3-mashg’ulot
Mavzu: Yer yuzining kashf etilishi va o`rganilishi.
Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish.
b)Tarbiyaviy : O'quvchilarda tabiatga nisbatan muhabbat ruhini shakllantirish.
S)Rivojantiruvchi:haqqonlik va topqirlik hususiyatlarini rivojlantirish,xaritalar bilan ishlash
konikmalarini yanada oshirish. Fanga bolgan qiziqishini kuchaytirish.
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Vikinglardan biri Erik Sariq qotilligi uchun Islandiyadan surgun qilingan edi. Bir necha hafta kemada xavf-
xatarlarga to'la suzishdan so‗ng u va uning sheriklari qalin tuman bilan qoplangan yerni ko'rib qolishadi.
Ularni zimiston va xilvat qirg'oq qarshi oldi, qirg'oq ortida ulkan muzliklar qalashib yotardi. Dengiz
sayyohlari qirg'oq bo'ylab janub tomonga suzdilar va orolning janubiy chegarasiga yetib borish uchun 600
km dan ortiq yo'l bosib, shu yerda manzil qurdilar. Ular bu yerda turar joy izlari, qayiqlarning qoldiqlari va
tosh qurollarni topdilar. Orolning eng janubida qishni o'tkazgan vikinglar bahorda g'arbiy qirg'oqni ko'zdan
kechirish uchun yo'lga chiqdilar. 983-yilda Erik yangi yerga 500 ga yaqin kishi mol-mulki va uy hayvonlari
bilan joylashtirilgan 25 ta kemadan iborat butun boshli flotiliyani olib keladi. Tez orada janubiy va g'arbiy
qirg'oqda odamlar muqim yashaydigan bir necha qishloq paydo bo'ldi. Ular dengiz hayvonlari, birinchi
navbatda qirg'oqbo'yi atrofida juda ko'p uchraydigan, shu sababli Grenlandiya kitlari nomini olgan kitlarni
ovlash bilan shug'ullanishgan. Al-Beruniy osmon yoritqichlarining harakat trayektoriyasi va shakli
ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan. Beruniyning bu bashorati ancha keyin
Kepler kashfiyotlarini ma‘lum darajada oldindan aytish edi. U o'z asarlarida ayrim hodisalar to'g'risida Abu
Rayhon Beruniy mineralogiya, matematika, geografiya, geodeziya, geologiya, dorishunoslik,
meteorologiya, fizika, biologiya sohalarida asarlar yozib qoldirgan. ham yozgan. Masalan u birinchi bo'lib
Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan. U astronomiya sohasida ham katta natijalarga
erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini
tuzgan. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy o'zigacha mavjud ma‘lumotlarni umumlashtirib, o'ziga
zamondosh bo'lgan sayyoh va savdogarlar to'plagan ma‘lumotlar bilan boyitadi. U qoldirgan ma‘lumotlar
Sharq adabiyotidagi geografiya masalalarini yoritishdagi birinchi manba hisoblanadi. Tarixda Amerika
qit‘asini 1492-yilda Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy
farazi mavjudligi ham ma‘lum. Olim o'zining «Hindiston» asarida Dunyoning g'arbiy qismida yaxlit bir
quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit‘aning mavjudligini yevropalik olimlardan 450
yilcha oldin taxmin qilib yozgan. Uning bu fikri XV-XVI asrlarda o'z tasdig'ini topdi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib mustaqil mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: