progressiv bo‘lishi mumkin. Assimilyatsiya hamma tillarga xos bo‘lsada, har bir tilda
turlicha amalga oshiriladi. Qiyoslanayotgan tillarda assimilyatsiya ko‘proq undoshlar o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Ingliz tilida assimilyatsiyaning ikki turi ham faoldir: progressiv assimilyatsiya - what’s this [wots ðis], va
regressiv assimilyatsiya – newspaper [nju:speipə]. Aytish joizki, undoshlarning progressiv assimilyatsiyasi
ko‘proq uchraydi.
Rus tilida esa, aksincha, regressiv assimilyatsiya ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa undoshlarning jaranglilik va
jarangsizlik xususiyatlariga ko‘ra assimilyatsiya keng tarqalgan. Masalan: rus.сдал [здал], под стулом [пат
стулъм], ложка [лошкъ]. Ingliz tilida o‘xshash assimilyatsiya uchramaydi: a big table so‘z birikmasini [ə big
teibl ] tarzida talaffuz qilamiz. Lekin ingliz tilida rus tilidagi singari so‘zlar birikkanda [s-
] va [z-
] tovushlari
ketma-ket kelsa, regressiv assimilyatsiya sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz tilida does she iborasi [d
i]
tarzida talaffuz qilinadi. Bundan tashqari, rus tilida undoshlarning palatizatsiyalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
assimilyativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: rus. гвозди [гвоз’ди], зонтик [зон’тик].
Shunday qilib, o‘rganilayotgan va ona tillar nutqida tovushlarning tabiatida sezilarli darajada
tafovutlar kuzatiladi. Ingliz tili talaffuziga o‘rgatishda bunday o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratish kerak
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |