T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Soqol - mo’ylovlari yevropoidlarga nisbatan kam o’sgan. Yuzi birmuncha cho’zilgan va pastroq. Lablari o’rtacha qalinlikda. Ular Osiyo qit’asida ko’p



Download 1,17 Mb.
bet94/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166
Bog'liq
A

Soqol - mo’ylovlari yevropoidlarga nisbatan kam o’sgan. Yuzi birmuncha cho’zilgan va pastroq. Lablari o’rtacha qalinlikda. Ular Osiyo qit’asida ko’p.

  1. Amerika indeyslari an’ana bo’yicha ba’zan mongoloid tipiga kiritilsa ham Epikantus katta indeyslarda ahyon - ahyonda burgutlarnikiga o’xshash burun, afti- angori yevropoidlarniki kabi. Shunga ko’ra Amerika irqi alohida ajratiladi.

  2. Avstraliya va unga yaqin orollarda yashovchi aholining terisi qora, lekin sochlari jingalak emas, balki to’lqinsimon, soqol - mo’ylovlari ko’p. Tishlarining tuzilishidan tortib, barmoqlaridagi papilyar chiziqlarigacha mongoloid irqiga yaqin. Shunga qaramay ular avstraloid irqiga kiritiladilar.

Irqlarning paydo bo’lish vaqti va joyi

Keyingi davrda irqlarning o’zaro yaqinligini isbotlashda biokimyoviy metoddan foydalanilmoqda. Makro yoki boshqacha aytganda turli irqlar oqsili va fermentlarida allel oqsillar, fermentlarning takrorlanish darajasi aniqlandi. Bu tadqiqotlarning ko’rsatishicha, barcha irqlarning umumiy ajdodi bundan 90-92 ming yil muqaddam yashagan. O’sha davrda umumiy ajdod ikki tarmoqga ajralgan Mongoloid (amerikaliklar ham kiradi) va yevropoid - negroid (bunga avstraloidlar ham kiradi). Avstraloidlar o’z qit’alariga bundan 50 ming yil muqaddam kirib borganlar. Ular taxmin qilinishicha, irqlarning dasrtabki ajdod belgilarini o’zlarida saqlaganlar. Yevropoid va negroid irqlarini bir-biridan ajratish bundan 40 ming yil muqaddam ro’y bergan. Uzoq vaqt ular Voronej shahriga yaqin Markio tog’i atroflarida birga yashashgan. Bu yerda kromanon kalla suyagi bilan avstraloidga o’xshash kalla suyagining topilishi bundan dalolat beradi. Avstraloidlar Avistraliyaga migratsiya qilinishi bilan birga ular Janubiy Hindiston, Shri -Lanka, Seylon, Indoneziya va Hind okeanining boshqa orollarida o’zlaridan “iz” qoldirganlar (vedrov, veddoidlar populyasiyasi). Mongoloid irqi ham uzoq vaqt davomida shakllangan. Hali mongoloid irq belgilariga to’liq ega bo’lmagan qadimgi ovchilar Osiyodan Shimoliy va Janubiy Amerikaga o’tganlar. Taxmin qilinishicha, migratsiya 40-16 ming yillar mobaynida uch marotaba ro’y bergan. Oqibatda amerindlar: qadimgi indeyslar paydo bo’lgan. Bu hodisa 70 ming yil oldin ro’y bergan degan taxminlar ham bor. Bunga asosiy sabab na dene degan qabila tili bilan 12-14 ming yil oldin yashagan Sibir aholisining tilidagi ayrim so’zlarning o’xshashligidir ular Eskimos va aleutlarning ajdodi hisoblanadi va 9ming yil oldin yashagan Eskoleutlar bilan o’xshashligidir. Faqat birinchi paleosenda migratsiya Janubiy Amerikaga tarqalgan deb taxmin qilinadi. Ko’p yillardan beri antropologlar o’rtasida turli irqlarning kelib chiqishini tushuntiruvchi yagona fikr yo’q. Ularning ayrimlari barcha irqlar yagona ajdoddan kelib chiqqan desa, boshqalar har xil joyda har xil ajdoddan kelib chiqqan degan fikrni himoya qiladilar.

Odam evolutsiyasi bilan shug’illanadigan mutaxassislar antrapogenezda biologik evolutsiyaning tabiiy tanlanishi o’z - o’zidan chetga chiqqanligini qayd etadilar. Lekin hozirgi odamlarning paydo bo’lish vaqtida tabiiy tanlanish chamasi o’z ta’sirini yo’qotmagan. Poleolit (tosh davrining) keyingi bosqichida Homo sapiens yer sharining turli mintaqalari hududlariga tarqalishi bilan ularda irqiy belgilar tabiiy tanlanish natijasida paydo bo’la boshlagan.

Qadimgi negroid va avstraloid populyatsiyalarining irqiy belgilari Afrika va Janubiy Osiyoda shakllangan. Bu yerlar o’ta issiq, shu bilan birga nam va quyosh nurlari kuchli bo’lgan. Shunga binoan ekvatorda yashagan irqlarda paydo bo’lgan ko’p belgilari moslashishda ahamiyat kasb etgan. Antropologlarni ko’rsatishicha, negroid va avstraloidlarning terisida melanin pegmenti ko’p bo’ladi. Negroid va avstraloidlarda soch ko’zlari qora rangli, sochning jingalakligi, burun kataklari keng bo’lishi, labining qalin bo’lishi shular jumlasidandir.

Yevropoidlarga tabiiy tanlanish natijasida paydo bo’lgan irqiy belgilarga terida pigmentlar bo’lmasligini olish mumkin. Yevropaning shimolida retsessiv genlarga ega irqlar yashab kelib, ko’paya boshlaganlar. Bunga muzlash davridan keyingi shimoliy sovuq, nam havo, quyosh nurlarining kamayishi sabab bo’lgan. Shimoliy o’lkalarda tarqalgan mongoloid irqi vakillarida soch, ko’z, ayniqsa, terida melanin pegmenti kamayishi nomoyon bo’ladi. Avstraloid irqi Osiyoning Janubiy- Sharqiy qismida shakllangan, negroidlar Afrikaning shunday hududlarida, evropoidlar esa Yevropaning O’rta Yer dengizi, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Osiyoning mo’tadil zonalarida, mongoloid irqi esa, Markaziy Osiyoning yarim

sahro va cho’llarida shakllangan. Bu davrda muzliklaming shimoldan janub tomonga ko’chishining oxiri bo’lib, harorat, kuchli shamollar, chang-bo’ronlar, dovullar, sutka va fasl davomida quruq iqlim o’zgarib turgan. Bu chang-to’zonlar, qumlar ko’chishi ko’zni doimo yoshlanib turishiga qovoqlari ko’z ustiga tushib, ko’zlarini qiyiq bo’lishiga sababchi edi.

Afrikaning janubini ishg’ol qilgan Kalexar cho’lida bushmen irqi shakllangan. U negroid va mongaloid irqlarining belgilarini o’zida jamlagan (terisi sariq tus, yuqori qovog’i pastga tushgan) Amerika va Avstraliyaga, Shimoliy Sharqiy Osiyodagi qadimgi mongoloidlarga xos belgilar (qiyiq ko’z, yuqori qovoq pastga tushgan) shakillanishiga ulgurmagan bo’lgan.

Qadimgi odamlarning Amerikaning har - xil iqlimli sharoitida yashashga moslashishi muhim qiymatga ega bo’lmagan. Shunga ko’ra Yevro Osiyo, Afrikaga o’xshash irqlar orasida keskin tafovut ro’y bermagan, lekin Amerikaning Janubiy tropik hududida Kaliforniyadagi indeyslarda ekvatorial irqlarning belgilari (terining qora bo’lishi, jingalak soch, burni yalpoq bo’lishi, labi do’rdayganligi) namoyon bo’ladi.

Irqlar haqida umumiy tushuncha



Asosiy uchta irq tipi sudan negri - negroid, mangol - mongoloid va boltiq oldi yevropalik - yevropoid irqlariga tipik vakildir. Irq tur ichidagi tafovutlardan farq qilib, geografik jihatdan alohidalanish sanaladi. U yoki bu regionda - arealda shu irqqa mansub aholi ko’p yashaydi. Zoogeografiyada areal deganda sayyoramizning hayvonlar tarqalgan ma’lum hududi tushuniladi.

Irq nima deganda irq hosil bo’lishi jarayonini tahlil qilish bilan javob berish mumkin. Bu jarayon biologik va ijtimoy omillar ta’siri orqali ro’y bergan. Bu ikki omilning roli: 1) mazkur jarayon mexanizmini; 2) irq belgilarining qaysi vaqtda poydo bo’lgani va maydonini farqlashda namoyon bo’ladi. U yoki bu irq belgilarning paydo bo’lishi biologiya faniga tegishli. Aksincha, bu mexanizimlarni konkret tarixini amalga oshirish ijtimoiy omilga tegishli. Masalan, odam belgilarining xilma - xilligi, Chunonchi, sochning rangi va shaklini bilish uchun genetik bilimga ega bo’lish kerak.

Tur ta’rifi. Tur kenja turlar yoki geografik irqlardan tashkil topgan. Ba’zi turlarda 30 - 40 ta kenja turlar, ba’zilarida birorta ham kenja tur- irq bo’lmaydi. Ayrim turkumlarning ba’zi turlarda kenja turlar ko’p, boshqalarida yo’q bo’ladi. Masalan, grelandiya tyuleni 3ta kenja turga ega, kaeliy tyulenining kenja turi yoq.

Sutemizuvchilar yungi yoki terisining rangi, tanasining kattaligi tumShug’i, kalla qismining tuzilishiga qarab belgilanadi. Masalan, gorilla, oq ayiq, shimol bug’isi, qunduzning kalla qismi o’zaro farq qiladi. Bu belgilar turg’un bo’lib, tashqi muhit ta’siri tufayli kam o’zgaradi. Tur bilan kenja tur - irq o’rtasida ko’pincha farqni topish mumkin.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish