Akklimatizatsiya - organizmlarning yangi yashash sharoitiga moslanishi.
Amerika irqi - Amerika qit’asining tub aholisi indeyslar.
Androgen - erkaklik jinsiy gormonlar guruhi.
Antropogenez - hozirgi zamon odam ajdodining tarixiy kelib chiqish .
Antropologik belgi - odamlarning bir biridan farq qiladigan har fanday belgisi, bu bilan o‘xshashlik va farqli belgilar shaxslar o‘rtasida aniqlanadi.
Antropologiya (antropologiya fani) - odam va uning rivojalanishi haqidagi fan.
Uning o‘rganish ob’yekti odam.
Areal - geografik areal, populsiya, tur kabilar tarqalgan xudud.
Arxeologiya - tarixiy fan bo‘lib, turli metodlarni qo‘llash orqali odamlarning tarixiy madaniyatini o‘rganadigan fan.
Antropologik polimorfizm - odamlarning bir populyatsiyasida bir biridan morfologik, biokimyoviy, irsiy belgilari bilan farq qiladigan odamlarning uchrashi.
Antropogenezning mehnat konsepsiyasi - umumiy konsepsiya yoki F.Engels tomonidan taklif etilgan odamning paydo bo‘lish nazariyasi “Mehnat odamni yaratdi”
Do'stlaringiz bilan baham: |