Tilda so‘zlar ob’ektiv dunyodagi predmet va hodisalarni bildiradi, tushunchalar shakllantiradi va
Rus tili emotsional xususiyatlarni ifodalash vositalariga juda boy. Unda suffikslar yordamida sub’ektiv
baho ifodalovchi, ya’ni kichraytirish, erkalsh, hamdardlik, yuvoshlik, nafrat, past ketish, kinoya, pisand
qilmaslik, ko‘paytirish ma’nolariga ega bo‘lgan juda ko‘p so‘zlar yasash mumkin. Taqqoslaymiz: rus.
алмазец, братец, билетик, дружок, замочек, диванчик, годик, сестрица, головка, соломенка, хохотушка,
печечка, дедушка, калинушка, молочишко, дяденька, лошадёнка, зеркальце, домина, лбина, уродина,
арбузище, басище, грязище, ручище va hokazo.
Ingliz tilida suffikslarning keng rivojlanmaganligi sababli emotsionallik, asosan, leksik birliklar
yordamida ifodalanadi.
Demak, taqqoslanayotgan tillarda emotsionallik turli vositalar yordamida voqiylanadi. Bu esa har bir
til o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan izohlanadi. Masalan, ingl. a little house – rus. домик; ingl. a
little cat – rus. кошечка; ingl. petty people – rus.людишки.
Sub’ektiv munosabatni ifodalash vositasi sifatida o‘zining emotsional buyoqdorligini yo‘qotgan
tovushga taqlid qilish asosida yasalgan so‘zlar sinonimlari xizmat qilishlari mumkin: ingl. grumble, mumble,
crash, smash, clang, twitter, mutter, jingle; rus. ржать, скрежетать, ворчать, визжать, рычать, тарахтеть.
Ingliz va rus tiilari uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlardan yana biri bu odamlar xarakteriga baho
berishda hayvon nomlarining ishlatilishidir. Masalan, berahm odamlarga nisbatan ingliz tilida
a wolf, animal
so‘zlari ishlatilsa, rus tilida esa звер, волк so‘zlari ishlatiladi. Tadbirkor odam uchun ingl. a fox, ass, rus
tilida осёл; kichkina bola uchun ingliz tilida a kid, rus tilida цыплёнок; imillagan, sekin qimirlaydigan
odam uchun ingliz tilida a bull, rus tilida медведь so‘zlari ishlatiladi.
Atrof-muhitga sub’ektiv munosabat maxsus stilistik vositalar orqali ifodalanishi mumkin. Ular orasida
asosan mubolag‘a, litota va kinoya katta o‘rinni egallaydi. A.A.Potebnyaning (1905, 355 b.) ta’kidlashicha,
inson hissiyotining sarhush bo‘lishi natijasida predmetni asl o‘lchamida ko‘rish qobiliyatini yuqotishi
mubolag‘a hisoblanadi. Mubolag‘a gapiruvchining aytilayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi,
tinglovchining diqqatini jalb qiladi: ingl. thunderstruck, rus. двенадцатиголовый (змей). Mubolag‘a fikrning
ta’sirchanligini oshiradi, unga emfatik xususiyat beradi.
Litota – bu antonimning inkor yo‘li bilan qo‘llanilishi bo‘lib, biror predmet, narsa, voqea-hodisaning
ijobiy belgisini “kuchsizlantirishdir”: ingl. good – not bad, wise – not foolish, nice – not ugly, rus. хороший –
не/плохой, умный - не/глупый, чистый - не/грязный, добрый - не/злой va hokazo.
Keltirilgan misollarda ikkita inkor ishlatilgan: ulardan biri formal belgilar (ingl. not, rus. не) bilan
ifodalangan bo‘lsa, ikkinchisi so‘zning o‘zida mujassamlangandir (ingl. bad, foolish, ugly; rus. плохой,
глупый, грязный, злой). Lekin bu misollardagi ikkita inkor fikrga ijobiy baho bersa-da, gapiruvchining
aytilayotgan fikrga nisbatan munosabati unchalik yaxshi emasligi sezilib turadi.
Kinoya – nozik yoki yashirin kesatish maqsadida so‘zning asl ma’nosiga qarama-qarshi ishlatilishidir.
Kinoya gapiruvchining aytilayotgan fikrga tanqidiy istehzoli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
So‘zga yangi bunday ma’noni, asosan, uni o‘rab turgan kontekst beradi: It must be delightful to find oneself
in the foreign country without a penny in one’s pocket (Ch.Dickens). Rus. Отколе, умная, бредёшь ты
голова? Ай, Моська! знать она сильна, что лает на слона! Сильнее кошки зверя нет (I.Krilov).
Bu misollardagi kinoya so‘zning nutq va kontekstdagi ma’nosini amalga oshirishga qaratilgan: ingl.
delightful; rus. умная, сильна.
Demak, morfologik va semantik usullar yordamida yangi so‘zlarning yasalishi asosida ingliz va rus
tillarida so‘zlar derivatsion ma’no (sub’ektiv baho va sub’ektiv munosabatni ifodalash uchun) kasb etadi. Bu
borada ingliz tiliga semantik usul (konversiya) ko‘proq qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: