бедный-недный, глубокий – неглубокий, далёкий-недалёкий. Ushbu tipdagi modelga беспокойный,
бесподобный, бесчисленный, бесчувственный, бестолковый tipidagi so‘zlarning derivatlari ham kiradi.
Ma’nolarning qarama-qarshiligi dis-, a-, extra- prefikslari bilan ham ifodalanishi mumkin: organize-
disorganize, honest-dishonest, ordinary-extraordinary, symmetrical-assymmetrical. Bundan tashqari ma’nolar
o‘rtasidagi ziddiyat –ful va –less suffikslari orqali ham voqiylanadi. Taqqoslaymiz: fearful-fearless, useful-
Qiyoslanayotgan tillar uchun umumiy bo‘lgan hodisa - bu ko‘p ma’noli antonim-so‘zlarning bir nechta
qarama-qarshi ma’nolarni ifodalashidir: ingl. (to look) old – (to look) young, old (clothers) – new (clothers),
old (times) – present (times), old (masters) – modern (masters), old (world) – new (world); rus. свежий
(хлеб) – чёрствый (хлеб), свежиу (новости) – запоздалые (новости), свежая (рыба) – мороженая (рыба).
Ingliz va rus tillarida nutqqa va tilga xos antonimlar farqlanadi. Nutqqa xos antonimlar kontekstdan
tashqari o‘zining antonimlik xususiyatini yo‘qatadi: ingl. Youth is full of pleasure, age is full of care. Youth
like summer morn, age like winter weather (W.Shakespear). Rus. Волна и камень, стихи и проза, лёд и
пламень не столь различны меж собой (A.Pushkin).
Taqqoslanayotgan tillar uchun umumiy bo‘lgan yana bir hodisa bu antonimlarning stilistik ifoda
vositalarida (masalan, antiteza va kinoyada) ishlatilishi hisoblanadi: ingl. Give him an inch and he will take an
ell. Rus. Мягко стелет, да жёстко спать.
Ingliz tilida tarkibida antonimlar bo‘lgan ko‘pgina frazeologik birliklar mavjud. Masalan: the long and
the short, to search high and low, now or never, to play fast and loose, to sink and swim. Ingliz tilida qarama-
qarshilik ma’nosi bir o‘zakdan tuzilgan so‘zlar orqali ham ifodalanadi: to work hard – to work hardly, to get
on – to get off, to turn on – to turn off, to let in – to let out, to include in – to include out.
Shunday qilib, ingliz va rus tillari antonimlar qatorida umumiylik xususiyatlari qarama-qarshi
ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlarning hamda ularning o‘ziga xos qo‘llanilish va yasalish usullari mavjudligini
ko‘rsatmoqda. Shuni aytib o‘tish joizki, taqqoslanayotgan tillarda ma’noning qarama-qarshiligi nafaqat turli
so‘zlar bilan ifodalanmasdan, balki bitta so‘zning qarama-qarshi ma’nolari orqali ham berilishi mumkindir:
ingl. priceless – beyond price, invaluable; rus. бесценный – очень дорогой, не имеющий цены.
Do'stlaringiz bilan baham: